Maydonlar xususiyati ikkita –
«Общие» (Umumiy) va
«Подстановка»
(Almashtirish) ilovalarida beriladi. Jadval maydonlari boshqa jadval yoki so‘rov
qiymatlari orqali to‘ldirilishi mumkin.
Jadval ayrim maydonlari
indekslangan maydon xususiyatiga ega bo‘ladi.
Indeks uchun jadval yozuvlarida qiymatlar mos tushishi yoki tushmasligi
ko‘rsatiladi. Odatda boshqa jadvallar bog‘lanish kalitlari bo‘lib hisoblanuvchi
maydonlar uchun yaratiladi va ular jadvaldagi yozuvlarni topishni osonlashtirishda,
ko‘p jadvalli so‘rovlarni, hisobotlarni, shakllarni bajarishda ishlatiladi. Indekslar
ichida jadval yozuvlarini belgilovchi
Primary key - birinchi indeks ajralib turadi.
3.2.14-rasm. Indeks oynasi.
Menyuning
«Вид» (Ko’rinish)
→ «Индексы» (Indekslar) buyrug‘i
yordamida indekslarni yaratish, taxrirlash, o‘chirish amallarini bajarish mumkin.
Bitta indeks tarkibiga jadvalning bir nechta maydonlari kirishi mumkin.
Jadval yoki so‘rovga jo‘natma ko‘rinishidagi qator manbasini aniqlash uchun
quyidagilarni amalga oshirish kerak:
jadval konstruktoriga o‘tish;
almashtirish (podstanovka) talab qilinadigan maydonni tanlash;
maydon turini ko‘rsatish -
Мастер подстановок.
Dostları ilə paylaş: