3- mavzu. Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik. Masalalarni yechilishi bo‘yicha namunalar



Yüklə 439,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix12.04.2023
ölçüsü439,22 Kb.
#96942
1   2   3   4   5
3- MAVZU. IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK.

 
7. Agar ishsizlik darajasi joriy yilda 7,6 %, ishsizlikning tabiiy darajasi 6 % 
bo‘lsa, real YaIM ni potentsial YaIM dan farqini hisoblang. Ouken koeffitsentini 3 
ga teng deb oling. 
8. Mamlakatdagi 16 va undan katta yoshdagi aholi soni 25 mln. kishini 
tashkil etsa va shu aholining 20 foizi ishchi kuchi tarkibidan chiqib ketgan, biroq 
ulardan 10 foizi ishlayotgan shaxslar bo‘lsa, ishchi kuchi va iqtisodiy faol aholi 
sonini hamda bandlik darajasini aniqlang. 
9. Mamlakatdagi katta yoshdagi aholi soni 150 mln. kishiga teng. Ish bilan 
band bo‘lganlar soni 90 mln. kishini, ishsizlik darajasi 25 foizni tashkil etadi. 
Ishchi kuchi va ishsizlar sonini aniqlang. 
10. Agar real YaIM ushbu yil 1186 ga, potentsial YaIM 1155 ni tashkil etsa, 
ishsizlikning tabiiy darajasi 5 foizga teng bo‘lib, YaIMning tsiklik ishsizlik 
darajasiga ta’sirchanlik koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, ushbu yil uchun ishsizlikning 
haqiqiy darajasini hisoblang. 
11. Joriy yilda ishsizlik darajasi 5,5 foizni tashkil etdi, ishsizlikning tabiiy 
darajasi 5 foizga teng. YaIMning tsiklik ishsizlik darajasiga ta’sirchanlik 
koeffitsiyenti 3 bo‘lsa, potentsial YaIM 60 trln.so‘m bo‘lganda real YaIMni 
hisoblang. 
12. Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan: aholining umumiy soni 750 
kishi, mehnatga layoqatli bo’lmagan yoshdagi aholi soni 140, ishsizlar soni 20, ish 
bilan band aholi soni 380 bo’lsa ishsizlar sonini toping. 
13. Aholi soni 300 mln kishi. Ish bilan bandlar soni 122 mln. kishi, mehnatga 
layoqatli yoshdagi aholi soni 170 mln. kishi, friktsion ishsizlar 6 mln. kishi, tarkibiy 
ishsizlar 2 mln. kishi, davriy ishsizlar esa 5 mln. kishini tashkil etgan. 
Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 4 %ga yuqori. Potentsial 
YaIM 2500 shartli birlikka teng. YaIMning tsiklik ishsizlik dinamikasiga 
ta’sirchanlik koeffitsenti 2,4. 
Topilsin: 
A) ishsizlikning haqiqiy darajasi
B) haqiqiy YaIM hajmi. 



Yüklə 439,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin