3. Kon mashinalari elektr jixozlariga qo’yiladigan asosiy talabalar


Bir cho’michli ekskavatorlarni energetik ko`rsatkichlari



Yüklə 262,83 Kb.
səhifə6/6
tarix01.02.2023
ölçüsü262,83 Kb.
#82207
1   2   3   4   5   6
1- ma�ruza umumiy ma�lumotlar. Bir kovshli ekskavatorlar elektr

7.Bir cho’michli ekskavatorlarni energetik ko`rsatkichlari.
Elektr qurilmalaridagi boshqarish (kommutaiyalovchi, himoyalovchi, nazorat- o'lchov, rostlovchi) funksiyasini bajaradigan elektrotexnik qurilmalarga elektr apparatlari deyiladi.
Konchilik sanoatidagi barcha elektrotexnik qurilmalarda u yoki bu turdagi elektr apparatlari qo'llaniladi.
Elektr apparatlari qo'yidagi sinflarga bo'linadi:
Bajaradigan funksiyasi bo'yicha:

  • kommutatsiyalovchi apparatlar (elektr zanjirlarini ulovchi va uzuvchi). Bu guruxga rubirniklar, paketli o'chirgichlar, ajratgichlar, uzgichlar, qisqa tutashtirgichlar va boshqalar kiradi. Bu apparatlardagi kommutatsiyalovchi kontaktlaming borligi uning o'ziga xos konstruktiv xususiyati hisoblanadi.

  • o'ta kuchlanishni va qisqa tutashuv toklarini cheklovchi apparatlar. Bu guruxga zaryadsizlagich va reaktorlar kiradi. Bunday apparatlarda o'tish jarayonlarini so'ndiruvchi elementning borligi uning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi.

  • elektr yuritmalarni yoki boshqa elektr energiyasi iste'molchilarini boshqaruvchi ishga tushirish-rostlash apparatlari. Bu guruxdagi apparatlarga kontaktorlar, ishga tushirgichlar, kontrollerlar, rezistorlar, reostatlar va boshqalar kiradi. Bu turdagi elektr apparatlari tez-tez ulash va uziz rejimida ishlaydi.

  • berilgan elektr va noelektrkattaliklami nazoratlovchi elektr apparatlari. Bu guruhga rele va datchiklar kiradi. Bu appratlarda kirishdagi elektr yoki noelektr kattaliklar nazorat qilinadi va chiqishdagi kattaliklar o'zgartiriladi.

  • elektr zanjiri yoki sistemaning berilgan parametrlarini avtomatik ravishda stabillovchi yokirostlovchi apparatlar. Bu apparatlarga kuchlanish, tok, aylanish chastotasi va boshqa kattaliklami stabillovchi apparatlar kiradi.

  • elektr zanjirlarining birlamchi kommutatsiya parametrlarini o'lchash uchun qulay bo'lgan parametrga o'zgartiruvchi o'lchash apparatlari. Bu apparatlarga tok transformatori. kuchlanish transformatori, kondensatorli kuchlanishni bo'lgichlar kiradi. Bu apparatlarda birlamchi kommutatsiyalanuvchi zanjimi, o'lchash zanjiridan izolyatsiyalovchi element bo'ladi.

Ishlash prinsipi bo'yicha:

  • elektromagnitli apparatlar-elektromagnit kontaktorlar, relelar, ishga tushirgichlar va boshqalar;

  • elektr tokining magnit maydoni bilan o'zaro ta'siri natijasida ishlovchi apparatlar- induksionli, elektrodinamik relelar va boshqalar;

  • issiqli-issiqlik relelari, bimetalli mexanizmlar va boshqalar;

chiziqsiz elektrotexnik to'yinish drosellari, magnit kuchaytirgichlar, zaryadsizlagichlar va boshqalar.
Kuchlanish sohasi bo'yicha:
-Elektr zanjirlarini kommutatsiyalovchi, o'ta kuchlanish va qisqa tutashuv toklarini cheklash, o'lchash va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan tarqatuvchi qurilmalarning apparatlari;

  • Ishlab chiqarishda ishlatiladigan mexanizmlarning elektr yuritma sistemasida, mexanizmlarni ishga tushirish, rostlashda ishlatiladigan elektr yuritmalami boshqarish apparatlari;

  • Avtomatlashtirish, boshqarish rostlash va boshqa funksiyalami bajarishda qo'llaniladigan ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish apparatlari.

Tok turiga qarab elektr apparatlari o'zgarmas tok va o'zgaruvchan tokda ishlaydigan turlarga bo'linadi.
Kuchlanishga qarab past kuchlanishli (1000 V gacha) va yuqori kuchlanishli (1000 V dan yuqori) elektr apparatlariga bo'linadi. Yer osti ko'mir shaxtalarida 1140 V li elektr apparatlari ham ishlatilmoqda.
Boshqarish funksiyasi bajarilishiga qarab kontaktli va kontaktsiz elektr apparatlariga bo'linadi. Konchilik korxonalaridagi elektr qurilmalarida qo'llaniladigan . elektr apparatlari umumiy mqsadli elektr apparatlaridan himoya qobig'ining bo'lishi bilan farqlanadi.Elektr apparatlariga qo'yiladigan umumiy talablarga qo'yidagilar kiradi:Berilgan funksiyani bajarishdagi ishonchlilik, ya'ni apparat ish davomida aniq, stabil, buzilmasdan ishlashi lozim. Bunda apparatning parametrlari va rostlanganligi o'zgarmasligi kerak.Elektrodinamik vatermik mustahlcamligi yetarli darajada bo'lishi kerak.Elektr izolyatsiyasining yetarli darajada bo'lishi, ya'ni elektr apparati elektr o'ta kuchlanishga chiday olishi lozim.Boshqarish va himoya zanjirlarida bo'ladigan normal va avriya rejimlarida apparatning kommutatsiyalovchi qobiliyati uning ish holatini ta'minlashi lozim.Qurilmaning soddaligi, massagabarit ko'rsatgichlari va narxining kichik bo'lishi, ishlatishning oson bo'lishi, sozlashning va uni tayyorlash texnologiyasining soda bo'lishi lozim.Davlat standartlariga ko'ra elektr apparatlari himoya qobig'iga ega bo'lishi lozim. Bu himoya qobig'i IP harflari va 2 ta son bilan belgilanadi. 1-son xizmat ko'rsatuvchi personalning (shaxsning) apparat xavfli qismlaridan himoya darajasini bildirsa, 2- son esa apparat ichiga tashqi predmetlar va suyuqliklardan himoyalash darajasini bildiradi.Elektr apparatlarini ishlatishda standartga asosan kategoriyalarga bo'linadi: 1-kategoriya - ochiq havoda;1-kategoriya - usti yopilgan joy yoki xonalarda (bunda temperatura va namlik ochiq havodagi temperatura va namlikdan uncha farq qilmaydi);2-kategoriya - tabiiy ventilyatsiyali yopiq xonalarda (bunda temperatura va namlik qum chang ta'sirida ochiq havodagiga nisbatan past bo'ladi);3-kategoriya - klimatik sharoitlari sun'iy rostlanadigan yopiq xonalardayoki xajmlarda;4-kategoriya - namligi yuqori bo'lgan yopiq xonalarda (hajmlarda, masalan, shaxtalarda).Kon korxonalarida ishlatiladigan elektr apparatlari portlashga qarshi, portlashdan xavfsiz, o'ta portlashdan xavfsiz guruxlarga bo'linadi.Elektr apparatlarida xilma-xil materiallar ishlatiladi:

  1. O'tkazuvchan materiallar tok oqadigan qismlari uchun - miss, alyuminiy, latun' va boshqalar;

  2. Magnit materiallar magnit o'zak uchun maxsus po'lat va qotishmalar;

  3. Izolyatsiyalovchi materiallar tok oqadigan qismlarining elektr izolyatsiyasi uchun-sellyuloza, paxta, shimdirilgan va shimdirilmagan ipak, sintetik materiallar, slyudali materiallar, asbest va shisha tola;

  4. Kontaktli materiallar - kontaktlar uchun - kumush, mis, grafit, metalli-keramika va boshqalar;

  5. Yoyga chidamli izolyatsiyali materiallar - yoyni so'ndirish qurilmasi uchun - asbest, keramika, plastmassalar;

  6. Yuqori solishtirma qarshilikli qotishmalar - rezistorlar uchun - konstantan, nixrom, xromal', fexral' va boshqalar;

  7. Bimetallar elektr told ta'sirida metallaming chiziqli cho'zilishida qo'llaniladigan elementlar uchun;

  8. Konstruksiyali materiallar - mexanik kuchlarni uzatish va elektr apparatlariga har xil shakllar berish uchun kerak bo'lgan metallar, plastmassalar va boshqalar.

Yüklə 262,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin