5-mavzu: Turli ertak va hikoyalarni sahnalashtirishga o’rgatish {2 soat}. Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy adabiyot bilan tanishtirish
Mashg’ulotlarda tarbiyachi tomonidan so’zlab berilgan hikoya yoki ertaklardan so’ng ushbu asar asosida sahnalashtirilgan o’yinlarni tashkil qilish metodikasi
Qo’g’irchoq teatrlari uchun qog’ozdan qo’g’irchoqlar yasash
Topshiriqlar 1-topshiriq. Quyidagi jadvalda ko’rsatilgan sahnalashtirish bosqichlarini juftlab chiqing.
Ikkinchi bosqich:
Tarbiyachi va bolalar bilan hamkorlikda teatr turiga ko’ra ertakni sahnalashtirish;
Qo’g’irchoq teatrini namoyish, bolalarni qiziqishlarini va ularga yoqqan qahramonlar haqidagi fikrlarini aniqlash
Uchinchi bosqich:
Manba tanlash (ertak tanlash). Tanlangan ertak bolaning yoshiga mos kelishi ;
Musiqa tanlash;
Qo’g’irchoq teatrini ko’rsatish rejasini tuzish.
Birinchi bosqich.
Ko’zlagan maqsadga erishishda ertak mazmuniga ko’ra qahramonlarini tanlash va so’zlarini yod oldirish;
Qo’g’irchoqlarni yasash va kiyintirish;
Tarbiyachi bilan hamkorlikda she’rlarni yod olish.
2-topshiriq. Qo’g’irchoq teatrlari uchun qo’g’irchoqlarni mustaqil tayyorlab ko’ring