3. Bozor iqtisodiyoti



Yüklə 78,46 Kb.
səhifə2/2
tarix14.04.2023
ölçüsü78,46 Kb.
#97669
1   2
javoblar (Автосохраненный)

282-284-285. Iqtisodiy o’sish va rivojlanishni ta’minlashda strategik rejalashtirishning
axamiyatini yoritib bering? 283. Iqtisodiy o’sishning qanday shakllari mavjud? 285.Iqtisodiy rivojlanishning qanday turlari mavjud?

“O’sish” – korxona o’lchamining oshishi va ishlab chiqarish hajmining kengayishini ifodalaydi. Xususan, ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, sotuv hajmining o’zgarishi.8 Rivojlanish esa birinchi navbatda xo’jalik tizimining sifat jihatidan o’zgarish va yangilanishi, barcha bo’limlarda texnika, texnologiyalarni, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni takomillashtirish asosida samaradorlikni oshirishni ko’zda tutadi. Nazariya va amaliyotda iqtisodiy tizimlarni rivojlantirishning 3 asosiy konse’siyasi ajratiladi. Ideal – tadbirkorlik obyektiga fan–texnika taraqqiyoti doirasida zaruriy innovatsiyalarni joriy etish asosida samaradorlikni oshirishni ta’minlaydigan o’zgarishlar kiritish. Real – moliyaviy – iqtisodiy holatdagi dastlabki salbiy belgilar aniqlanishi bilan korxonada qisman reforma (qayta o’zgarishlar) ni amalga oshirish. Radikal – boshqaruvni takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini va ishlab chiqariladigan mahsulot raqobatbardoshligini oshirish, mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, moliyaviy natijalarni yaxshilashga yo’naltirilgan tub islohotlarni amalga oshirish. Rivojlanishdan farqli ravishda korxonada ishlab chiqarishning o’sishi quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: Gorizontal – mavjud va yangi bozorlarda bir xil turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish hajmlarini ko’paytirish orqali (geografik eks’ansiya) Vertikal – texnologik jihatdan o’zaro bog’langan ishlab chiqarishni tashkil etish yoki birlashtirish orqali ta’minotchi yoki iste’molchiga yaqinlashtirish. Diversifikatsiyalangan – turli ishlab chiqarishlarni bir konglomeratga birlashtirish. O’sish korxona iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi bo’lib, o’z ichiga shakllanish, o’sish, yetuklik, pasayish, barqarorlashuv kabi davrlarni oladi. Amaliyotda rivojlanish va o’zaro aloqadorlikda, bir – birini to’ldirgan holda maydonga chiqadi.


286-287. Korxona miqyosida qanday strategik qarorlar belgilanadi?
Biznes sohasida strategiya quyidagilar tarzida namoyon bo’ladi: – korxonaning uzoq muddatli maqsadlariga erishish bo’yicha tashkiliy– iqtisodiy choralar tizimi; – maqsad, imkoniyat va xodimlar imkoniyatlarini ta’minlaydigan yo’nalishlar sifatida; – asosiy maqsadga erishish uchun muammolarni va resursni belgilayligan harakat dasturi; – korxonaning raqobat ustunligiga erishishini ta’minlaydigan samarali ishchan konse’siya; – maqsadga erishish vositasi; 8 Friend G., S.Zehle. Guide to Business Planning. The Economist in Association with PROFILE BOOKS LTD., 2004. 24 page – istiqbolni tadqiq etish; – korxona faoliyatini boshqarish uslublari tizimi; – korxona faoliyati uchun istiqbol yo’nalishlar majmui. Korxona miqyosida iqtisodiy strategiya mohiyati 4 ta muhim savolga javobda namoyon bo’ladi: ­ korxona hozir qanday iqtisodiy–moliyaviy holatda? ­ uning istiqboldagi istalgan va real holati qanday? ­ kuchli va zaif tomonlarni, xatar va imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda rivojlanishning qanday muqobil yo’nalishlari mavjud? ­ tanlangan strategiyani qanday harakatlar, uslub va vositalar bilan amalga oshirish mumkin? Mazmuniga ko’ra strategiya korxona va uning tashqi muhitdagi asosiy bazaviy jarayonlarni, iqtisodiy salohiyatini oshirish, imkoniyatlarni e’tiborga oladi yoki ko’zda tutadi. Korxonada strategik yechimlarga quyidagilarni kiritish mumkin: – korxona joylashadigan joyni tanlash; – ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiyalash; – ishlab chiqarish va boshqarishning tashkiliy huquqiy shaklini, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllarini o’zgartirish; – innovatsiyalar – yangi texnologiyalarni o’zlashtirish, yangi mahsulot turlarini yaratish, bozorlarga chiqish; – korxonalarni qo’shilishi va mulkchilikning boshqa shakllariga o’tkazilishi. Strategiyalarni shakllantirishda tadbirkorlikning quyidagi tamoyillariga rioya qilish lozim: – ijodiy yondashuv – yuzaga keladigan muammolarni ko’ra olish qobiliyati; – innovatsiya – texnika va texnologiyalardagi mehnatni tashkil etish, tovar va bozor siyosatidagi o’zgarish va yangilanishlarga tayyorlik; – moslashuvchanlik; – korxona faoliyatining barcha sohasini e’tiborga olish; – o’zining kuchli tomonlarini rivojlantirish; – strategiyani amalga oshirilish qobiliyati; – samaradorlik; – ichki ustunliklarni hisobga olish va xodimlar motivatsiyasini kuchaytirish.
288. Strategik jarayon qaysi bosqichlardan iborat bo’ladi?
1–bosqichda – korxonaning tashqi va ichki tizimi bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish: – ichki muhitning bosh tarkibiy qismlari, uni ahamiyatliligi aniqlanadi va ular bo’yicha ma’lumotlar yig’iladi; – korxonaning real hayoti baholanadi; – muhitni kelgusi holati bashorat qilinadi. 2 – bosqichda korxona o’z faoliyatining istalgan yo’nalishi va harakatlarini belgilaydi, ya’ni korxonaning kelgusidagi obrazini tasvirlaydi. 3 – bosqichda strategik tahlil amalga oshiriladi, ya’ni korxonaning istalgan ko’rsatkichlari va tashqi hamda ichki muhim omilini o’rganish bo’yicha tadqiqot natijalari va ularning istalgan ko’rsatkichlari ta’siri tahlil etish. 4 – bosqichda alternativ startegiyalardan biri tanlanadi va qayta ishlanadi. 5 – bosqichda korxona faoliyatining yakuniy strategik rejasi tayyorlanadi. 6 – bosqichda o’rta muddatli rejalar tayyorlanadi. 7 – bosqichda o’rta muddatli reja natijalari asosida bir yillik rejalar ishlab chiqiladi.
289. Maqsad va missiya orasidagi farqlar qaysi mezonlar bilan ifodalanadi?




Missiya

Maqsad

Vaqt omili

Istiqbolga yo’naltirilgan,
lekin aniq vaqti
belgilanmagan

Bajarish muddati aniq

Axborotning
yo’naltirilganlig

Tashqi muhitga –
iste’molchilarga, jamiyatga,
ularning manfaatlariga,
qadriyatlarga yo’naltiriladi




Ifodalash
xususiyatlari

Umumiy terminlar orqali
ifodalanadi va korxona markazi,
stili, hulqi, imidji yoritiladi

Ichki muhitga – korxona
resurs va imkoniyatlaridan
foydalanishni yaxshilashga
yo’naltiriladi

O’lchov

Sifat xarakteristikalari ustun

Miqdor jihatdan
o’lchamga ega. Korxona faoliyati natijasi
aniq ifodalanadi

290. Biznes reja maqsadi va vazifalari mohiyati nimalar bilan ifodalanadi?


Biznes reja quyidagi maqsadlar uchun tuziladi:
1) Korxonaning faoliyat darajasini aniqlash uchun.
2) Tadbirkorlik faoliyatining xavf–xatarlarini kamaytirish uchun.
3) Biznes faoliyatini kelgusida rivojlantirish yo’nalishlarini miqdor va sifat
ko’rsatkichlari tizimi ko’rinishida aniqlashtirish uchun.
4) Investor e’tibori va qiziqishini jalb qilish uchun.
5) Jalb qilinadigan moliyaviy mablag’larning istiqbolligini aniqlash uchun.
6) Ko’rsatkichlarni rejalashtirish bo’yicha tajribaga ega bo’lish uchun.

291. Biznes reja qanday funksiyalarni bajaradi?


Biznes reja quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
1. Biznesni yuritish konsesiyasini ishlab chiqish.
2. Korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash.
3. Korxona strategiyasini amalga oshirish quroli.
4. Pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.

292. Biznes rejaga qanday talablar qo’yiladi?


Biznes reja quyidagi talablarga javob bergan taqdirda samarali hisoblanadi:
1) Biznes rejadagi har bir ko’rsatkich, element, bosqich qat’iy ravishda asoslanishi
shart.
2) Vazifalarning aniq va o’z vaqtida bajarilishi.
3) Reja ko’rsatkichlarini bajarilishini doimiy hisobga olish.
4) Ichki va tashqi muhitdagi o’zgarishlarni ijobiy qabul qilish
5) Fan–texnika taraqqiyoti va xo’jalik yuritishning ilor tajribalariga tayanish.

293. Biznes reja tuzilmasi qanday bo’limlardan tashkil to’adi?


Yirik korxonalar uchun biznes reja strukturasi quyidagi bo’limlardan iborat
bo’ladi:
­ titul varai: (biznes reja muqovasi) korxona nomi, korxona rahbari familiyasi,
manzili, telefon va faks nomeri.12
Rezyume: biznes rejaning qisqacha mazmuni.
1. Biznesni ifodalash:
1.1 Korxona (firma) ning joylashgan o’rni;
1.2 Faoliyat maqsadi;
1.3 Tarmoq va korxona turi;
1.4 Faoliyat turi;
1.5 Asosiy tovar (xizmat yoki ish);
1.6 Bozor talabi (sotish bozorini baholash);
1.7 Mahsulot iste’molchilari;
1.8 Tashqi iqtisodiy aloqalarni tashkil etish;
1.9 Bozorga chiqish strategiyasi.
2. Marketing va tovar (xizmat) larni sotish rejasi:
2.1 Mavjud va potensial extiyojlar;
2.2 Bozorni tadqiqqilish, mahalliy, regional, milliy, jahon;
2.3 Tovarni iste’molchilarga harakatlantirish usullari;
2.4 Iste’molchilarga sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish (servis) va kafolat;
2.5 Baholash;
2.6 Raqobat va raqobatda ustunlik;
2.7 Reklama;
2.8 Mahsulotni sotish: transortirovka, sug’urtalash, bojxona yig’imlari.
3. Innovatsiya rejasi:
3.1 Mahsulot holati: xarakteristikasi va tavakkalchilik;
3.2 Mahsulotni takomillashtirish va yangi mahsulotlar;
3.3 Ilmiy tadqiqotlar uchun xarajatlar;
3.4 Asosiy kapitalni yangilash rejasi;
3.5 Korxonani kengaytirish rejasi.
4. Ishlab chiqarish rejasi:
4.1 Ishlab chiqarish quvvati: foydalanish va rivojlantirish;
4.2 Ishlab chiqarish sikli, zahiralar va mavsumiy tebranishlar;
4.3 Mahsulot ishlab chiqarishning ishlab chiqarish grafigi;
4.4 Ta’minot strategiyasi;
4.5 Xizmat sohasini rivojlantirish.
5. Boshqarish:
5.1 Korxonaning tashkiliy (strukturasi) tuzilmasi;
5.2 Korxonaning bosh rahbarlari, majburiyatlari,javobgarlik;
5.3 Direktorlar kengashi, mutaxassis maslahatchilar;
5.4 Hamkor kom’aniyalar;
5.5 Xodimlarni tanlash va mehnat motivatsiyasi.
12 Бухалков М. И. Внутрифирменное планирование. – М.: «Инфра-М», 1999. 305 стр.
6. Xodimlar:
6.1 Xodimlar soni;
6.2 Mutaxassislarga ehtiyoj;
6.3 Kadrlar tayyorlash;
6.4 Mehnatga haq to’lash shakl va tizimlari;
6.5 Mehnatga haq to’lash xarajatlari;
6.6 Mehnat unumdorligini oshirishni rejalashtirish.
7. Tavakkalchilikni baholash va sug’urtalash:
7.1 Korxona to’qnash kelishi mumkin bo’lgan xatar turlari;
7.2 Xatarni oldini olish;
7.3 Xatar miqdori;
7.4 Sug’urta uchun xarajatlar.
8.Huquqiy reja:
8.1 Mulkchilik shakli va uning o’zgarishi;
8.2 Korxonaning huquqiy statusi;
8.3 Huquqbuzarlikni oldini olish;
8.4 Firmaning huquqiy hujjatlarini to’ldirish.
9.Korxona xarajatlari:
9.1 Har bir mahsulot bo’yicha tannarx va foyda;
9.2 Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar;
9.3 Ishlab chiqarishga xarajatlar smetasi;
9.4 Balans va sof foyda;
9.5 Innovatsiya hisobiga xarajatlarni kamaytirish;
9.6 Yangi tovarlar va innovatsiya loyihalari bo’yicha zararsizlikka erishish
davri.
10. Moliyaviy reja:
10.1 Korxonani va bo’linmalar bo’yicha foyda va zarar;
10.2 Uzoq muddatli moliyalashtirish rejasi. Amortizatsiya siyosati;
10.3 Kredit rejasi;
10.4 Moliyaviy xarajatlar;
10.5 Faoliyat turlari bo’yicha sotuv hajmi;
10.6 Korxona balansi;
10.7 Korxona foydasini taqsimlash. Dividend siyosati;
10.8 Ustav fondini shakllantirish va foydalanish;
10.9 Korxona byudjeti (oylar va kvartallar bo’yicha);
10.10 Korxonaning moliyaviy ko’rsatkichlari.
Kichik korxonalar uchun tuziladigan biznes rejalar hajmi va bo’lim jihatidan
ancha qisqa bo’ladi:
1. Rezyume;
2. Biznesning ifodasi;
3. Marketing rejasi;
4. Ishlab chiqarish rejasi;
5. Moliyaviy reja.
Rejada tijorat maqsadi aniq, tushunarli va qisqa ifodalanishi talab etiladi.

294. Biznes reja rezyumesi qanday maqsadda tuziladi?


Rezyume biznes reja yakunlangandan so’ng tuziladi. Bunda biznes reja
tuzuvchilar va rahbarlar loyihaning barcha jihatlari bo’yicha to’liq tasavvurga ega
bo’ladilar.Rezyumeni ishlab chiqish – bu ahamiyatga molik masala bo’lib, agar u ijobiy
taassurot qoldirmasa, biznes reja o’qilmaydi va unga mablag’lar ajratilmaydi.
Rezyume biznes rejaning qisqa tavsifi bo’lib, uning hajmi 4 varaqdan oshmasligi
lozim. U sodda, tushunarli va aniq ifodalanishi lozim. Bunda maxsus terminlardan
kamroq foydalanish tavsiya etiladi. Rezyumeda katta e’tibor siz nima qilmoqchi
ekanligingizga qaratilib, nima hisobiga sizning mahsulotingiz raqobatchilar
mahsulotidan farq qiladi. Nima uchun iste’molchilar aynan sizning mahsulotingizni
sotib olishni hohlaydilar? Rezyumening oxirgi varaintda loyihani amalga oshirish
natijasida erishilishi kutilayotgan moliyaviy natijalar aks ettiriladi. Shuningdek, bu
varaqda yaqin yillardagi sotish hajmi, yalpi foyda, xarajatlar rentabellik darajasi
hamda jalb qilingan mablalarni qaytarish muddati ham ko’rsatilishi maqsadga
muvofiq bo’ladi.
295. Korxonani bozordagi holati nima maqsadlarda tavsiflanadi?
birkorlik loyihasini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydi.
Biznes sohasi tegishli bo’lgan tarmoqning mamlakat iqtisodiyoti va mehnat
taqsimotidagi o’rnini, uning eks’ort salohiyati, boshqa tarmoqlar bilan ishlab
chiqarish hamda texnik aloqalariga tegishli ma’lumotlarni bilish ham tadbirkor uchun
foydali hisoblanadi.
Tarmoqning joriy holati hamda rivojlanish istiqbollari tahlili quyidagi
tavsiflarni ham o’z ichiga oladi:
 tarmoqning xom-ashyo manbai;
 korxonaning bozor sig’imi va bozordagi o’rni;
 potentsial mijozlar va ularning imkoniyatlari;
 ishlab chiqarishning hududiy tuzilmasi;
 asosiy fondlar va ularning tuzilmasi;
 investitsion shart-sharoitlar.
296.Biznes faoliyatga ta’sir qiluvchi omillar tavsifi?

297. Tovar yoki mahsulotni tavsiflashda qaysi ko’rsatkichlar asos qilib olinadi?


O’z biznesingiz uchun qulay strategiyani tanlash jarayonida tavakkalchilik
darajasi minimal bo’lgan variantda to’xtashingiz mumkin.
Strategiya murakkab va tig’iz bo’lmasligi lozim. U birgalikda qo’yilgan
maqsadga erishish uslubini shaklantiradigan bir qator sodda vazifalardan tashkil
topish kerak. Sizning biznes rejangizda ushbu vazifalarning barchasi bo’yicha
umumiy xulosalar beriladi.
Lekin, agar siz qo’yilgan maqsadga to’liq erishmoqchi bo’lsangiz, ushbu
vazifalarni yana ham maydaroq (kichikroq, xususiyroq) qismlarga bo’lib yuborish
kerak. Chunki qaysi bir bosqichda ba’zi detallarni aniqlashtirishga zaruriyat paydo
bo’ladi. Detallashtirishning bunday darajasi xarakat rejasi deyiladi.
298. Raqobat ustunligi qaysi mezonlar bilan tavsiflanadi?
Asosiy yo’nalishlarini shakllantirish sizga biznes maqsadini qo’yishga yordam beradi. Yo’nalishlar ham, maqsadlar ham siz biznesda nimaga erishmoqchi ekanligingizni ko’rsatadi. Keyingi bosqich-qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’llarini va bu boradagi vazifalarni aniqlashtirish hisoblanadi. Strategiya-boshqaruvining asosiy funktsiyalarni umumiy tarzda muvofiqlashtirishni jamlaydigan xarakatlar ketma ketligidir. Siz qo’yilgan maqsadlar uchun bir nechta variantdagi strategiyalarni ishlab chiqishingiz zarur. Ushbu variantlar narxlarini shakllantirishga, mahsulotni tarqatishga, xodimlar bilan ishlashga moliyaviy masalalarga turlicha yondashuvlarni o’z ichiga olish darkor.
Yüklə 78,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin