221
Yuradigan robotlarni yaratishning nazariy va amaliy masalalariga
bagʻishlangan birinchi nashrlar 70-80-yillarga toʻgʻri keladi.
Robotni “oyoqlari” yordamida harakatlantirish murakkab dinamik
vazifadir. Ikki oyoq bilan harakatlanadigan bir qator robotlar allaqachon
yaratilgan, ammo bu robotlar odamlarga xos boʻlgan barqaror harakatga
hali yetisha olmagan. Ikki oyoqliga qaraganda koʻproq harakatlanadigan
qator mexanizmlar ham yaratilgan. Bunday konstruksiyalarga e’tibor
ularni loyihalashtirish osonroq boʻlganligi bilan bogʻliq. Shuningdek,
amaliyotda gibrid variantlar mavjud (masalan, “Men, robot” filmidagi
robotlar, yurayotganda ikki oyoqda va yugurayotganda toʻrt oyoqda
harakat qila oladigan robotlardir).
Dostları ilə paylaş: