99
topshirdi. Ular menga yuzmak hunarini o‘rgatdilar. Men ¾
ul ishga mashg‘ul bo‘ldim va yaxshi o‘rgandim. Bir vaqt bir
necha kishi bilan kemaga kirib Dajla daryosidan o‘tar bo‘l-
dik. Tog‘gira otlig‘ joyda girdob bor edi va xavflig‘ joy erdi.
Ustod kemachilar undan ko‘p mashaqqatlar bilan o‘tar
edilar. Biz kema bilan o‘sha joyga yetushdik. Ammo kemachi
usta ermas va kemani nechuk surarni bilmadi. Alqissa, yigir-
ma yetti chog‘lik kishi birdan g‘arq bo‘ldik. Ammo men va
bir kishi, ya’ni mening g‘ulomim, uni ziyrak Kaykovus
der erdilar, suzib chiqdik. Bu voqeadan so‘ng otamning
mehri ko‘nglimda behad ziyoda bo‘ldi¾ ko‘p duolar qildim.
Men otamning boshiga ham shunday ish tushg‘onin bilmas
erdim. Shuning uchun menga yuzmak hunarini o‘rgatg‘on
ekan“.
1
Shunday qilib, suzishni bilish inson hayotida nechog‘-
liq zarur ekanligini bilib oldik. Suzish bo‘yicha sport muso-
baqalari 1- Olimpiya o‘yinlarida (1896- yilda) Afinada o‘t-
kazilgan. Shu paytdan boshlab suzish bo‘yicha barcha olim-
piada o‘yinlarining dasturidan munosib joy olib kelmoqda.
Haqiqatan ham ilgari suzish bo‘yicha musobaqalar ho-
zirgidek o‘tkazilmas edi. Musobaqalar ochiq havzalarda,
anhorga o‘xshash joylarda o‘tkazilar, oldin suzish yo‘lak-
chalari, start tumbochkalari bo‘lmas edi.
Suzishni biladigan kishi chuqurlikdan qo‘rqmaydi, xavf-
siramay, bilmagan joydagi suvga ham tushib ketaveradi.
Suv havzasimi, ko‘lmi, daryomi unga baribir, qo‘rqib
o‘tirmaydi. Daryo, ko‘llarning bir qirg‘og‘idan ikkinchi
qirg‘og‘iga qanday o‘taman, deb o‘ylab o‘tirmaydi. Mohir
suzuvchi cho‘kib ketayotgan kishiga vaqtni o‘tkazmay, o‘zi
yordam bera oladi, hayotini saqlab qolishga tayyor turadi.
Suzish bilan shug‘ullangan kishida yurak-qon aylanish tizimi
yaxshi faoliyat ko‘rsatadi, tana a’zolari mushaklari bir tekis
rivojlanadi va organizmi uncha-muncha shamollashlarga
qarshi tura oladi. Bulardan tashqari, kishilarning dam oli-
shi, hordiq chiqarishida unga teng keladigani kam.
1
Dostları ilə paylaş: