4-Ma’ruza Mavzu: Mikroprotsessor tizimining ishlash printsipi Reja



Yüklə 173,08 Kb.
səhifə3/6
tarix16.04.2023
ölçüsü173,08 Kb.
#98892
1   2   3   4   5   6
Маъруза №4

Garvard arxitekturasi deb ataladi (shunday arxitekturani yaratish taklifini kiritgan Garvard Universiteti laboratoriyasining nomi berilgan).
Ushbu arxitektura nisbatan murakkab boʻlib, qoʻshimcha boshqaruv signallarini talab qiladi. Biroq, u axborot bilan ancha uddaburon harakatlar bajarish, ixcham kodlashtiriladigan mashina komandalari toʻplamini joriy etish va qator hollarda mikroprotsessor ishini jadallashtirish imkonini beradi. Intel firmasining MCS-51 oilasiga mansub mikrokontrollerlar mulohaza yuritilayotgan arxitekturalarning bir vakili sanaladi.
Bugungi kunda aralash arxitekturali mikroprotsessorlar ishlab chiqarilib, ularda CSEG va DSEG yagona adresli boʻshliqqa joylangan, ammo ular turli murojaat mexanizmlariga ega. Bunga aniq misol tariqasida Intel firmasining 80x86 oilasiga mansub mikroprotsessorlarni keltirish mumkin.
Jismonan mikroprotsessor xotira qurilmasi hamda kiritish- chiqarish tizimi bilan tizim shinalarining yagona toʻplami – tizim ichidagi magistral orqali hamkorlik qiladi. Ushbu magistral aksariyat hollarda quyidagilardan tashkil topadi(3.2.-Rasm.):
DB (ingl. Data Bus) rusumli maʻlumotlar shinalaridan (ushbu shinalar orqali MzP, xotira va kiritish-chiqarish tizimi oʻrtasida maʻlumotlar almashinuvi amalga oshadi);
AB (ingl. Address Bus) rusumli adreslar shinalaridan (murojaat qilinayotgan xotira va kiritish-chiqarish portlari yacheykalarining adreslarini uzatish uchun qoʻllaniladi);
CB (ingl. Control Bus) rusumli boshqaruv shinalaridan (axborot almashinuvi sikllarini amalga oshirib, tizim ishini boshqaradigan signallar ayni shu shinalar orqali uzatiladi).
Shinalarning ayni shunday toʻplami XTTK kanalini tashkil toptirish uchun ham qoʻllaniladi. Bunday turdagi magistral demultipleks magistrali yoki ayiruvchi manzil va maʻlumotlar shinalariga ega uch shinali magistral deb ataladi.

3.24.-Rasm. Uch shinali magistral
Ayrim mikroprotsessorlarda magistralning jismoniy enini toraytirish maqsadida manzil-maʻlumotlarning qoʻshma shinasi AD (ingl. Address/Data Bus) joriy etilib, ushbu shina orqali adreslar ham, maʻlumotlar ham uzatiladi. Adresga oid axborot uzatish bosqichi maʻlumotlar uzatish bosqichidan vaqt boʻyicha ajratilgan boʻlib, SV tarkibiga kiritilgan maxsus ALE (ingl. Address Latch Enable) signali vositasida stroblanadi. Ushbu magistral, odatda, multipleks magistral yoki adreslar va maʻlumotlarning qoʻshma shinasi bilan birgalikdagi ikki shinali magistral deb ataladi(3.3. -Rasm.).

3.25 -rasm. Ikki shinali magistral
Maʻlumotlarning magistral orqali tabiiy almashinishi kanalga soʻzlar yoki baytlar vositasida bir-biridan keyin amalga oshiriladigan murojaatlar koʻrinishida kechadi. Magistralga murojaatlarning bitta sikli davomida MP, xotira qurilmasi va kiritish-chiqarish tizimi oʻrtasida bitta soʻz yoki bayt uzatiladi. Almashinishning bir nechta sikllari mavjud. Ular jumlasiga
Yüklə 173,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin