4-mavzu. Bilish falsafasi(gnesologiya)



Yüklə 99,96 Kb.
səhifə1/17
tarix19.05.2023
ölçüsü99,96 Kb.
#117662
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
4-MAVZU. BILISH-WPS Office


4-MAVZU. BILISH FALSAFASI(GNESOLOGIYA)

Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini o’rganish falsafa tarixida muhim orin egallab kelmoqda. Inson o’z bilimi tufayli borliq, tabiat, jamiyatni va nihoyat, o’z-o’zini o’zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug’ullanuvchi maxsus sohasi — «Gnoseologiya» vujudga keldi va u qadimgi lotincha «gnozis» — bilish va «logos» — fan, ilm ma’nolarini anglatadi.
Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» sо‘zi ham qо‘llaniladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qо‘llanilishini о‘rinli deb bо‘lmaydi. Zotan, «episteme» sо‘zi «pistis» e’tiqod sо‘zi bilan uzviy bog‘liq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Shu bois G‘arbiy Yevropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi.
Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini о‘rganadi.
Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. Tom ma’nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini о‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning mohiyati tо‘g‘risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi. Shu bilan biz avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olishga harakat qilamiz.
Gnoseologiya yoki bilish nazariyasi falsafiy bilimlar (falsafa fani) bо‘limi bо‘lib, unda 1) insonning dunyoni bilish imkoniyati 2) insonning о‘zlikni anglash jarayoni; 3) bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi, 4) bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan о‘zaro nisbati о‘rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni о‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning о‘z-о‘ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va kо‘ramiz. Biroq bu jarayonda ongning о‘zi kо‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli о‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U gо‘yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu kо‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan о‘zaro aloqalarini aniqlash, uni о‘z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? degan «oddiy» masalani yechishdan iborat: Bu savolga javob izlash va masalaning yechimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm tо‘qnashadi.
Inson o’zining bevosita borligini, mavjudligini uni qurshab turgan dunyo bilan doimiy aloqada amalga oshiradi. Dunyoda yashash va optimal moslashish uchun inson, uning aqlidroki va hislari tashqariga, ya’ni dunyoni bilishga qaratilgan. M.Xaydeggerning so’zlari bilan aytganda «bilish tadqiqot sifatida mavjud narsani hisobotga jalb etadi». Bilish faoliyatiga inson hayoti va faoliyatining zarur elementi deb qaramoq zarur. Bilishning maqsadi va vazifasi turli hodisalarni o’rganish yo’li bilan ularning chuqur, turg’un, belgilovchi tomonlari va qirralarini, ularning mohiyatini ochib, xaqiqatni anglab olishdan iborat. Antik falsafadayoq sofistlar va Sokrat dunyoqarashining asosiy masalasini insonning tabiatga, sub’ektning ob’ektga, tafakkurning borliqqa munosabati masalasi sifatida ilk bor ta’riflab bergan edilar.
Yangi zamonda F.Bekon va R.Dekart bilish to’g’risidagi ta’limotni boyitib, uni sub’ektning ob’ektga munosabati deb ta’rifladilar. Dekartning so’zlariga ko’ra, sub’ekt bu bilish harakatining sohibi bo’lgan shaxsdir, fikrlovchi «Men» dir. Ob’ekt bu sub’ektning bilish faoliyati yo’naltirilgan narsadir, ya’ni bizni qurshab turgan butun olamdir. Bilish ob’ekti bilish vaziyatida bevosita berilgan emas, u ijtimoiy amaliyotning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi, determinatsiyalanadi. Bilish sub’ekti ham o’zining bilish faoliyati keng amalga oshiriladigan konkret ijtimoiy-tarixiy vaziyat orqali belgilanadi. Binobarin, bilishning o’zi ham ijtimoiy tabiatga ega, uni ijtimoiy amaliyot belgilab beradi. Dunyoni bilib bo’ladimi yoki yo’qmi, agar bilib bo’lsa bu bizning ongimizda qanday aks etadi, degan masala hamisha falsafiy fikrni qiziqtirib kelgan. Bilish nazariyasi, yoki gnoseologiya (yunoncha bilish haqidagi ta’limot) falsafiy ta’limotlarning ajralmas qismidir.
Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.
Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o’ziga xos bo’lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgi zamon g’arb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullarini o’rganuvchi maxsus soha — etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Nazariy bilishning obekti, subekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.

Yüklə 99,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin