3. qisqa tutashuvlar vaqtida qattiq shina qurilmalarning elektrodinamik chidamliligini tekshirish



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə4/5
tarix15.02.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#84433
1   2   3   4   5
1-амелий

2 – MASALA

Uch fazali zanjir xar fazasi 50x50mm2 o’lchamdagi to’g`ri burchak kesim yuzali alyuminiy shinalardan tashkil topgan. Fazalar orasidagi masofa 35 sm, tayanch izolyatorlar orasidagi oraliq 120 sm ga teng. Fazalar gorizontal yuzada joylashgan bo`lib, shinalar izolyatorlarga ustma – ust mahkamlangan.


Uch fazali q.t. ning zarbiy toki 38 kA ni tashkil etganda shina materialdagi kuchlanishni aniqlang.


3- MASALA

3.5.a – rasmdagi sxemadagi G-1 generator zanjiridagi shinaning mexanik mustahkamligi sharti qanoatlantirilishini aniqlang. Shinalar 120x10mm² kesim yuzali alyuminiy tasmalardan tashkil topgan. Fazalar vertikal yuzada joylashgan bo`lib? Shinalar izolyatorlarga qovurg`a usulda mahkamlangan (3.5,b – rasm). Fazalar orasidagi masofa 60 sm, izolyatorlar tayanchlaridagi oralig`iq 150 sm.



3.5. – rasm. 3 – masala uchun hisoblash sxemasi

Uch fazali q.t. ning K nuqtadagi boshlang`ich davriy toki tizimdan 25 kA ni, har bir generatordan 12 kA ni tashkil etadi. Nodavriy tokning so`nuvchi vaqt doimiyligi tizim uchun 0,05 s, generator uchun 0,15 s deb qabul qilingan.


Shuningdek shinalar izolyatorlarga ustma – ust o`rnatilgan hol uchun shina materiallari kuchlanishini aniqlang.


4- MASALA

YoTQ – 10 kV ming xususiy ehtiyoj transformatori yacheykasida ish rejimi shartlarini qoniqtiradigan kesim yuzasi 50x6mm2 bo`lgan alyuminiy shina o`rnatilgan. Fazalar orasidagi masofa 70 sm, qisqa tutashuv vaqtidagi zarbli tok 130 kA ni tashkil etgan hol uchun, shinalarning mexanik mustahkamligi ta’minlanadigan izolyatorlar o`rtasidagi qabul qilingan maksimal oraliqni aniqlang.


Shinalar yacheyka devori bo`yicha tushiriladi va izolyatorlarga ustma – ust usulida mahkamlangan.


5 – MASALA

60x20 mm2 kesim yuzali to`g`riburchakli shinalar tayanch izolyatorlariga ustma – ust usulda mahkamlangan. Izolyatorlar o`rtasidagi oraliq 120 sm ni tashkil etadi, uchta faza bitta gorizontal yuzada joylashtirilgan.


Shinalar materialidagi kuchlanishni o`zgartirmasdan qolishi uchun shinalar qovurq`a usuli bilan joylashtirilganda izolyatorlar o`rtasidagi oraliqni qanday o`zgartirishi kerak bo`ladi?


6 – MASALA

Kesim yuzasi 100x8 mm2 bo`lgan alyuminiy shinalardan tashkil topgan ikki yo`lli paket ko`rinishida bajarilgan shinalar qurilmasining elektordinamik mustahkamligini aniqlang. Fazalar orasidagi masofa 70 sm, izolyatorlar o`rtasidagi oraliq masofa 120 sm, tiqinlar orasidagi masofa 40 sm ni tashkil qiladi. Shinalar gorizontal yuzada joylashgan va izolyatorlarga qovurg`a usuli bilan mahkamlangan. q.t. ning zanjirdagi zarbli tok 75 kA ni tashkil etadi.




7 – MASALA

Kesim yuzasi 100x10mm² li alyuminiy shinalardan tashkil topgan ikki yo`lli paket tiqinlari o`rasidagi ruxsat etilgan maksimal oraliqni toping. Shinalar gorizontal yuzada joylashgan va izolyatorlarga ustma – ust mahkamlangan. Izolyatorlar o`rtasidagi oraliq 140 sm, fazalar orasidagi masofa esa 60 sm ga teng.


Uch fazali qisqa tutashuvning boshlang`ich davriy toki 50kA tashkil etadi. Nodavriy tokning o`chish vaqt doimiyligi Ta = 0,08 s ga teng.


8 – MASALA

Kesim yuzasi 80x8mm2 bo`lgan to`g`riburchak alyuminiy shinalarning elektrotdinamik mustahkamligini aniqlang. Shinalar gorizontal yuzada joylashgan va izolyatorlarga ustama – ust mahkamlangan, fazalar o`qlari orasidagi masofa a = 70 sm ni, izolyator o`rtasidagi oraliq esa 120 sm ni tashkil etadi. Uch fazali q.t. ning boshlang`ich davriy toki 40 kA ni, davriy tokning o`chish vaqt doimiyligi esa Ta=0,05 s ni tashkil etadi.





Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin