bo„lmagan makonning shakli vazifasini bajargan. Keyinchalik bu tasavvurlardan
ham voz kechildi.
Makon va vaqtni mutlaqo mustaqil atributlar sifatida qayd etuvchi metafizik
substansional konsepsiya XIX-XX asrlarda fanning rivojlanish jarayonida o„z
ahamiyatini butunlay yo„qotdi.
Lobachevskiy makon va vaqtning evklid
geometriyasi tavsiflamagan xossalari mavjud, degan taxminni ilgari surdi. Bu
taxmin absolyut makon konsepsiyasini inkor etadi, chunki makon faqat geometrik
tavsiflanishi lozim edi.
Asosiy g„oyalari A.Eynshteyn tomonidan 1905 yilda
tariflangan xususiy nisbiylik nazariyasida makon va vaqtning geometrik xossalari
ularda gravitatsion massalarning taqsimlanishiga bog„liq ekanligi aniqlandi.
Uning fikricha og„ir obektlar yaqinida makon va vaqtning geometrik xossalari
evklid geometriyasi tamoyillaridan uzoqlasha boshlaydi, vaqtning o„tish surati esa
susayadi.
A.Eynshteyn (1916 yilda) o„zining umumiy nisbiylik nazariyasi bilan
nafaqat makon va vaqtning substansional konsepsiyasiga, balki makon va vaqt
mohiyatining subektivistik aprioristik talqinlariga ham qaqshatqich zarba berdi. U
makon va vaqt xossalari moddiy tizimlar harakati va o„zaro tasiriga bog„liq
ekanligini ko„rsatib berdi. A.Eynshteyn o„z nazariyasining mohiyatini tushuntirar
ekan, shunday deb qayd etdi: «Ilgari qandaydir mo„jiza yuz berib, barcha moddiy
narsalar birdan yo„q bo„lib qolsa, makon va vaqt qoladi, deb hisoblashgan.
Nisbiylik nazariyasiga ko„ra esa, bu holda narsalar bilan birga makon va vaqt ham
yo„q bo„lib ketgan bo„ladi»
18
.
Hozirgi zamon tabiatshunosligi va falsafiy xulosalar nuqtai nazaridan
obektiv borliq makon, vaqt, harakat hamda modda va maydon turlari o„zaro
tasirining uzviy aloqasidan iborat
. Hozirgi olimlar yagona va obektiv makon va
vaqt kontinuumi to„g„risida so„z yuritishni maqul ko„radilar. Makon va vaqt
moddiy jismlar mavjudligining o„zaro bog„langan shakllari sifatida tushuniladi.
Makon – materiya borlig„ining ko„lamlilik, tarkibiylik kabi xossalari va uning
o„zaro tasirlarini ifodalovchi shakli. Vaqt – materiya borlig„ining barcha obektlar
mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o„zgarishlarini tavsiflovchi shakli.
Dostları ilə paylaş: