5-sinf adabiyot test



Yüklə 21,08 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü21,08 Kb.
#176166
5-sinf adabiyot 11.10.2020.


5-SINF ADABIYOT TEST


  1. Zamondoshlari uning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirmaganligi haqida yozadilar. Ushbu ta’rif kimga tegishli? A) Muhammad (s.a.v.) B) Ismoil C) Imom Buxoriy D) Alisher Navoiy

  2. Masalning asosiy jihati nima? A) Majoziy xarakterdagi qisqa hikoya B) Nasriy yoki she’riy shaklda yoziladi. C) To’liq ma’noda tarbiyaviy maqsadga yo’naltiriladi. D) Uning asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsa-buyumlardan iborat.

  3. Ezop qaysi masali orqali insonlarni nafs balosidan asranishga, hamma narsaga bir paytning o’zida erishaman deb, ochko’zlik qilmaslikka da’vat etadi? A) “Kiyik bilan tokzor” B) “Bo’ri bilan laylak” C) “Burgut, zog’cha va cho’pon” D) “ Eshal bilan baqalar”

  4. Ezop qaysi masali orqali “Har qanday inson hayotda o’z o’rnini bilishi lozim. Kerak-nokerak narsalarga o’zini uraverish yaxshilikka olib kelmaydi” – degan hikmatni aytmoqchi bo’ladi? A) “Kiyik bilan tokzor” B) “Bo’ri bilan laylak” C) “Burgut, zog’cha va cho’pon” D) “ Eshal bilan baqalar”

  5. Ertak Xorazmda qanday ataladi? A) matal B) ushuk C) varsaki D) cho’pchak

  6. Erkin Vohidovning ‘Nido” dostonida Ona Yer nima sababdan ingraydi? A) alangadan. B) atom zontlarining vahmidan. C) qo’ltiq tayoqlarning zahmidan. D) XX asr nidosidan.

  7. Boburning hayotdagi shiori aks etgan ruboiysida qanday she’riy san’at qo’llangan? A) mubolag’a. B) tashbih. C) tashxis. D) tazod

  8. O’.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasining qaysi hikoyasida “Mabodo Tangri marhumlarga jon ato etsa-yu, onalar tirilib qolsa, hayot paytida mehr berganmi, bermaganmi baribir farzandlarini maqtab gapirgan bo’lardi” – degan jumla keltirib o’tilgan? A) “Iltijo” B) “Oq marmar qora marmar” C) “Oltin baldoq” D) “ Alla”

  9. Qaysi ijodkorning ijodida bir she’rning o’zida ham tabiat go’zalligi, ham xotiralar, ham iftixor tuyg’usi va yana hayotga muhabbat kabi tushunchalarning ifodalanishini ko’rishimiz mumkin? A) Mirtemir B) U.Nosir C) A.Muxtor D) H.Olimjon

  10. Nodar Dumbadzening “Hellados” hikoyasida Yanguli Jamoldan ikkinchi bo’lib nimani so’raydi? A) papiros B) pul C) skripka D) cho’ntagini ag’darishni

  11. Muqimiyning “Sayohatnomasi”da Qo’qondan Farg’onagacha qaysi qishloqni “ agarchi xushhavo, odamlari yengilnavo, bir-birlari bilan doimo bo’lar-bo’lmasga jang ekan” deb ta’riflaydi? A) Qudash B) Yayfan C) Nursux D) Rafqon

  12. Dehqon eshigini talab kelsa yov, Nechuk soliq solar sulton beayov. G’animlar talasa, shohi olsa boj, Ne iqbol ko’radi unday toj-u taxt. Ushbu misralar qaysi asardan olingan? A) “Guliston” B) “Bo’ston” C) “Mufrodot” D) “Turkiy Guliston yohud axloq”

  13. Ijodida insonparlik hamisha bosh mavzu bo’lgan ijodkor qalamiga mansub asarni aniqlang. A) “Yulduzli tunlar” B) “Yulduzlar mangu yonadi” C) “Mening yulduzim” D) “Yulduzlar”

  14. A.Oripovning “O’zbekiston” qasidasining Farg’ona, Oybek, H.Abdullalar ishtirok etgan bandi qanday misralar bilan tugaydi? A) Tuprog’i zar madanim manim, O’zbekiston vatanim manim. B) Ketdi umri mahzanim manim, O’zbekiston vatanim manim. C) Senku nomus va shanim manim, O’zbekiston vatanim manim. D) Iqboli hur shux-shanim manim, O’zbekiston vatanim manim.

  15. “Behuda chiranish belni chiqaradi” degan maqolga Ezopning qaysi masallarini misol qilishimiz mumkin? A) “Ustiga tuz ortilgan eshak”, “Burgut, zag’cha va cho’pon”. B) “Eshak bilan baqalar”, “Ustiga tuz ortilgan eshak”. C) “Burgut, zag’cha va cho’pon”. D) “Bo’ri bilan laylak”, “Burgut, zag’cha va cho’pon”.

  16. Ertak boshlanmasida qaysi jonzod qozonchi deb ta’riflanadi? A) qirg’ovul B) qarg’a C) do’mi kalta bo’ri D) to’rg’ay

  17. “Uch og’a-ini botirlar” ertagida sherni o’ldirgan qahramon haqidagi noto’g’ri hukmni aniqlang. A) ko’k toyni minadi; B) “Podshoh bizni o’rda voqeasi bilan chaqirgan” deydi; C) yigirma bir yoshda; D) go’shtning qo’zi go’shti ekanligi va shu qo’zi it emib katta bo’lganligini aytadi.

  18. H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida kimga “oddiy odamlar taqdiriga befarq, bag’ritosh ‘ deya ta’rif beriladi? A) Jambil yurtining podshosi; B) Jurjon yurtining podshosi; C) Baxtiyorning otasi; D) gavharni sotib olgan savdogar.

  19. H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida kim(lar)ga nisbatan tanti sifati beriladi? A) Susambil podshosi, o’tinchi chol; B) Baxtiyor va otasI; C) Oygul va otasi; D) Baxtiyor va baliqchi.

  20. H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida Baxtiyorning otasi oltinlarni qanday uyiga olib kelgan? A) bir juft ho’kizda; B) aravada; C) otda; D) o’zi yelkalab olib keladi.

  21. H.Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida Qizning oldida bu xirs, Ko’rsatib yovvoyi hirs deya kim ta’riflanadi? A) Jambil yurtining podshosi; B) Jurjon yurtining podshosi; C) Baxtiyorning otasi; D) gavharni sotib olgan savdogar.

  22. Zulfiyaning “Haykal” she’ri qanday satrlar bilan yakunlanadi? A) Mangulik-chun taqdir, she’rimni tutib xalqingga va senga qilaman ta’zim; B) Shuhratni o’ylamay, tebrangan qalam, avlodga xizmatdan qolmas hech qachon; C) Qancha jild va qancha minglab varaqdan chiqib, ter tukasan dehqonga yo’ldosh; D) Mag’rur ko’tarilding boshoqday o’sib, sen bilan safimiz yana zich, azim.

  23. Aka-uka Grimmlar qaysi universitetda o’qishadi? A) Magdeburg B) Berlin C) Gettingen D) Lion

  24. “Uch og’a-ini botirlar” ertagidagi “Podshoh vazirni ham o’ldirib yuboribdi. Bechora to’tining begunoh o’lganiga qayg’uribdi, lekin ish o’tgan ekan” – degan parchasiga mos maqolni aniqlang. A) Yaxshi oshini yer, yomon – boshini B) Achchig’ing chiqsa ham, aqling qochmasin C) So’nggi pushymon o’zingga dushman D) Boshingga qilich kelsa ham, rost gapir.

  25. “Singan umid” asarining muallifini aniqlang. A) M.Osim B) Oybek C) O’.Hoshimov D) Mirtemir

  26. “Yoshlik ayyomining ilk bahori” nomli bo’lim qaysi asarda uchraydi? A) “Hellados” B) “Bolalik” C) “Dunyoning ishlari” D) “Zulmat ichra nur”

  27. Vatanimiz o’tmishiga, xalqimizdan yetishib chiqqan ulug’ insonlar taqdiriga nihoyatda qiziqqan, 2002-yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan yozuvchi haqida to’g’ri fikrni aniqlang. A) bo’zchi oilasi dunyoga kelgan; B) “Almaiy” nomidagi maktabda tahsil olgan; C) Komila ayaning o’g’li; D) Homil Yoqubovning do’sti.

  28. Muqimiyning “Sayohatnoma” sida qaysi qishloqda “qo’shtegirmonlik” Xo’ja Iso badkor mingboshilik qiladi” A) “O’ltarma” B) “Do’rmancha” C) “Bo’rbaliq” D) “Oq yer”

  29. “Hozirgi yoshlar” asarining muallifini aniqlang. A) A.Oripov B) N.Dumbadze C) Mirtemir D) E.Vohidov

  30. Anvar Obidjonning ilk komediyasini aniqlang. A) “Qo’ng’iroqli yolg’onchi” B) “Ajinasi bor yo’llar” C) “Dahshatli Meshpolvon” D) “Ona yer”

Yüklə 21,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin