5 International journal of theoretical and practical research Scientific Journal Year: 2022 Issue: Volume: Published



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix20.11.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#163037
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
zamonaviy-sharoitda-o-zbekistonda-innovatsion-faoliyatning-holati-va-va-uni-rivojlantirishning-ustuvor-yo-nalishlari

SJIF 2021:5.5
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
24
rag'batlantirishga, shuningdek, zamonaviy bilimga asoslangan iqtisodiyotga o'tishga 
qaratishi natijasida, so'nggi yillarda O'zbekistonda ilmiy -tadqiqot ishlariga investitsiyalar 
hajmi oshdi. Buning natijasida, Global Innovation Indexning reytingida, uzoq yillik 
tanaffusdan so’ng O’zbekiston 43 ta kirish indikatori va 22 ta chiqish indikatoriga ko’ra 
baholanib, O’zbekiston GII reytingida 132 davlat orasida 86 o’rinda qayd qilindi. Bu 
natija mamlakatimizning reytingdagi o’tgan yilgi o’rnidan 7, 2015 yilgi o’rnidan esa 36 
pog’ona yuqori. 
Biroq erishilgan natijalar ijobiyligiga qaramasdan, biz baribir yuqorida keltirib 
o’tilgan boshqa etakchi davlatlarga qaraganda yangi texnologiyalar va innovatsiyalarga 
kam mablag' sarflaymiz. 
Innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat siyosati zarur mablag'lar bilan 
ta'minlanadi. 
UNESCO statistika instituti ma’lumotlariga ko’ra, 2020 yilda dunyoda ilmiy-
tadqiqot ishlanmalariga ajratilgan mablag’lar o’rtacha YaIMning 1,7 foizini tashkil etgan 
bo’lsa, unda Markaziy Osiyo uchun bu ko’rsatkich 0,2 foizni tashkil etdi. 
Xo’sh, O’zbekistonda ilmiy ishlarga va tadqiqotlarga qancha mablag’ ajratilmoqda? 
O'zbekistonda rivojlanish va innovatsiyalarga ichki xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 1 
foizidan ham kam va 2/3 qismi davlat byudjetidan moliyalashtiriladi.
Ilmiy-innovatsion faoliyat bo’yicha dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun 
davlat byudjetidan 2018 yilda 198 mlrd so’m, 2019 yilda 324 mlrd so’m, 2020 yilda 
428,2 mlrd so’m miqdorida mablag’lar ajratilgan
16

Niderlandiyaning IN ME jurnalida chiqqan innovatsion rivojlanish vaziri, 
akademik 
Ibrohim 
Abdurahmonov 
«O’zbekiston Respublikasida innovatsion 
rivojlanish» nomli maqolasida
17
2021 yilda innovatsion ilmiy tadqiqotlarni byudjetdan 
moliyalashtirishga 514,2 mlrd so’m (YaIMning 0,09 foizi) ajratilishini ma’lum qilgan. 
Solishtiradigan bo’lsak, ilmiy ishlarga va tadqiqotlarga ajratiladigan byudjet taqsimoti 
YaIMga nisbatan Janubiy Koreyada – 4,55, Isroilda – 4,54, SHvetsiyada – 3,33 foizni 
tashkil qiladi. 
Mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va muvaffaqiyatga erishish uchun 
yana bir zarur omillardan biri sifatida professional kadrlar va biznes muhiti, texnologiya, 
bilim va yuqori sifatli kadrlar kerak. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin