4-mavzu: O‘zgarmas tok elektr zanjirlari va ularning tahlili



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə1/3
tarix25.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#148555
  1   2   3
4MU

4-mavzu: O‘zgarmas tok elektr zanjirlari va ularning tahlili.

Reja:

  • 1. Elektr va magnit maydonlari, o‘ziga xosliklari hamda ularni yaxlit elektromagnit maydonining ikkita tomoni sifatidaligi.
  • 2. Elektromagnit maydon nazariyasi hamda elektr va magnit zanjirlari nazariyasi masalalarining umumiy fizik asosi.
  • 3. Nazariyani asoslashdagi integral kattaliklar.

1. Elektr va magnit maydonlari, o‘ziga xosliklari hamda ularni yaxlit elektromagnit maydonining ikkita tomoni sifatidaligi.

Elektr va magnit maydonlari, tarixiy ma’lumotlardan ham ko‘rinadiki, ko‘p yillar alohida-alohida hodisa, voqiylik sifatida o‘rganib kelingan. Elektr maydonini qadimgi Yunonistonda ham jismlarni zaryadlanib qolishi tajribalari orqali kuzatishgan. Ammo bu kuzatuvlardan nazariya asoslarini va qonuniyatlari yaratilmagan. Hattoki «atom» bu - bo‘linmas zarrachadir degan noto‘g‘ri tasavvur ikki yarim ming yildan ko‘p mavjud bo‘ldi. XIX asr oxiri XX asrda elektr va magnit maydonini nazariyasini yaratish, amalda qo‘llash bo‘yicha misli ko’rilmagan inqilobiy kashfiyotlar va yangiliklar yaratildi. Ayniqsa elektromagnit maydoni ta’sirida jismlarga ishlov berish, ularning xossalarini o‘zgartirish insoniyat uchun foydali yangiliklar yaratilishiga olib keldi.

Elektr maydonining o‘ziga xosliklari ham mavjud. Ushbu maydonning kuch chiziqlari uzluksiz bo‘lishi bilan bir qatorda (ya’ni elektr maydoni berk halqa tarzida tarqaladi) uni aniq qutblarga ajratish mumkin. Istalgan kattaliklardagi zarrachalarda musbat va manfiy qutblarni yaqqol ajratib, hatto ularning o‘zaro ta’sirlashishini ham kuzatishimiz mumkin. Ushbu hodisani 1-rasmda ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Elektr maydonining o‘ziga xosliklari ham mavjud. Ushbu maydonning kuch chiziqlari uzluksiz bo‘lishi bilan bir qatorda (ya’ni elektr maydoni berk halqa tarzida tarqaladi) uni aniq qutblarga ajratish mumkin. Istalgan kattaliklardagi zarrachalarda musbat va manfiy qutblarni yaqqol ajratib, hatto ularning o‘zaro ta’sirlashishini ham kuzatishimiz mumkin. Ushbu hodisani 1-rasmda ko‘rsatishga harakat qilamiz.

  • Ushbu rasmning a) va b) tasvirlaridan ko‘rinadiki, bir xil ishorali zaryadlarning elektr maydon kuch chiziqlari bir-biridan itariladi. Rasmning c) tasvirida turli xildagi ishorali zarrachalarning elektr maydon kuch chiziqlari bir-biriga tortiladi, ya’ni musbat ishorali zaryaddan chiqib manfiy ishorali zaryadda yakunlanadi. Elektr maydonining bu xossasidan amalda ko‘p foydalaniladi. Masalan, galvanik elementlar, elektrolizli qurilmalar, elektr kinetik ta’sirli hamda elektron nurli qurilmalar va boshqalar.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin