3-ma’ruza. Bola psixikasini o‘rganish prinsiplari


Suhbat metodini o‘tkazishda quyidagilarga rioya qilish talab etiladi



Yüklə 311,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix04.12.2023
ölçüsü311,35 Kb.
#172477
1   2   3   4
3-mavzu Bola psixikasini organish prinsiplari (1)

Suhbat metodini o‘tkazishda quyidagilarga rioya qilish talab etiladi: 
1)
Suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot darajalariga va yosh 
xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak.
2)
Savollar rejali va maksad asosida tuzilishi kerak.
3)
Suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, tuliq javob olish kerak.
4)
Suhbatni haddan tashqari cho‘zib yubormaslik kerak.
Suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar haqida tasavvurlari, qiziqishlari va 
odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarni o‘rganish mumkin.
Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda test metodi qo‘llanila boshlandi. Test so‘zi 
inglizcha bo‘lib, o‘lchash degan ma’noni bildiradi. Test metodi orqali bolalarning umumiy aqliy 
taraqqiyot darajalari va ayrim psixik protsesslarining (tafakkur, xayol, xotira) qanchalik 
rivojlanganlik darajasi aniqlab taqqoslanadi. Test metodi yordami bilan bolalarning o‘z 
yoshlariga nisbatan normal taraqqiy etganliklari yoki orqada qolganliklarini ham aniqlash 
mumkin. Qo‘llaniladigan testlar orasida intellektual testlar deb (ataladigan) testlar katta 
ahamiyatga ega. Intellektual testlar – bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari aniqlanadi.
Test vazifalari bolalarning uyin faoliyatlari bilan bog‘lansa, bolalar bunday vazifalarni 
bajonu dil bajaradilar. Masalan: biron butun narsaning mayda bo‘laklarga ajratib tashlangan 
qismlarini birlashtirish, mayda bo‘lakchalardan murakkab va chiroyli annimatsiyalar yasay olish, 
turli labirintli suratlardan tug‘ri yulni topa bilish vazifalaridan foydalanish mumkin.
Masalan: test metodida bolalarga topshirilidigan vazifalar bir necha variantda bo‘lib, ular 
kuchlari yetgan variantlardagi vazifalarni bajaradilar. Xar bir bajarilgan vazifaga ball sismasida 
baho quyib boriladi. Vazifalardan qanchasini bajarganligi va tuplagan baliga qarab, bolalarning 
o‘rtacha taraqqiyot darajasi belgilanadi, aniqlanadi.


Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda sotsiometriya metoddan foydalanila boshlandi. 
Sotsiometriya metod yordamida shaxslarning kollektivdagi munosabatlari masalasi o‘rganiladi. 
Bolalar psixologiyasida esa sotsiometriya metod yordami bilan xar bir guruhda bolalarning o‘z 
tengqurlari urtasida yuzaga kelayotgan o‘zaro munosabatlari va ularning guruhda tutgan 
mavqeilari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida tadqiqot metodlari bilan tanishish tarbiyachilar va pedagoglar 
uchun amaliy ahamiyatga egadir. Bu metodlardan ta’lim – tarbiya ishlarida bolalarning psixik 
protsesslarini taraqqiyotini bilib olish uchun, shuningdek bolalar bilan individual munosabatda 
bo‘lishda, ularning individual – psixologik xususiyatlarini bilib olishda keng foydalaniladi. 
«Agar pedagogika odamni xar jixatdan tarbiyalamokchi bo‘lsa, u oldin usha odamni xar jixatdan 
bilib olishi kerak» - deb yozgan edi. K.D.Ushinskiy. Shuning uchun ta’lim – tarbiyaviy ishlarni 
tug‘ri tashkil qilish uchun bu metodlar bilan tanish bo‘lish lozim.

Yüklə 311,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin