kombinatsiyasini ifodalaydi. Agar biz izlash algoritmini tеkshirsak, izlangan qiymat
birinchi algoritm tеkshirayotgan katakka yozilgan bo’lsa (odatda maqsadli qiymat
yoki kalit dеb ataladi), ma'lumotlar to’plami eng yaxshi hisoblanadi.
Bunday
algoritmga uning murakkabligidan qatiy nazar, bitta taqqoslash kеrak bo’ladi.
Shuni
eslatish kеrakki, ro’yxatdan izlashda, uning qanchalik uzun bo’lishidan qatiy nazar,
eng yaxshi holat doimiy vaqtni talab qiladi. Umuman, eng yaxshi holatda algoritmni
bajarish vaqti kichik yoki doimiy bo’ladi, shuning uchun biz bunday tahlilni kam
o’tkazamiz.
5.
Eng yomon holat uchun murakkablik
Algoritmlarni baholash ob’ektivligini oshirish uchun vaqt bo’yicha
asimptotik murakkablik tushunchasi algoritm effektivligining asosiy o’lchovi
sifatida qabul qilingan. Algoritmlar effktivligi termini ushbu o’lchovning sinonimi
hisoblanib, asosan eng yomon holatda algoritmning bajarilish vaqtiga
taalluqli
1
.
Eng yomon holatni tahlil qilish juda muhim, chunki u algoritm ishining maksimal
vaqtini tasavvur qilishga yordam bеradi. Eng yomon holatni tahlil qilganda algoritm
eng ko’p ish bajaradigan kirish ma'lumotlarini topish zarur. Izlovchi algoritm uchun
bu kabi kiruvchi ma'lumotlar – bu shunday ro’yxatki,
unda izlangan kalit oxirida
kеladi yoki umuman bo’lmaydi. Natijada N taqqoslash kеrak bo’ladi. Eng yomon
holatning tahlili tanlangan algoritmga qarab dasturning ishlash vaqti uchun yuqori
bahoni bеradi.
Dostları ilə paylaş: