5-Modul mavzusi: 1000 V gacha va undan yuqori kuchlanishdagi kommutatsion apparatlar Modul birliklari



Yüklə 206,34 Kb.
səhifə2/6
tarix26.12.2023
ölçüsü206,34 Kb.
#198395
1   2   3   4   5   6
Yuqori kuchlanishdagi o’chirgichlar

O’zgaruvchan tok zanjirlarida yoyni so’ndirish. O’chirish apparatlarida kontaktlarni ajratibgina qolmay, ular orasida paydo bo’lgan yoyni o’chirish kerak.
O’zgaruvchan tok zanjirlarida yoy toki har yarim davrda noldan o’tadi, bu onlarda yoy o’zi o’chadi, ammo keyingi yarim davrda yana yonishi mumkin. Yoydagi tok noldan o’tishdan oldinroq nolga yaqin bo’lib qoladi, chunki tok kamayganda energiya ham kamayadi, demak, yoy temperaturasi pasayadi va termoionlanish to’xtaydi. Toksiz pauza bir necha yuz mikrosekunddan oshmaydi, ammo yoyni o’chirishda muhim rolga ega. Agar pauza vaqtida kotaktlar ajratilib, yetarli tezlik bilan elektr teshilish bo’lmaydigan masofaga siljitilsa, zanjir juda tez o’chiriladi.
Toksiz pauza vaqtida ionlanishni intensivligi keskin pasayadi, chunki termoionlanish to’xtaydi. Kommutatsiya apparatlarida. undan tashqari, yoy xududini sovutish va zaryadlangan zarralar sonini kamaytirishga qaratilgan sun’iy choralar ko’riladi.
Tok noldan o’tgandan keyin kontaktlar oralig’ini elektr mustahkamligini oshishi, asosan, katodoldi xududni mustahkamligini oshishi hisobiga bo’ladi (o’zgaruvchan tok zanjirlarida 150250 V). Bu bilan bir vaqtda tiklanayatgan kuchlanish ut o’sadi. Agar har qanday onda utesh. utik.-ligida oraliq teshilmasa, yoy

tesh.
tok noldan o’tgandan keyin yangidan yonmaydi. Agar qaysidir onda u,, utik.
bo’lsa, oraliqda yoy qaytadan yonadi.
SHunday qilib, yoyni so’ndirish masalasi kontaktlar oralig’ini elektr mustahkamligi utesh. ular orasidagi kuchlanish utik.-dan katta bo’lishini ta’minlashdan iborat.
Kontaktlar orasidagi kuchlanishni tiklanish jaraeni aperiodik (aktiv qarshilikli zanjir bo’lsa), tebranishli (induktivlik va sig’im bo’lsa), bo’lishi
mumkin. Kuchlanishni tiklanish tezligi dutik.dt qancha katta bo’lsa, oraliq teshilishi va yoyni qayta yonishini ehtimoli kattaroq. Yoyni o’chirish sharoitlarini yengillashtirish uchun o’chirilayatgan tok zanjiriga aktiv qarshiliklar kiritiladi, bunda kuchlanishni tiklanish xarakteri aperiodik bo’ladi.
1 kV-gacha bo’lgan uzuvchi apparatlarda yoyni quyidagi so’ndirish usullari keng qo’llaniladi:

  1. Kontaktlarni tezlik bilan ajratish orqali yoyning uzunligini oshirish. Bunda yoy ustuni qanchalik uzun bo’lsa uni yonib turishi uchun shuncha ko’p kuchlanish kerak bo’ladi. Agar manba kuchlanishi yetarli bo’lmasa yoy so’nadi.




  1. rasm. Uzun yoyni qisqalarga bo’lib so’ndirish.




  1. Yoyni qator kichik qismlarga bo’lish. Agar hosil bo’lgan yoyni metall plastinkalardan yig’ilgan yoy so’ndiruvchi panjaraga tortilsa, u kichik yoylarga bo’linib ketadi. Har bir yoy o’zining katod va anod kuchlanishiga ega bo’ladi. Agar bu kuchlanishlar yig’indisi tarmoq kuchlanishidan kam bo’lsa yoy so’nadi.

  2. Yoyni tor tirqishlarda so’ndirish. Agar yoy yoyga chidamli material hosil qilgan tor tirqishda




  1. rasm. Yoyni yoy so’ndirish kamerasini tor tirqishiga tortib so’ndirish.

yonsa, sovuq yuzaga tegish orqali intensiv sovush va zaryadlangan zarrachalarni atrof muhitga diffuziyasi sodir bo’ladi. Bu esa aksionlashish hodisasini tezlashuviga va yoyning so’nishiga olib keladi.



  1. Yoyni magnit maydonda harakatlantirish. Elektr yoyiga tokli o’tkazgich sifatida qarash mumkin. Agar yoy magnit maydonda bo’lsa, unga kuch ta’sir etadi. Yoy o’qiga perpendikulyar yo’naltirilgan magnit maydoni hosil qilinsa, yoy ilgarilanma harakatga erishib, yoy so’ndirish kamerasi tirqishiga tortilib

cho’ziladi va so’nadi.
3 va 4 usullar 1 kV-dan yuqori kuchlanishlarda ham qo’llaniladi.



  1. rasm. Yoyni magnit maydonida aylantirib so’ndirish.

1 kV-dan yuqori kuchlanishli apparatlarda yoy so’ndirish usullari.
1. Yoyni moyda so’ndirish. Agar uzuvchi apparat kontaktlarini moyga joylash- tirilsa hosil bo’lgan yoy moyni bug’lanishi va intensiv gaz hosil bo’lishiga olib keladi. Yoy atrofida asosan vodoroddan tashkil topgan

.




  1. rasm. Yoyni moyda so’ndirish

(70-80%) gaz pufak hosil bo’ladi. Moyning tez bug’lanishi pufakdagi bosimni ortishiga olib keladi. Vodorod yaxshi yoy so’ndirish xususiyatlariga ega bo’lgan holda yoy ustuniga bevosita tegish orqali uni tez sovushiga yordam beradi. Gaz pufak ichida gaz va moy bug’larining tinimsiz harakati sodir bo’lib turadi. Bu usul uzgichlarda keng qo’llaniladi.



  1. Gazli havoli puflash. Agar gazlarning yo’naltirilgan harakati puflash hosil qilinsa yoyning sovushi yanada tezlashadi. Gazni bo’ylama yoki ko’ndalang puflashini hosil qilinsa yoy ustuniga gaz zarrachalarini kirishiga, intensiv diffuziyaga va yoyning sovushiga olib keladi.




  1. rasm. Gaz-havo puflash: a) bo’ylama; b) ko’ndalang.




  1. Tok zanjirini ko’pgina qismlariga ajratib yuborish. Yuqori kuchlanishlarda katta toklarni uzish bir muncha qiyinchiliklar tug’diradi. Bu

holda energiya va
tiklanayotgan kuchlanishning qiymati katta bo’lganligi



  1. rasm. Kuchlanishni moyli uzgich uzilishlariga taqsimlash.

uchun kontaktlar oralig’ining aksionlashuvi murakkablashadi. SHuning uchun yuqori kuchlanishli uzgichlarda yoyni har bir fazada qismlarga ajratish usuli


qo’llaniladi.
Bir fazaga to’g’ri keladigan bo’linishlar soni uzgich turi va kuchlanishga bog’liq bajariladi. Misol uchun 500-750 kV kuchlanishli uzgichlarda 12-ta va undan ortiq bo’linishlar bo’lishi mumkin.



  1. rasm. Kuchlanishni sig’imlar va qarshiliklar yordamida bo’lish.




  1. Yoyni vakkumda so’ndirish. Vakuumdagi gaz atmosfera bosimidagi gazga qaraganda o’nlab marta yuqori elektr mustahkamlikka ega. Agar uzgich kontaktlari vakuumda ajratilsa tok birinchi marta noldan o’tgan paytidayoq oraliqning elektr mustahkamligi tiklanadi va yoy so’nadi.

  2. Yoyni yuqori bosimli gazlarda so’ndirish. 2 MPa va undan yuqori bosimda havo ham yuqori elektr mustahkamlikka ega. Bu narsa siqilgan havoli yoy so’ndiruvchi ixcham qurilmalar qurish imkonini beradi. Bu usulda havodan tashqari yana yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan gazlar ham ishlatiladi. Misol uchun elegaz (SF6) havo va vodorodga nisbatan yuqoriroq bo’lgan elektr mustahkamlikka ega. Undan uzgichlarda keng foydalaniladi.


    1. Yüklə 206,34 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin