3-mavzu. Ilmiy uslub. Reja: Ilmiy ishlarning turlari: ilmiy-tadqiqiy, ilmiy-ommabop va ilmiy-uslubiy ishlar



Yüklə 38,28 Kb.
səhifə7/7
tarix17.05.2023
ölçüsü38,28 Kb.
#114838
1   2   3   4   5   6   7
3-MA\'RUZA

Tadqiqot bilan bogʻliq adabiyotlarni oʻrganish: Ushbu boʻlim sohadagi
boshqa tadqiqotchilar tomonidan nima va qanday amalga oshirilganligi haqida
umumiy maʼlumotga bagʻishlangan. Sizning maqolangizda sizning
tadqiqotingizga bevosita tegishli boʻlgan barcha manbalarni taqdim etish lozim.
Sizning tadqiqot ishingizni tushunish uchun zarur boʻlgan va faqat maqolaning
maqsadi va vazifalarini, tadqiqotning gipotezasini, ishlatilgan tadqiqot
usullarni asoslashga xizmat qiladigan barcha nashrlarni (manbalarni) tasvirlab
bering. Maqolangiz xalqaro jurnallarning taqrizchilari tomonidan ijobiy
baholanishi uchun keltirilgan manbalarni tanlashda juda ehtiyotkor va sinchkov bo‘ling.
3 va 4 -turini qisqa qilib aytganda: Adabiyotlar tahlili degan maqola turida ma’lum bir mavzu haqida kitoblarni biron bir manbalarni, o‘qib o‘rgangan holda shu mavzuni yoritish hisoblanadi! Bu qanday bo‘ladi...Mavzu haqida materiallarni o‘rgandingiz... Ma’lumotlarda farq bor demak bu yozilishi kerak bo‘lgan jihat...
O‘rgangan manbalaringizda bir ma’lumot takrorlangan, demak bu asosiy urg‘u olishi kerak bo‘lgan narsa. Ma’lumotlarni o‘rganishda va qo‘llanilishida kamchiliklar bor deb o‘ylaysiz... Shuni batafsil yoritasiz.
Qanday narsa qo‘shsa bo‘ladi, taklifingiz... Yoziladi (albatta ma’lumotlarga asoslangan holda)!
Oxirgi qadam maqolani yozishda foydalangan adabiyotlar ro‘yxatini berib o‘tasiz. Qarabsizki maqolangiz tayyor bo‘ladi!!!
Qisqa qilib aytganda bir mavzuni olasiz.Avval shu mavzu haqida internetdan jurnallardan yozilgan maqolalarni ko‘rib chiqasiz va ulardagi xato kamchiliklarni bartaraf etish tomoni haqida va qo‘llashda istiqbolli tomonlari haqida kerakli ma’lumotlarni o‘qib o‘rganasiz...Shundan so‘ng shu ma’lumotlardan asoslangan holda o‘zingizni fikrlaringizni qo‘shib yozib ketasiz. Misol uchun foydalanilgan adabiyotingizni bir jumlasini keltirib [ ] ichida berib yonidan o‘zingizni fikringizni bayon qilasiz...
Izlasangiz, albatta, imkon topasiz, azizlar, bir o‘qiganingizda ushbu ma’lumotlar qiyin tuyulishi mumkin, yozolmayman deb o‘ylashingiz ham mumkin, ehtimol, lekin bu juda katta xato hisoblanadi, inson qilgan narsani siz ham qilolasiz, ozgina sizdan sabr, mehnat talab qilinadi,o‘rganishdan va izlanishdan aslo to‘xtamang...Maqsadlaringizga erishish yo‘lidagi kichik qiyinchiliklarga aslo taslim bo‘lmang! Siz buni qilaolasiz, siz buni uddalay olasiz...



Yüklə 38,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin