ishchi varoq
, ya‘ni elektron jadval hisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa
katakcha
(yacheyka) va
diapazonlardir
.
Katakcha – bu jadvaldagi manzili ko‘rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun
kesishmasi oralig‘ida joylashgan elementdir. Katakcha kesishmalarida hosil bolgan
ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A –
ustun, 4–qator kesishmasida joylashgan katakcha – A4 deb nom oladi. Katakchaga
sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha katakchalardan tashkil topgan katakchalar guruhi diapazon deb ataladi.
Diapazon manzilini ko‘rsatish uchun uni tashkil etgan katakchalarning chap yuqori
va o‘ng quyi katakchalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi.
Masalan: A1:A4
Ishchi jadvallarni ko‘rib chiqishda yoki katakchalarni bichimlashda ish olib
borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan
ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.
Zamonaviy talablarga javob beradigan va keng imkoniyatlarga ega bо‘lgan
elektron jadvallardan biri Excel dasturi bо‘lib, Microsoft firmasining mahsulidir.
Excel dasturining ishchi oynasi kо‘rinishi 1 – rasmda tasvirlangan.
Dasturni ishga tushirish uchun, WINDOWS ishchi stolida Excel ga mos
keluvchi(
X
) (piktogramma) yorliqni “Sichqoncha” kо‘rsatkichi orqali chap tugmasini
bosish bilan ishga tushiriladi. Agar WINDOWS ishchi stolida Excel yorlig‘i
bо‘lmasa, “Pusk” tugmasi yordamida “Programmi” bо‘limida joylashgan Excel
yorlig‘i orqali ishga tushiriladi. Natijada ekranda dasturning ishchi oynasi hosil
bо‘ladi. (1 – rasm.)
Elektron jadval ishchi oynasining yuqori qismida sarlavha satri, menyu satri,
uskunalar paneli kabilar joylashgan. Uskunalar paneli Excel buyruqlarining
aksariyatini va qо‘shimcha amallarni bajarish uchun mо‘ljallangan.
Excel da tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy ism va .xls
kengaytmadan iborat fayl bо‘ladi. Excel atamasida odatda bunday faylga “Ish kitobi”
(Workbook) deb yuritiladi.
Excel elektron jadvali 65536 qator va 256 ustundan iborat. Qatorlar 1 dan 65536
gacha bо‘lgan butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh
harflari (A, B, C, …, Z, AA,AB,…, IV) bilan belgilangan.
Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi –
yacheyka (cell) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi
ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligi va qator balandligini о‘zgartirish ham mumkin.
1 – rasm. Excel dasturi ishchi oynasining umumiy kо‘rinishi.
Jadvalning tanlagan yacheykasiga о‘tish uchun aniq manzil (adres) kо‘rsatilishi
kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan, A1, B4, F9, AB3 kabi kо‘rsatiladi.
Ustun va satr kengligi yetarli bо‘lmaganda uni yetarlicha miqdorda о‘zgartirish
mumkin. Buning uchun “Sichqoncha” kо‘rsatkichini A, B, C, D, E va hokazo
ustunlarning kesishish chizig‘iga olib kelib, chap tugmachasi bosilgan holda, о‘ngga
yoki chapga lozim miqdorda suriladi.
Excel dasturi ishga tushgandan keyin, dastlab kerakli yacheyka ajratilib, uni
yangi ma’lumot bilan tо‘ldiriladi va Enter bosiladi yoki boshqa yacheykaga
«Sichqoncha» kо‘rsatkichi bosiladi.
Yacheykadagi ma’lumotni о‘zgartirish kerak bо‘lsa, yacheykaga «Sichqoncha»
kо‘rsatkichi olib kelinib chap tugmachasi 2 marta bosiladi. Yacheykada kursor
(kо‘rsatkich) hosil bо‘ladi, kursorni kerakli joyga olib kelinib о‘chiriladi va yangi
ma’lumot yoziladi.
Yacheykani tozalash uchun yacheykani tanlab kursorni olib borib Del
tugmachasi bosiladi yoki menyuning Pravka bо‘limiga kirib, ochistit buyrug‘i
beriladi, natijada hosil bо‘lgan menyuda Soderjimoye qatorida «Sichqoncha»
tugmachasi bosiladi.
Ustun va qator kengligini ajratish uchun menyuning Fayl bо‘limi buyruqlari
tо‘plamidan Parametri stranitsi buyrug‘i tanlanadi. Muloqot darchasi yordamida
Polya buyrug‘i tanlanib «Sichqoncha» tugmachasi bosiladi. Ustun va qator kengligini
yuqoridan, quyidan, chap va о‘ngdan kerakli miqdorda miqdorini berish va «ok»
tugmachasini bosish kerak.
Kiritilgan ma’lumotni xotiraga saqlash uchun menyuning Fayl bо‘limidagi
Soxranit buyrug‘i beriladi. Muloqot oynasida paydo bо‘lgan Imya fayla sо‘roviga
faylga nom kiritib, «Soxranit» tugmachasi bosiladi.
Ishni yakunlash uchun menyuning Fayl bо‘limidagi Zakrit yoki Vixod buyrug‘i
beriladi, bundan tashqari ishchi oynaning yuqori о‘ng burchagida dasturdan chiqish
uchun (x) tugmacha joylashgan, uni «Sichqoncha» kо‘rsatkichi bilan kо‘rsatib chap
tugmasi bosiladi.
MS Excel dasturi menyusi quyidagi bо‘limlardan tashkil topgan:
Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Danniye, Okno, ?
Bu keltirilgan bо‘limlarning shakli Microsoft Office dasturlarini-kiga aksariyat
hollarda о‘xshash bо‘lsada, mazmunan Excel ning maqsad va vazifalaridan kelib
chiqib yaratilgan. Bundan tashqari ba’zi bо‘limlar faqat mazkur dasturga tegishli
vazifalarni bajaradi. Menyuning buyruqlar tavsifi quyidagi jadvallarda berilgan:
Dostları ilə paylaş: |