4-&. Uch og'a ini botirlar ertak deb nimaga aytiladi?



Yüklə 12,17 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü12,17 Kb.
#164951
Uch og\'a - ini botirlar


4-&. UCH OG'A - INI BOTIRLAR

1.Ertak deb nimaga aytiladi?


A) Xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biri bo‘lib, tabiat hodisalari, jonivorlar majoz qilib olinadigan og‘zaki hikoyalar.
B) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lmay, xayoliy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar.
C) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar.
D) A va C
2.Ertakning boshlanmasiga e’tibor bering va nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying. «Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga … ».
A) tog‘ B) najot C) hayot D) bog‘
3.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim podshohdan kenja botirni afv etishini so‘raydi?
A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
C) podshohning qizi D) Kenja botirning o‘zi
4.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida bog‘bon o‘g‘rining boshiga nima bilan uradi?
A) pichoq bilan B) qilich bilan
C) shashpar to‘qmoq bilan D) tosh bilan
5.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi og‘a-inilarga otalari safarga qanday otlarni hozirlab qo‘yadi?
A) qora toy, bo‘z toy, saman toy B) bo‘z toy, qora toy, saman ot
C) qora toy, saman toy, ko‘k toy D) bo‘z toy, qora toy, ko‘k toy
6.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota safarga otlanayotgan o‘g‘illarining xurjunini qancha muddatga yetadigan ovqat bilan to‘ldiradi?
A) bir necha kunlik ovqat bilan B) bir haftalik ovqat bilan
C) bir oylik ovqat bilan D) bir necha haftalik ovqat bilan
7.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota botirlarni tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Bular qaysilar?
1) Odob-axloqli qilib tarbiyalaydi.
2) Qurol-yarog‘ bilan tanishtiradi.
3) Qo‘rqitmay o‘stiradi.
4) Kurashga tayyorlaydi.
5) Sog‘lom qilib tarbiyalaydi.
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 5
8.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota o‘g‘illariga uch narsani nasihat qiladi. Bular qaysilar?
A) sog‘lom o‘stirish, yarog‘ bilan tanishtirish, qo‘rqitmay o‘stirish
B) yarog‘ bilan tanishtirish, to‘g‘rilik, maqtanchoq bo‘lmaslik
C) to‘g‘rilik, maqtanchoq bo‘lmaslik, dangasalik qilmaslik
D) to‘g‘rilik, sog‘lomlik, qo‘rqmaslik
9.«Uch og‘ayni botirlar» ertagida podshoh aslida kimning o‘g‘li edi?
A) bog‘bonning B) dehqonning
C) novvoyning D) temirchining
10.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi aka-ukalarning yoshlarini aniqlang.
A) 20; 18; 16 B) 21; 18; 16 C) 21; 20; 18 D) 20; 18; 17
11.«Uch og‘ayni botirlar» ertagida to‘ti necha kunga uyiga borib kelish uchun ruhsat so‘raydi va podshoh unga necha kunga ruxsat beradi?
A) 20 kunga, 3 haftaga ruxsat beradi
B) 3 haftaga, 15 kunga ruxsat beradi
C) 20 kunga, 15 kunga ruxsat beradi
D) 2 haftaga, 10 kunga ruxsat beradi
12.Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «azonchi» deyiladi?
A) bo‘ri B) qirg‘ovul C) to‘rg‘ay D) ola qarg‘a
13.Ertaklarning boshlanmalarida nima «quyrug‘i uzun ekan, ko‘k muzga mingan ekan, muruti singan ekan» deb ta’riflanadi?
A) qirg‘ovul B) qora qarg‘a C) to‘rg‘ay D) tovus
14.Navbatma-navbat qorovullikda turgan botirlarning boshidan nimalar o‘tadi?
A) To‘ng‘ich botir sherni, O‘rtancha botir ajdarhoni o‘ldiradi, Kenja
botir xazinaga tushmoqchi bo‘lgan o‘g‘rilarni qirib tashlaydi.
B) To‘ng‘ich botir ajdarhoni, O‘rtancha botir sherni o‘ldiradi, Kenja
botir o‘g‘rilarni qirib tashlaydi.
C) To‘ng‘ich botir ajdarhoni, O‘rtancha botir sherni o‘ldiradi, Kenja
botir xazinaga tushmoqchi bo‘lgan xoinlarni qirib tashlaydi.
D) To‘ng‘ich botir sherni, O‘rtancha botir xoinlarni o‘ldiradi, Kenja botir ajdarhoni o‘ldiradi.
15.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida aka-ukalar qancha muddatda otalari huzuriga qaytib kelishadi?
A) 3 yilda B) 2 yilda C) 2 oyda D) 12 oyda
16.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida «Elimiz bir bo‘lsa ham, tarbiyamiz boshqa» jumlasi kimning tilidan aytiladi?
A) O‘rtancha botir B) Kenja botir
C) To‘ng‘ich botir D) podshoh
17.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshoh to‘tini necha yil qafasda saqlaydi?
A) 4 yil B) 3 yil C) 7 yil D) 5 yil
18.Uch og‘a-ini botirlar» ertagida Kenja botir nima haqida hikoya qilib beradi?
A) uzum haqida B) novvoy haqida
C) podshohning to‘tisi haqida D) podshoh haqida
19.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida shinniga odam qoni qo‘shilganligi haqidagi fikrni kim bildiradi?
A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
C) podshoh D) vazir
20.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohning eng sevimli kuyovi kim edi?
A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
C) Kenja botir D) hammasini teng ko‘rardi
21.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida to‘ti qancha vaqtda Hindistonga yetib boradi?
A) 7 kunda B) 6 kunda C) 3 kunda D) 15 kunda
22.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohga uch dona yoshartiruvchi mevani qaysi obraz beradi?
A) Kenja botir B) vazir
C) O‘rtancha botir D) to‘ti
23.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohga zahar sochmoqchi
bo‘lib turgan ilonni kim o‘ldiradi?
A) O‘rtancha botir B) Kenja botir
C) To‘ng‘ich botir D) to‘ti
24.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida «Saralab yemoq faqirning ishi» jumlasi kimning tilidan aytiladi?
A) O‘rtancha botirning B) Kenja botirning
C) To‘ng‘ich botirning D) to‘tining
25.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida keltirilgan hikoyada to‘ti va podshoh o‘rtasidagi kelishuv nima haqida edi?
A) Hindistondan sehrli meva olib kelish haqida
B) Hindistondan ona to‘tini olib kelish haqida
C) ikki haftada Xitoyga borib kelish haqida
D) zindondagi asirlarni ozod qilish haqida
26.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshoh nima uchun o‘z qizlarini musofir yigitlarga turmushga berishga rozi bo‘ladi?
A) boyligi uchun B) tarbiyasi uchun
C) pahlavonligi uchun D) merganligi uchun
27.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kimning aka-ukalarga hasadi bor edi?
A) vazirning B) saroybonning
C) podshohning D) to‘tining
28.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi?
«…podshoh degani it go‘shtidan ham qaytmaydi…»
A) O‘rtancha botir B) Kenja botir
C) To‘ng‘ich botir D) to‘ti
29.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi?
«…va’da – ulug‘ muqaddas narsa, uni buzish yaramaydi. Va’dani
buzmoq – og‘ir gunoh».
A) O‘rtancha botir B) to‘ti C) To‘ng‘ich botir D) Kenja botir
30.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan aytiladi?
«Podshoh deganning marhamatidan qahri ortiq, podshoh bilan sherga yaqin bo‘lmoq hikmatdan emas».
A) to‘ti B) to‘tining qarindoshi
C) O‘rtancha botir D) To‘ng‘ich botir
31.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida go‘sht qo‘zi go‘shti ekanligini, u it emib katta bo‘lganini kim topadi?
A) Kenja botir B) vazir C) O‘rtancha botir D) To‘ng‘ich botir
32.«Uch ogʻa-ini botirlar» ertagida botirlarga tortilgan nonni kim taxlagan edi?
A) novvoy B) podshoh C) vazir D) bog'bon
33.«Uch og‘ayni botirlar» ertagida «Podshohlik – qonxo‘rlik demak» degan fikrni kim aytgan?
A) podshoh B) To‘ng‘ich botir C) Kenja botir D) vazir
34.«Uch og‘a-ini botirlar» ertagida to‘tini qay tarzda o‘ldiradilar?
A) Dorga osadilar. B) Qanotini qirqib, qoyadan tashlaydilar.
C) Suvga cho‘ktiradilar. D) Kallasini tanasidan uzib tashlaydilar.
35.«Uch og‘ayni botirlar» ertagidagi shashpar to‘qmoq bilan o‘g‘rining boshiga urib o‘ldirgan qahramon kim edi?
A) Kenja botir B) O‘rtancha botir C) bog‘bon D) To‘ng‘ich botir
36.Mos javoblarni tanlang. Ertaklar qayerda, qanday ataladi?
1) Surxondaryo; 2) Buxoro; 3) Samarqand;
4) Farg‘ona; 5) Xorazm; 6) Toshkent.
a) matal; b) ushuk; s) varsaki; d) cho‘pchak.
A) 1-a, 2-b, 3-s, 4-d, 5-a, 6-a B) 1-a, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-d
C) 1-a, 2-b, 3-a, 4-d, 5-s, 6-d D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-a
37.Ikkita xiyonatkor vazir uchraydigan asar?
A)Uch og'ayni botirlar B)Bulbul
C)Rustamxon D) Ravshan
Yüklə 12,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin