4-mavzu: viruslarning tabiati va kelib chiqishi viruslarning tabiati



Yüklə 27,11 Kb.
səhifə5/5
tarix27.03.2023
ölçüsü27,11 Kb.
#90215
1   2   3   4   5
4-mavzu

molekulyar biologiya metodlarini viruslarni tavsiflashda o‘ta gullagan vaqti bo‘ldi. Ximiya, fizika, molekulyar biologiya va genetika fanlarini yutuqlari virusologiyaning rivojlanish metodikasining asosini tashkil qildi. Molekulyar biologiyaning barcha yutuqlarida viruslarni model sifatida ishlatildi.
1967 y.da Kates va Mak Auslan ospovaksina virusi tarkibida DNK- mute (zavisimiy) RNK polimerazani aniqladilar. Keyingi yili reoviruslarda va undan keyinroq paramikso- va rabdoviruslarda 1968 yilda Yakobson va Baltimorlar tomonidan RNK polioviruslarida genom oqsili borligi isbotlandi. So‘ngra Baltimor va Bostonlar tomonidan poliovirus genomi RNK si poliproteinni translyasiyasi sintezi amalga oshirildi, 1960 y.da rinoviruslar, 1963 y. avstraliya antigeni (NBsAg) aniqlandi.
70-yillar. Baltimor bilan bir vaqtda Tyomin va Mizutanilar RNK-tutuvchi onkogen viruslar tarkibida qaytalama transkriptaza(revertaza) fermenti borligini xabar qilishadi. Endi RNK-tutuvchi viruslar genomini o‘rganish real haqiqat bo‘lib qoldi.
Eukariotlar viruslari genlari ekspressiyasini o‘rganish eukariotlarning o‘zlarini molekulyar biologiyasi haqidagi fundamental axborotni berdi, ya’ni mRNK dagi kep- strukturani borligini va uning RNK translyasiyasidagi rolini, mRNKning 3,,-oxirida poliadenil kislota ketma-ketligini borligi, splaysing va enxarsenlarning transkripsiyadagi rollari hayvon viruslarini o‘rganishda ochildi.
1972 y.da Berg DNK molekulasining rekombinantlarini yaratish haqida ma’lumot chop etadi. Endi molekulyar biologiyaning yangi bo‘limi- gen injeneriyasi paydo bo‘ladi. DNK rekombinantlari texnologiyasini qo‘llash tibbiyotda katta ahamiyatga ega bo‘lgan oqsillarni (insulin, interferon, vaksinalar) olish imkonini berdi. 1975 y.da – Keler va Milshteynlar monoklonal antitelalar (MKA) hosil qiladigan gibrid liniyalarni birinchi bor olishadi. MKA lar asosida viruslarni diagnostika qilishning eng spetsifik test-sistemalari ishlab chiqiladi. 1976 y.da Blamberg NbsAg ni kashf qilishgani uchun Nobel muofotini olishadi. Gepatit A va gepatit V har xil viruslar tomonidan qo‘zg‘atilishi tasdiqlanadi.
1970 y.- V-gepatiti virusi, 1973 y.da rotaviruslar va A-gepatiti virusi, 1977 y.da delta- gepatiti viruslari ochildi.
80-yillar. L.A.Zilber tomonidan asos solingan o‘smalarni paydo bo‘lishi viruslarga bog‘liqligi haqidagi dunyoqarash rivojlanadi. O‘smalarni rivojlanishiga javobgar virus qismlarini onkogenlar deb nomlandi. Virus onkogenlari eng yaxshi model sistema ekanligi aniqlanadi, ya’ni bu sistema sutemizuvchilar hujayralari onkogenetik transformatsiyasi mexanizmini o‘rganishda yordam beradi.
1985 y.da Myullis polimer zanjir reaksiyasini (PSR) kashf qilgani uchun Nobel mukofotini oladi. Bu molekulyar-genetik diagnostika metodi rekombinant DNK olish texnologiyasini mukammallashtirib, yangi viruslarni ochilishi imkoniyatini berdi. Quyidagi viruslar ochildi: 1983 y.da odam immuntanqisligi virusi, 1989 y.da S-gepatiti virusi, 1995y.da PSR metodini qo‘llab G-gepatiti viruslari ochildi.
Yüklə 27,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin