Tenzoo'zgartkich 2 asosga mahkamlangan va o'lchanayotgan
muhitdan ikkita ajratuvchi
metall membranalar 1 va 3 bilan bo'lingan. Termoo'zgartkich va membranalar orasidagi berk
bo'shliqlar polimetilsiloksanli suyuqlik bilan to'ldirilgan. Bosimlarning o'lchanuvchi farqi P—P2 —
tenzoo'zgartkichlarga membrana va suyuqliklar orqali ta'sir qiladi. Tenzoo'zgartkich germetik
chiqishlar 5 orqali elektron qurilma 6 ga ulanadi. Shu qurilma yordamida tenzorezistorlar
qarshiligining o'zgarishi me'yorlashtirilgan tokli chiqish signaliga almashadi,
u masofadan turib
uzatish uchun xavfsiz uch o'tkazgichli sim bo'yicha ta'minot bloki 7 ga uzatiladi. Ta'minot bloki
portlashga xavfsiz xonaga o'rnatiladi va birlamchi o'zgartkichning ikki o'tkazgichli sim bo'yicha
ta'minotini ta'minlaydi. Shu liniyaning o'zidan chiquvchi tokli signal uzatiladi. Ko'rsatilgan vazifa
bilan bir qatorda, ta'minot bloki chiqish signalining quwatini tashqi RH yuklanishni ulash uchun
zarur qiymatgacha oshiradi va chiqish signalining berilgan qiymatini shakllantiradi (0...5, 0...20
yoki 4...20 mA). Ortiqcha bosim, mutlaq bosim va siyraklanishlarni nazorat qilishda tenzorezistorli
o'lchash o'zgartkichlaridan foydalaniladi. Farqi shundaki, o'lchovchi o'zgartkich obyektga „plusli
kamera" bilan, „minusli kamera" orqali esa atmosfera bilan ulanadi. Mutlaq bosimni o'lchovchi
o'zgartkichlarda minusli kamera vakuumlanadi. Ortiqcha bosimni, siyraklashish va bosimlar farqini
o'lchaydigan tenzorezistorli o'lchovchi o'zgartkichlarning aniqlik sinflari 0,6; 1,0; 1,5. O'lchash
chegaralari: ortiqcha bosim — 0... 10—3 dan 0...60 mPa gacha; siyraklanish — 1...0 dan — 10...0
kPa gacha; mutlaq bosim — 0...2,5 kPa dan 0...2,5
mPa gacha; bosimlar farqi — 0...1 kPa dan
0...2,5 mPa gacha.
Induktiv asboblarning ishlash prinsipi g'altak induktivligining tashqi bosim ta'siridan
o'zgarishiga asoslangan.
3.7-rasmda induktiv o'zgartiruvchi element bilan jihozlangan bosimni o'lchash
o'zgartkichining sxemasi ko'rsatilgan. Bosimni qabul qiluvchi membrana 1 o'ramli elektromagnit 2
ning harakatlanuvchi yakori hisoblanadi. O'lchanayotgan bosim ta'sirida membrana siljiydi, bu
induktiv o'zgartkichli elementning elektr qarashiligini o'zgartiradi. Agar g'altakning aktiv qarshiligi,
magnit oqimlari hisobga olinmasa va o'zakda yo'qotilsa, o'zgartkich elementning L induktivligini
quyidagi tenglama bo'yicha aniqlash mumkin:
(3.21)
bu yerda: W — g'altak o'ramlari soni, ц0 — havoning magnit singdiruvchanligi, S —
magnit o'tkazgich ko'ndalang kesimining yuzi, 8 — havo oralig'ining uzunligi.
Membrananing deformatsiya kattaligi o'lchanayotgan bosimga muta- nosibligini e'tiborga
olib,
(3.22)
(3.21) tenglamani quyidagi ko'rinishga keltiramiz:
(3.23)
(3.23) tenglama bosimni o'lchash induktiv o'zgartkichning
statik xarakteristikasini
ifodalaydi.
L ni o'lchash, odatda, o'zgaruvchan tok ko'priklari yoki rezonansli LC — konturlar
tomonidan amalga oshiriladj. 0,5 ... 1,0 MPa bosimda membrananing qalinligi 0,1 ...0,3 mm, bosim
20...30 mPa bo'lganda esa 1,3 mm. Membrananing siljishi millimetrning yuzdan bir ulushini tashkil
etadi. Induktiv bosim o'zgartkichlarning asosiy xatosi ± (0,2—5) %.
Dostları ilə paylaş: