4-mavzu. Qurilgan barcha standart va nostandart detallarni yig’ish



Yüklə 1,22 Mb.
tarix20.10.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#65585
4-amaliy


4-mavzu. Qurilgan barcha standart va nostandart detallarni yig’ish.
Reja:

  1. Yig‘ish chizmalari

  2. Yig‘ish chizmalarini o‘qish

Yig‘ish chizmalari orqali buyum yig‘iladi, u ta’mirlanadi, takomillashtiriladi va konstruksiyasi o‘rganiladi. O‘qish jarayonida yig‘ish chizmalari ni detallarga ajratib chizish orqali buyumning konstruksiyasi, ishlash prinsipi bilan tanishiladi. Ya’ni, buyumning detallari uning yig'ish chizmasi orqali mukammal o’rganiladi. Buning uchun buyum barcha nostandart detallarining ish chizmalari alohidagi-alohidagi formatlarga chizib chiqiladi. Dastlab, buyum to’g‘risidagi yozma m a’lumot orqali uning mazmuni va detallarining vazifasi bilan tanishiladi. Shu davrda buyumning yig‘ish chizmasi ham ko'zdan kechiriladi, ya’ni o’qiladi. Yig‘ish chizmalarini o‘qish uning asosiy yozuvidan boshlanadi. Buyumning nomi ham u to‘g‘risida ko‘p m a’lumot beradi. Yig‘ish chizmasining spetsifikatsiyasi o’qilganda har bir detal nomi, soni, qanday materialdan tayyorlanganligi to’g ‘risida aniq m a’lumot olinadi. Yig‘ish chizmasi qanday ko‘rinishlarda tasvirlanganligi, qanday qirqim q o’llanilganligi, kesim va chiqarib ko‘rsatilgan kesim ko‘rinishlari harnda mahalliy qirqimlari ko‘zdan kechirib chiqiladi. Detallarining o’zaro joylashishi, bir-biriga qanday kirib turganligi va birikkanligi kabi m a’lumotlar o'rganiladi.

Yig‘ish chizmasidagi detallari uchun qo‘yilgan tartib raqamlari orqali har bir detal hamma ko‘rinishlarda o‘rganib chiqiladi. Shundan keyin yig‘ish chizmasi detallarga ajratib chiziladi. Awal sodda detallar eskiz ko‘rinishida ajratib chiziladi. Detallarga ajratib chizish murakkablik qilsa, ulaming kontur chiziqlarini aniqlashga harakat qilinadi. Buning uchun detaining tartib raqami orqali detal buyumning bosh ko‘rinishida qirqimga tushgan bo‘lsa, shtrix yo‘nalishiga aharaiyat beriladi hamda shu detaining boshqa ko‘rinishlarida konturi aniqlanadi. Detaining konturi aniqlangandan keyin uning texnik rasmi chizib ko'riladi. Shunda detal to’g‘risida to’liq m a’lumot olish mumkin bo‘ladi. Masalan, 193-shaklda tasvirlangan pnevmatik silindrning yig‘ish chizmasini detallarga ajratib chizish uchun yozma m a’lumoti o‘qib

chiqiladi. U uzatish mexanizmining kuchaytiruvchi moslama sifatida qo‘llaniladi. Buyum tayanch qopqoq 1, silindr 8, porshen 5, shtok 11, qopqoq 9, qistirma 2, vint 12, gayka 3, halqalar 6, 7, 10, shayba 4 dan tashkil topgan bo‘lib, shtok yordamida porshen harakatga keladi. Shu harakat davrida siqilgan havoni tashqariga chiqarib turadi. Buyumning yig‘ish chizmasi ikki ko‘rinishda chizilgan bo‘lib, vint yordamida qopqoqlaming silindr bilan mahkamlanishi A—A qirqimda chiqarib ko'rsatilgan. Yig‘ish chizmasidagi 1, 5, 8, 9, 10 detallar ajratib chizilishi m um kin, qolganlari standart detallar hisoblanadi. Nostandart detallar ichida eng soddalari qistirma va porshendir. Animo qistirmani chizish shart emas. Shuning uchun porshenni ajratib chizishni ko'ramiz. Porshen bosh ko‘rinishda aniq tasvirlangan. Shunga ko'ra bu detai silindr bo'lib, o’rtasida shtokka kiydirish uchun silindrik teshik ochilgan. Porshen harakati davrida bosimli havo hosil qilish uchun unga rezinali halqa kiydirish maqsadida unda ikkita aylanma (silindrik) ariqcha o’yi!gan. Porshenning ikkala tomonida faska ham bor. Awal porshenning konturi chizib olinadi (1 9 4 -a shakl). Detai qiyofasini ko‘z oldiga keltirish qiyin bo‘lsa, uning texnik rasmi chiziladi (1 9 4 -b shakl).

Diqqat bilan o‘rganilsa, bu detai bitta ko‘rinishda tasvirlanishi mumkin ekan (1 9 4 -d shakl). Shu tartibda boshqa detallar ham ajratib chiziladi (1 9 5 -a—e shakllar). Detallarning ish chizmalarini har doim ham yig‘ish chizmasida joylashgandek, ish holatida chizish shart emas. Buning uchun qulay holat mavjud bo‘lib, misolda 8 va 9 detallar shunday qulay vaziyatda chizilgan (195-shaklga qarang). Buyumning yig‘ish chizmasidan uning detallarini ajratib, eskiz k o‘rinishida chizilgandan keyin, shu detallarning ish chizmalari

chiziladi. Detallam ing ish chizmalarini chizishda ulamine haaiqiv o'lcham larini aniqlashga to’g‘ri keladi, chunki yig‘ish chizmalarida barcha oMchamlari to'liq berilmaydi. Y a ’ni yig'ish chizmalariga xos o’lchamIar qo‘yilgan bo‘ladi xolos. Shunga ko‘ra har bir detaining haqiqiy o 'lch a m la rin i aniqlash u ch u n nisbat m asshtabidan foydalaniladi. Masalan, silindming ichki diametri 0 80 deb yozilgan bo‘lib, shu o'lcham gorizontal chiziqqa /1 5 = 8 0 tarzida o’lchab qo‘yiladi va uning B uchidan vertikal, ya’ni AB ga perpendikulär chiziq chiziladi. Sirkulda R 80 mm da A nuqtadan yoy chizib, B nuqtadan chizilgan vertikal chiziq kesishtiriladi (196-shakl). Shunda AD kesma 80 mm ga teng bo‘lib, uning to’g‘ri burchakli proyeksiyasi y45chizmadagi o’lcham 0 80 ga to’g ‘ri keladi. Endi porshenning eni t ning haqiqiy o'lcham ini topish uchun t masofani A dan gorizontal chiziqqa o’lchab qo‘yiladi va E nuqtadan vertikal chiziq o’tkazilib, AD va AT oMcham hosil qilinadi. AT o'lchansa, u 28 mm ga teng b o‘ladi. Shu tartibda detaining barcha elem entlarining kerakli o’lchamlarini aniqlash mumkin boiadi. D etallarga o’lcham lar q o‘yishda, yondosh detallarga ham ahamiyat beriladi. Yondosh detallaming bir-biriga tegib turgan sirtlari tutash bo‘lsa, o'lcham lari bir xil bo£ladi. M asalan, porshenning tashqi va silindming ichki diametri bir xil oMchamda, ya’ni 0 80 mm ga teng. Bunday sirtlarga g‘adir-budurligi bir xil tozalik klassida ishlov beriladi. Ish chizmalarida tozalik belgilari 0 ‘zDSt 2. 309-96 va G O ST 2. 789-73 ga binoan qo‘yish tavsiya etiladi.


Buyumning yig‘ish chizmasi murakkab bo‘lsa, bir bo'lagining yaqqol tasviri chizilaéi. Y uqerkiagi mtsokia btiyurn tine ha murakkab bo‘lmagani uchun uning yaqqol tasviri to’liq chizildi (197-shakl). SINOV SAVOLLARI 1. Yig'ish chizmalarini detallarga ajratib chizishdan maqsad nirna? 2. Yig‘ish chizmalari qanday tartibda detallarga ajratiladi? 3. Yig'ish chizmasini detallarga ajratib chizish deganda nima tushuniladi? 4 . Yig'ish chizmalaridagi detallarning haqiqiy o‘lchamlari qanday aniqlanadi? 5. a) Yig‘ish chizmasidagi В va D detallar o‘zaro qanday biriktirilgan? À. Rezba yordamida; B. Presslangan; D. Payvandlangan; E. Shlitsa yordamida. b) Yig'ish chizmasidagi A detal qanday nomlanadi?

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin