4. Mavzu. Sport mashg’uloti asoslari. Reja: Sport mashg’ulotlarining maqsad va vazifalari. Sport mashg’ulotlarining vositalari



Yüklə 166,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.10.2022
ölçüsü166,49 Kb.
#66565
  1   2
4. Mavzu. Sport mashg’uloti asoslari. Reja Sport mashg’ulotlari



4. Mavzu. Sport mashg’uloti asoslari. 
 
Reja:
1.Sport mashg’ulotlarining maqsad va vazifalari. 
2. Sport mashg’ulotlarining vositalari. 
 
 
«
Mashg’uiot» iborasi mashq ma'nosini anglatadigan inglizcha training so'zidan kelib chiqqan. 
Uzoq vaqt davomida xuddi shu ma'noni «sport mashg’ulotsi» tushunchasiga ham berib keldilar 
va ushbu ibora ostida eng yuqori natijaga erishish uchun sport mashqlarini qayta takrorlashni 
tushunib keldilar.Sekin - astalik bilan «sport mashg’ulotsi» tushunchasining mazmuni kengayib 
bordi va hozirgi kunda u sportchini sport texnikasi va taktikasiga o'rganishini hamda uning 
jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z tarkibiga olgan rejalashtirilgan pedagogik jarayon 
sifatida tushuniladi. Sport mashg’uJotlari maqsad va vazifaJari. 
Mazkur sportchi uchun imkon qadar maksimal tayyorgarlik darajasiga erishishga yo’naltirilgan 
musobaqa faoliyati xususiyatlari bilan chegaralangan va rejalashtirilgan sport natijalariga 
crishishni kafolatlaydigan sport bellashuvlariga tayyorgarlik sport mashg’ulotsining maqsadi 
hisoblanadi. 
Sport mashg’ulotsining tarkibiga sportchini tayyorlashning turlt tomonlari: nazariy, texnik, 
jismoniy, taktik va ruhiy tayyorgarlik kiritiladi. 
Mas tig’u lot va ayniqsa musobaqa 
faoliyatida ushbu 
tomonlarning birortasi ham alohida ajratilgan holda namoyon bo'la olmaydi. CJiar murakkab 
kompleksga birlashgan va eng yuqori sport koVsatkichlariga erishishga yo'naltirilgan bo'ladilar. 
Sport mashg’uloti jarayonida quyidagi asosiy masalalar hal etiladi: 
tanlangan sport tun bo'yicha texnika va taktikani o’zlashtirish; 
jismoniy sifatlarini takomillashtirish va musobaqa mashqlarini muvaffaqiyatli bajarilishini va 
rejalashtirilgan natijalarga erishishni ta’minlaydigan organizmning funksional tizimlari 
imkoniyatlarini oshirish kerakli axlohiy va irodaviy sifatlarni tarbiyalashmaxsus ma'naviy - ruhiy 
tayyorgarlik darajasini ta'minlash; 
muvaffaqiyatli masbg’uiot va musobaqa faoliyati olib borish uchun kerakli nazariy bilimiar va 
amaliy tajribaga ega bo'lish. 
Sport mashg’ulotsimng yuqoridagi masalalarini kompleks hal etishning natijatari: 
«mashg’ulotlanganlik», «tayyorlanganlik» va «sport formasi» tushunchalari orqali ifodalanadi. 
Chiniqqaniik organizmga qo'yilayotgan mashg’ulot yuklamalariga funksional moslashish 
darajasi bilan harakterlanadi. Bunday moslashish muntazam va tizimli jismoniy mashqlami 
bajarish natijasida paydo bo'Iadi hamda insonni ishlash qobiliyatini ortishiga xizmat qiladi. 
Chiniqqaniik doimo sportchini aniq ixtisoslik turidagi harakatlanish amallariga yo'naltirilgan 
bo'Iadi va uning organizmi funksional imkoniyatiarini, maxsus va umumiy ishlash qobiliyatini 
kuchaygan darajasida hamda sport malaka va ko'nikmalarini erishgan darajasida ifodalanadi. 
Sportchini chiniqqanlikgi, odatda, umumiy va maxsus chiniqqanlikka bo'linadi. Maxsus 
chiniqqanlikka tanlangan sport turida muskul taoliyatining aniq ko'rinishini bajarish natijasida 
erishiladi. Umumiy chiniqqaniik eng awalo sportchi organizmining organ va tizimlari funksional 
imkoniyatiarini oshiradigan va uning salomatligini muslahkamlaydigan umumrivojlanuvchi 
harakterdagi mashqlar ta'siri ostida shakllanadi. 
Tayyorlanganlik - bu jismoniy tayyorgarlikning (jismoniy sifatlaming rivojlanish 
darajasini); texnik tayyorgarlikning (harakatlanish malaka va ko'nikmalarinmg takomillashish 
darajasini); taktik tayyorgarlikning (taktik fikrlashni rivojlanish darajasini); ma'naviy - xuhiy 
tayyorgarlikning (axlohiy va irodaviy sifatlaming takomillashish darajasini) majmuoviy 
natijasidir, Tayyorlanganlik, shuningdek yuqorida sanab o'tilgan tayyorgarlik turlarining alohida 
bittasiga (jismoniy, texnik, va ma’naviy - ruhiy tayyorlanganlik) ham taalluqh bo'lisht mumkin. 


Tayyorlanganlikning har bir tomoni uning boshqa tomonlarini takomillashganlik darajasiga 
bog’liq, ular orqali aniqlanadi va, o'z navbatida, ulaming darajasiga ta’sir ko'rsatadi. Masai an, 
sportchining texnik takomillashganligi turli harakatlanish sifatlarining - kuchning, tezkorlikning, 
egiluvchanlikning, koordinatsion qobiliyatlaming, chaqqonllkning rivojlanish darajasiga bog’liq 
bo'Iadi- Jismoniy sifatlarining, masalan, chidamlilikning namoyon bo'lish darajasi lexnika 
lejamkorligiga, charchoqni yengib o’tishda ruhiy mustahkamlik darajasiga, murakkab 
sharoitlarda musobaqa fcellashuvining ratsional taktik sxemasini amalga oshirish ko'nikmalariga 
chambarchas bog’liq. 
Shuningdek, taktik tayyorlanganlik faqatgina sportchining ma’lumotlami tez qabul qilish va 
qayta ishlash qobillyatiga, vujudga kelgan vaziyatga bog’liq holda ratsional taktik reja tuza olish 
va harakatlanish masalalari yechimining effektiv yo'llarini topa olish malakalariga, balki texnik 
mahorat 
darajasiga, 
jismoniy 
tayyorlanganligiga, 
dadilligiga, 
jasurligiga, 
maqsadga 
intiluvchanligiga va boshqalarga ham bog’liq ekanligini ta’kidlab o'tish lozim.
Sport formasi -bu musobaqa faoliyatida sportchi tayyorlanganligining turli (sport - texnik, 
jismoniy, taktik, ruhiy) tomonlarini bir vaqtda tadbiq etish qobilivati bilan harakterlanadigan eng 
yuqori darajasidir formasini tuldirish. Sport mashg’ulotlarimng vositaiari. 
Jismoniy mashqlar 
faol harakatlanish faoliyati bilan harakterlanadigan sport turlarida sport 
mashg’ulotsining assosiy maxsus vositaiari hisoblanadi. Bunday mashqlaming tarkibi u yoki bn 
darajada sport takomillashuvi predmeti sitatida tanlangan sport turining xususiyatlariga mos 
bolda ixtisoslashtiriladi. 
Sport mashg’ulotsining vositaiari quyidagi uchta mashqlar guruhlariga: tanlangan musobaqa 
mashqlariga, maxsus tayyorgarlik mashqlariga, umum tayyorgarlik mashqlariga bo'linadi. 
Tanlangan musobaqa mashqlari - bu yaxlit harakatlanish amallari (harakatlari) (yoki 
harakatlanish amallari to'plami) bo’lib ular sport kurashi olib borish vositaiari hisoblanadi va 
imkoni boricha tanlangan sport turi musobaqalari qoidalari bo'yicha bajariladi, 
Tanlangan musobaqa mashqlarining solishtirma og’irligi, ko'pgina sport turlarida, (sport o'yinlari 
bundan mustasno) uncha katta emas, chunk! ular sportchi organ!zmigajuda yuqori talablar 
qo'yadilar. 
Maxsus tayyorgarlik mashqlari 
mharakatlari elementlarini, ularning bog’lanishlari va 
variatsiy alar ini, shuningdek ular bilan shakliga yoki namoyon bo'Jadigan qobiliyatlari 
harakteriga sezilarli darajada o’xshaydigan harakatlami va amallarni orz tarkibiga oladi. Masai 
an, yuguruvchi sportchining maxsus layyorlanish mashqlariga tanlangan masofani bo1laklar 
bo'yicha yugurish kiradi; gtmnastikachilarda xuddi shunday rolni elementlami va musobaqa 
kombinatsiyalari birikmalarini; o'yin sport turlari vakillarida esa - o’yinii harakatlar va 
kornbinatsiyalar birikmalarini bajarish bo'ladi. Boshqa misol sifatida musobaqa harakatlari 
ko'rinishini hosil qiladigan (suvga sakrovchilar va gimnastikachilaming batutda mashqlar va 
boshqalar) mashqlar xizmat qilishi mumkin. Maxsus tayyorgarlik mashqlari qatoriga aniq 
ma'lum hollar da, ixtisoslashgan sport turi uchun kerak bo'lgan va mos ish rejimlarida namoyon 
bo'ladigan maxsus sifatlami takomillashtirishga yo'naltirilgan aralash va turdosh sport turlari 
mashqlarini ham kiritish mumkin. Mashqlar quyidagi maqsadlarda bajariiadi: 
oyoqiar bilan itarish kuchini oshirish; 
qo'Uar va oyoqiar bilan harakatlanish amplitudalarini oshirish; 
v) harakatlar koordinatsiyasini takomillashtirish; 
g) qo'llar bilan itarish kuchini oshirish; 
d) yo/ raavsumida harakatlanish koordinatsiyalari va sirpanish sezgirligini saqlash. 


Maxsus tayyorgarlik mashqlari larkibi, hal qiluvchi darajada, tanlangan sport turi xususiyatlari 
bilan aniqlanadi. Mashqlar shunday hisob - kitob bilan yaratiladi va tanlanadiki, jistnoniy 
qobiliyatlarni takomillashtirishga yanada yo'naltiruvchi va tabaqalashgan ta'sir ko'rsatishini va 
sportchida kerakli malaka va ko'nilanalarni shakllantirishni ta'minlasin. 
Bu quyidagicha tushuntiriladi: 
tanlangan sport turidagi musobaqa mashqlarini ko'p marta 
takrorlanishi 
ko'pchilik 
hollarda 
kuchni, 
tezkorlikni, 
chidamlilikni, 
muskullardagi 
harakatchanlikni maxsus ntashqlardan foydalanib erishishgan singari darajada takomillashtirish 
imkoniyatini bermaydi. Buning sababi, eng avvalo, ko'pchilik hollarda musobaqa mashqlarini 
yaxlit ko'rinishda takrorlashlar sonini asosan yuqori asab va jismoniy kuchlanishlari tufayli juda 
ko'p bajarish mumkin emasligidan iborat hamda bu holatni individual sport turlarida inobatga 
olish ayniqsa muhim. Maxsus tayyorgarlik mashqlari ustivor yo’naluvchanlikka bog’liq holda 
ikki guruhga: keltiruvchi va rivojlantiruvchi mashqlarga bo'linadilar. Keltiruvchi mashqlar - bu 
harakatlarni shakli va texnikasini oVJashtirishga xizmat qiluvchi mashqlar, rivojlantiruvchi 
mashqlar - esa jismoniy sifatlarni (kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni va boshqalami) 
tarbiyalashga yo'naltirilgan mashqlar. Bunday bo'linish, aibatta, shartii, chunki harakatlanish 
amallarining shakli va maznmni ko'pgina hollarda bir - biri bilan o'zaro chambarchas bog’iangan 
bo’ladi. 
Maxsus tayyorgarlik mashqlari qatoriga tahlid qilish (imitatsion) mashqlari ham kiritiladi. Ular 
shunday tanlab olinadiki, sportchining harakatlari koordinatsion strukturasi bo’yicha bajarish 
harakteriga va ayniqsa tanlangan sport turi kinematikasi bo'yicha ham bajarish harakteriga imkon 
qadar ko'proq mos tushsin. 
Ko'pgina maxsus tayyorgarlik mashqlari orasidan murabbiy faqal aniq qo'yilgan vazifani hal 
qilish uchun mo'ljallangan mashqlarni taniab ola bilishi emas, balki harakatlarning ayrim 
qismlaridan, element! arid an, birikmalaridan yangilarini yarata olish malakalariga ham ega 
bo'lishi kerak. Bu koordinatsiyasi, kuchlanishi (zo'riqishi), harakteri, amplitudasi va boshqa 
xususiyatlari bo'yicha musobaqa mashqlari bilan o’xshash mashqlar bo'lishi kerak. Biroq, 
hamma mashg’ulot vositalari shug’ullanuvchilaming individual xususiyatlarini inobatga olgan 
holda t tanlanishi lozim. Ulardan ba'zilari sportchining mavjud kuchli tomonlarini yanada 
yaxshilashi, boshqa bir vositalar esa ayrim ortda qolib borayotgan texnik harakatlami yoki 
jismoniy sifatlami yetkazib olishga xizmat qilishi kerak. Umumtayyorgarlik mashqlari asosan 
sportchining umumiy layyorgarlik vositalari hisoblanadi. Ular sifatida eng rang – barang 
mashqlardan - o'z ta'siri xususiyatlari bo'yicha maxsus tayyorgarlik mashqlariga 
yaqinlashtirilganlaridan ham, ulardan keskin farq qiladigan (shu jumladan qarama - qarshi 
yo'nalgan) mashqlardan ham foydalanish mumkin. 
Umumtayyorgarlik mashqlarining ahamiyatiga, ko'pchilik sport turlarida, ayniqsa o'sib 
kelayotgan yosblaming mashg’ulotlarida, ko'pchilik hollarda, yetarlicha baho berilmaydi. Ayrim 
mutaxassislar ko’p yillik tayyorgarliknlng barcha bosqichlarida maxsus tayyorgarlik hajmini 
keskin oshiradilar va shu bilan birga umumiy jismoniy tayyorgarlik hajmini qiskartiradilar. Bu 
esa yosh sportchilar mashg’ulotlarini o'ta jadallashishiga olib keiadi. 
Umumtayvorgarlik mashqlarini natijalar yaxshilanishiga ta'siri aniq lakt hisoblanadi. Maxsus 
vositalar (musobaqa va maxsus tayyorgarlik mashqlari), bir tomondan, natijalami 
yaxshilanishiga yanada bevosita ta’sir ko'rsatadilar.Ikkinchi tomondan, natijalarni yetarli 
darajada yaxshilanmasligi yoki hattoki yuksak yutuqlar bosqichida ularni o'sishdan to'xtashi, 
shuningdek sportchi shikasUanishlarining ko'payishi mashg’ulotlarda va ayniqsa boshlang’ich 
bosqichlarida umumtayyorgarlik mashqlari hajmining yetarli darajada bo’lmaganligi sababli deb 
ta’kidlash mumkin. 


Umumtayyorgarlik mashqlarini tan lash da. odatda quyidagi talablarga rioya qilinadi: 
sport yo'lining dastlabki bosqichlarida sponchining umumiy jismoniy tayyorgarligi 
hartomonlama jismoniy rivojlanish masalalarini effektiv hal qilish imkoniyatini beradigan 
vositalarni o'z tarkibiga olishi kerak; 
chuqurlashtirilgan ixtisoslik va sportni takomillashtirish bosqicblarida u sport natijalari 
progressini aniqlaydigan musobaqa malaka va ko’nikmalarini va jismoniy qobiliyatlami 
takomillashtirish uchun quyidagilar fundamenti (asosi) bo'lib hisoblanishi kerak: 
nomaxsus, ya'ni umumiy chidamlilikni tarbiyalashda o'rtacha intensiviikdagi azoq davomli 
yugurish, chang* i krosslari, suvda suzish; 
xususiy kuch qobiliyatlarini tarbiyalashda - og;ir atletikaga daxldor bo’lgan shtanga bilan 
mashqlar, shuaingdek turli qo'shimcha og’irlik va harshiliklar bilan bajariladigan sport - 
yordamchi gimnastika mashqlari; 
harakat tezligini va harakatlanish reaktsiyasini tarbiyalashda - sprinter mashqlari, sport 
o'yinlarining turli ko'rinishdagi mashg’ulotlari vaharakatli o’yinlar; 
koordinatsion qobiliyatiami tarbiyalashda – sport gimnastikasi, akrobatika elementlari, harakatlar 
koordinatsiyasiga yuqori talabli o'yinlar. 
Biroq, umumtayyorgarlik mashqlari shu bilan birga sport ixtisosligini ham ifodalashi kerakligini 
unutmasiik lozim. Turli jismoniy mashqiami bajarish o'rtasida turli jismoniy sifatlar va 
harakatlanish malaka va ko'nikmalarini ijobiy va salbiy «ko*chirish» qonuniyatlari bilan bog’iiq 
bo'lgan ham ijobiy, ham salbiy o'zaro ta’sirlar qo'llanishi mumkin. 
Faqat shu sababning oV.iga ko'ra ham umumiy jismoniy tayyorgarlik vositalari bar xil sport 
turlari uchun bir xil bo'la olmaydi. Ma'lum bir o’xshashligi bilan bir qatorda ushbu vositalarning 
tarkibi bar bir aniq holatda o'zining alohida xususiyallariga ega bo'lishi kerak. Bu ularni 
tanlashga ham, mashg’ulot jarayoni tuzilmasida egallaydigan joyiga ham taalluqli. 
Umumtayyorgarlik mashqlarini mashg’ulot jarayoniga kiritilishi, odatda, uning umumiy 
samaradorligini ortishigaxizmatqiladi. 

Yüklə 166,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin