5-5Tar20 guruh talabasi Zoirova Charosning O'zbekiston tarix fanidan tayyorlagan slaydi Shayboniylar davrida me'morchilik va su'niy sug'orish ishootlari



Yüklə 19,47 Kb.
səhifə1/2
tarix09.03.2023
ölçüsü19,47 Kb.
#87116
  1   2
5-5Tar20 guruh talabasi Zoirova Charosning O\'zbekiston tarix fan-fayllar.org


5-5Tar20 guruh talabasi Zoirova Charosning O'zbekiston tarix fanidan tayyorlagan slaydi Shayboniylar davrida me'morchilik va su'niy sug'orish ishootlari

5-5Tar20 guruh talabasi Zoirova Charosning O'zbekiston tarix fanidan tayyorlagan slaydi

Shayboniylar davrida me'morchilik va su'niy sug'orish ishootlari.


  • Reja:

  • Shayboniylar davrida me'morchilik

  • Shayboniylar davriga oid yodgorliklar

  • Shayboniylar davrida suniy sug'orish ishootlari

  • Abdullaxon timi,Abdullaxon bandi

  • Abdullazizxon madrasasi

  • Xulosa

  • Foydalangan adabiyotlar

  • Shayboniylar davri epigrafik yodgorliklari

  • Oradan ming yilga yaqin vaqt itganiga qaramay IX-XII asrda yaratilgan epigrafik yodgorliklar bizga meros bo’lib qolgan. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

  • 1. Ismoil Somoniy madrasasi. U Buxoroda IX-X asrda yaratilgan yirik yodgorliklardan biridir. Bu maqbaraga somoniylar davlatining asoschisi Ismoil Somoniy va uning yaqin qarindoshlari Dafn etilgan. Maqbara kub shaklida qurilgan bo’lib, uzunligi 10, 80 m., eni 10, 70 m. U 892-943 yillar oralig’ida qurilgan. (aniq qurilgan vaqti shaqida ma`lumot saqlanmagan). Maqbara ustidagi yozuvlarda ham bu tig’rida shech narsa deyilmagan. Maqbara tepasida gumbaz mavjud. Uning 4 burchagida binoning yuqori qismida 4 ta minora bor. Maqbara devorining qalinligi 1, 80 m. Maqbaranin gichki qismida bir necha peshtoq mavjud. 1 burchakdagi 4 ta peshtoq va devor ustida yana 4 peshtoq barpo etilgan. Maqbaraning tirt tomoniga 4 ta bir xil eshik irnatilgan. Bu bino qurilishida 23 sm., 23 sm., 3 sm. shajmdagi g’ishtlar ishlatilgan. Bu g’ishtlar yordamida devorlarda turli naqshlar shosil qilingan va bu naqshlar orasida asosan kufiy yozuvida bitilgan yozuvlar mavjud. Bu yozuvlar ichidan basmalani, Qur`oni karimdan olingan bir necha oyati karimalarni uchratishimiz mumkin.

  • Me’morchilik

  • U fors va arab tillarini yaxshi bilgan hamda shu tillarda ham

  • ijod etgan.

  • 0 ‘zbek, fors va arab tillaridagi she’rlari uch devonda to‘plangan.

  • Keyinchalik ular bitta muqova ichiga jamlangan va ,,Kulliyot“ deb

  • nomlangan.

  • M. Solihning ,,Shayboniynoma“si ayni paytda adabiyotga oid

  • asar — doston hamdir. Adabiyotimizda bu asar o‘zining yuksak

  • badiiy saviyasi va tilining soddaligi bilan ajralib turadi.

  • Abdullaxon II saroyida xizmat qilgan va „Malik ush-shuaro“

  • unvoniga sazovor bo‘lgan shoir Mushfiqiy o‘z she’rlarida yuqori

  • tabaqa vakillarining adolatsizliklarini ayovsiz fosh etgan.

  • Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro

  • va uning atroflarini obod qilishga harakat

  • qildilar. XVI asr davomida shu davrning barcha muhandislik

  • imkoniyatlari va jamiyatning ma’naviyat va madaniyati darajasiga

  • mos ravishda ko‘plab binolar, me’moriy majmualar, inshootlar

  • bunyod etildi.

  • Ularning orasida Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Sa-

  • marqandda qurilgan Shayboniyxon, Toshkentda qurilgan Baroq-

  • xon va Ko‘kaldosh madrasalari me’morchiligimizning yorqin

  • namunalari hisoblanadi. Baroqxon madrasasi shayboniy hukm-

  • dor Suyunchxo‘jaxonning o‘g‘li Baroqxon tomonidan qurilgan.

  • Madrasa gumbazining balandligi 22 metmi tashkil etadi. Musta-

  • qilhk yillarida bu madrasada ham katta ta’mirlash ishlari amalga

  • oshirildi.

  • Shayboniylar davrida ham iqtisodiy hayotda sun’iy sug‘orish bilan bog‘liq muammolarni hal etish ishiga jiddiy e’tibor bilan qaralgan. Bu sulola vakil lari Sangzor, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg‘ob daryolari imkoniyatlaridan unumli foydalanish choralarini ko‘rganlar. Shayboniyxon avlodlari keyinchalik Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyati yerlarini sug‘orish uchun 10 dan ortiq kanallar qazitganlar. Sun’iy sug‘orish ishlari, ayniqsa, Abdullaxon II davrida keng rivojlangan. Masalan, 1556—1585-yillar oralig‘ida

  • daryosida Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor, Jondor suv ayirg‘ichlari; Nurota tog‘ida Oqchob, Murg‘ob vohasida Hovuzixon suv omborlari qurilgan. Bundan tashqari, Sangzor daryosidan Jizzax vohasiga Tuyatortar kanali, Somonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan Xoja Ka’ab kanali, Afshona kanali, Amudaryodan Chorjo‘yga, Murg‘obdan Marvga, Vaxshdan uning atrof vohalariga suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar qazilgan. Bundan tashqari, Abdullaxon II karvon yoMlarini qayta jonlantirish, sardobalar, karvonsaroylar qurish va ta’mirlashga ahamiyat berdi. 1577- yilda Buxoroda yirik usti berk bozor — Abdullaxon timi qurildi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinidaBeklarsoy darasida joylashgan qadimgi to‘g‘on qoldiqlari o‘mida ulkan band (to‘g‘on) qurdirdi. Abdullaxon bandi uning ravoqlarini to‘g‘on tepasida turib ochishi yoki berkitishi mumkin edi. Maqsad esa o‘sha atrofdagi bo‘z yerlarni sug‘orib, dehqonchilikni rivojlantirish va yurtni obod qilish edi. Bu tadbirlar, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlagan.

  • shayboniylar temuriylar davrida yaratilgan yuksak rivojlangan madaniyatga munosib voris bo‘la olmaganlar. Shunday bo‘lsa-da, shayboniylar davrida ilm-fan va madaniyat baholi qudrat rivoj topdi. Bunga ushbu sulola hukmdorlari orasidan o‘z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta’sir ko‘rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko‘chkunchixon va Ubaydullaxonlar o‘z davrining nihoyatda o‘qimishh kishilari bo‘lganlar. Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalari o‘z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo‘lgan. Muhammad Shayboniyxon Buxoro va Samarqandni temuriylardan so‘ng fan, madaniyat va san’at markazlari sifatida rivojlantirishga harakat qildi. Shayboniylar ta’limni rivojlantirish maqsadida islohot ham o‘tkazganlar. Bu islohotning o‘tkazihsliiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo‘ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo‘yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo‘lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko‘ra, ko‘p bosqichli o‘qitish tizimi joriy etildi

  • Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod qilishga harakat qildilar. XVI asr davomida shu davrning barcha muhandislik imkoniyatlari va jamiyatning ma’naviyat va madaniyati darajasiga mos ravishda ko‘plab binolar, me’moriy majmualar, inshootlar bunyod etildi. Ularning orasida Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Samarqandda qurilgan Shayboniyxon, Toshkentda qurilgan Baroqxon va Ko‘kaldosh madrasalari me’morchiligimizning yorqin namunalari hisoblanadi. Baroqxon madrasasi shayboniy hukmdor Suyunchxo‘jaxonning o‘g‘li Baroqxon tomonidan qurilgan. Madrasa gumbazining balandligi 22 metmi tashkil etadi. Mustaqillik yillarida bu madrasada ham katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mir Arab madrasasi Shayx Abdulla (Mir Arab) tomonidan 1530 — 1536- yillarda qurilgan. Uni qurish uchun sarflangan xarajatlarni Buxoro xoni Ubaydullaxon bergan. Madrasa ulkan peshtoq. Ikki yonida baland gumbazli keng darsxona, masjid va go‘rxona bor. Go‘rxonada Ubaydullaxonning sag‘anasi va Mir Arab hamda uning qarindoshlarining qabrlari bor.

Mashhur tarixchi allomalar Juvayniy, Alouddin Otamalik ibn Muhammad, Sharafiddin Ali Yazdiylarning asarlari qatorida Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostoni ham madaniyatimiz tarixidan munosib o‘rin egallaydi. «Shayboniynoma»ning asl nusxasi topilgan emas, ammo shoirning hayotligida, Qosim kotib tomonidan 1510 yilda ko‘chirilgan nodir nusxasi Venada saqlanadi. Asar Shayboniy va temuriylar o‘rtasidagi kurash tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, 1499—1506 yillar orasidagi voqealarni o‘z ichiga oladi. «Shayboniynoma» 76 bobni tashkil etgan 4456 baytdan iborat.


  • Madrasa bugungi kunda ham islom oliy diniy o‘quv muassasasidir. Buxoroga kelgan Rossiya elchisi Antoniy Jenkinson: „Buxoro juda katta shahar, unda g‘ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko‘p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki, ularning misli dunyoda yo‘qdir“, — deb yozadi. Ayniqsa, Abdullaxonning yurt obodonchiligi yolidagi sa’yharakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilish ishlari amalga oshirilgan

  • Shayboniylar davri shoiri va tarixchisi. Xorazm hokimi amir Nursaidbek oilasida tugilgan. Bobosi Shohmalik Ulugbek saroyida, otasi Nursaidbek esa Ulugbek, Jogi Mirzo, Abu Said saroylarida etiborli arboblardan bolgan. M.S. Xorazmda savod chiqargach, Hirotga borib, Aburahmon Jomiydyan ilm organgan. Otasi vafot etgach, Husayn Boyqaro va boshqa temuriylar saroyida malum muddat xizmat qilgan. Biroq otasining olimiga sababchi bolgan temuriyzodalar bilan ishlashni xohlamay, 1499 yil Shayboniyxon xizmatiga kirgan. Buxoro, Chorjoy, Niso viloyatlariga hokimlik qilgan. "Amir ul-ulamo", "Malik ush-shuaro" unvonlariga sazovor bolgan. 1507 - 10 yillarda Hirotda yashagan. Shayboniyxon vafotidan song Buxoroga qaytgan. M.S. turkiy va forsiyda ijod qilgan. Sherlari ishqiy, biografik, siyosiy mavzuda. Ozbek adabiyoti tarixida ilk realistik tarixiy doston - "Shayboniynoma"ni yozgan. Doston 8880 misra, 76 bobdan iborat. 15-asr oxiri - 16-asr boshlaridagi voqealar aks etgan bu asar tarixiy, etnografik, geografik, lingvistik jihatlardan ham, badiiyligiga kora ham muhim ahamiyatga ega. Dostonning asl nusxasi topilgan emas, ammo shoir hayotligida Qosim kotib tomonidan 1510 yilda kochirilgan qolyozma nusxasi Venada saqlanadi. 1904 yilda Sankt-Peterburgda 1904, Toshkentda 1961, 1989 nashr etilgan. Vamberi M.S.ning "Laylo va Majnun" nomli turkcha gozal dostoni borligini xabar bergan, lekin u topilgan emas. "Qomus ul-alom"sA "Noz va Niyoz" manzumasi M.S.ga nisbat berilgan, biroq Nisoriy "Muzakkiri ahbob"da uning muallifini Baqoiy deb korsatadi.

  • Qosh Madrasasi Ansambli - Me’moriy obida Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. U (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyx on vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.

  • Abdullaxon madrasasi xonlikdagi eng yirik ma’rifat maskani sifatida bunyod etilgan. Uning qurilishi o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, ya’ni 1588-1590-yillarga to‘g‘ri keladi.

  • Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, taxta, maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Me’moriy obidaning umumiy ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofini ikki oshyonli hujralar o‘rab turadi. Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga o‘tiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan o‘tib, ikki yonidagi katta xonalar – darsxona va masjidga kiriladi.

  • Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Abdullaxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. Hozirda O‘zbekistonning turli joylaridan Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar va chet ellik turistlar diqqat-e’tiboridagi sayirgohga aylangan.

  • Me’moriy obida UNESCO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Haligacha chet el sayyohlarining diqqat-markazida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni me’moriy inshoot muhofazasining o‘ziga xos huquqiy kafolatidir

  • Qo’sh madrasani tunda tomosha qilish maroqli. Oy shulasida rang-barang koshinlar sirli yaltirab turadi. Shuni inobatga olgan holda Qo’sh madrasasini Buxoroning eng esda qolarli yodgoriklaridan biri deb aytish mumkin.


  • Abdullaxon timi – Buxorodagi eng katta usti berk savdo rastasi. Ab-dullaxon davrida kurilgan. (1577). Abdullaxon timi asosi murabba tarxli (39X42 m), 3 tomo-ni berk, bosh tarzidagi peshtoq opqali kiriladi. Devorlarining 2 tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni oʻrab turadi. Oʻrtadagi miyonsaroy (diametri – 10 m) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklardan yorugʻ tu-shadi. Miyonsaroy atrofi dalon. Dalon-dagi mayda ravoklar ichida gumbaz tom-li doʻkonlar boʻlgan. Bino pishiq gisht-dan (22x27x3,5 sm) qurilgan, devorlari ganch suvoqpi, naqshin bezaklari deyarli saqlanmagan. Oʻtmishda bu yerda shoyi, jun gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Abdullaxon timi Buxoro shahridagi savdo rastalari, chor-su–toq binolari ichida eng kattasi va shaklu shamoyili jihatidan ancha murak-kab va xushbichim hisoblanadi. Bir necha bor ta’mirlangan, savdo doʻkonlari joy-lashgan.

880Sharqda qadimgi davrlardan beri eng keng tarqalgan kasb savdo bo‘lgan. Savdo yuklarini tashuvchi karvonlar Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab mollarni sotib, almashib va sotib olib yurgan. Karvon yo‘lidagi savdo markazlaridan biri Buxoro shahri bo‘lgan.


  • Sharqda qadimgi davrlardan beri eng keng tarqalgan kasb savdo bo‘lgan. Savdo yuklarini tashuvchi karvonlar Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab mollarni sotib, almashib va sotib olib yurgan. Karvon yo‘lidagi savdo markazlaridan biri Buxoro shahri bo‘lgan.Shahar nafaqat o‘zining meʼmoriy sanʼat durdonalari bilan, balki hunarmandlari, bozorlari va savdo do‘konlari bilan ham mashhurdir. Ana shunday bozorlardan biri XVI asrda Buxoroning tarixiy markazida qurilgan Abdullaxon Timidir

  • Abdulazizxon madrasasi — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Qoʻsh imorat ansamblining janubiy tomonida meʼmor Mimxoqon ibn Xoʻja Muhammadamin tomonidan 1652-yilda qurilgan. Ulugʻbek madrasasining (1419) qarshisida. Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Chorsi hovlining har tarafi oʻrtasida peshtoqli ayvon bor. Umuman madrasa bezaklari yuksak sanʼat va mahorat bilan ishlangan. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar bilan ziynatlangan. Islimiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, janubiy ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zarhal bezagi bor. Hujra devorlarida tabiat manzaralari va imoratlar tasviri ham uchraydi. Naqshlar, asosan, moviy rang boʻyoqlar bilan chizilgan. Asosiy oʻlchami: atrof aylanasi — 50x67 metr, hovli — 28x35 metr. Madrasa XVII asr Buxoro mahobatli meʼmorligining yetuk namunasidir. Madrasa asosan juz’iy taʼmirlar (peshtoq muqarnasini Usta Shirin Murodov taʼmirlagan) asosida tartibga keltirilgan. Hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalari koʻrsatiladi. Shimoli-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yogʻoch oʻymakorligi namunalaridan iborat koʻrgazma tashkil etilgan.

  • Qurilishda mashhur saroy meʼmori Muhammad Solih ishtirok etdi. Yorug‘likning sinishi hisobiga hukmdorning aks ko‘rinishi bilan devorlarni bezatishi kerak edi. Ammo o‘sha davrda muqaddas Qurʼonga asosan devor va idishlarda insonni tasvirlash gunoh bo‘lgan. Shunga qaramay ustalar mohirona o‘z ishini davom ettirishdi. Bir kuni Abdulazizxon qurilishni tomosha qilish uchun madrasaga tashrif buyurdi.

Ulug‘bek madrasasidan (1417-y) bir necha asr keyinroq qurilgan Abdulazizxon madrasasi (1652-y) Buxoroning yagona tarixiy ko‘rinishini tashkil etib kelmoqda. Aynan mohir ustalar tomonidan qurilgan Abdulazizxon madrasasining yaratilishi bilan bizning davrga qadar yetib kelgan sharqiy markaziy Osiyo meʼmorchiligining paydo bo‘lishiga tamal toshi qo‘yildi.

Mohir ustalarning ishi aytilgandan ham ziyoda qilingan edi. Madrasani ko‘zdan kechirib hukmdor binoning o‘ng qanotiga o‘tdi. Janubiy devorlarda u chayon va ilonlar tasvirini ko‘rdi. Bu gazandalar qiyinchilik va kambag‘allik, g‘am tashvish timsollari edi. Binoning shimol tomondagi qismida jannat eshiklari tasvirlangan bo‘lib, bu eshik faqat sabr bardosh bilan olam qiyinchiligini yenggan kishilarga ochilishi mumkinligi timsoli edi.


Yüklə 19,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin