20- mavzu: Estetikaning ta’rifi, mohiyati va vazifalari. Reja



Yüklə 32,82 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü32,82 Kb.
#174184
1   2   3   4
20-mavzu

Ulug’vorlik-nafosatli va ahloqiy mezonlar bilan bog’lanib, nihoya darajada yaqqol va bevosita amal qidadigan nafosatli mezoniy tushunchani tashkil etadi.
Ulug’vorlik ko’lami go’zallik ko’lamidek cheksiz va benihoyat. Ulug’vorlik tabiatda, jamiyatda, inson ishlarida, uning faoliyat mahsulotlarida jamlangandir. Ulug’vorlik belgisiga ega bo’lgan barcha narsalarning, hodisalarning hammasiga hos bo’lgan umumiylik-ularning me’yoriy barkamolligi, shu qadarki, undan tashqarida me’yor qonuni buzilishi mumkin.
Ulug’vorlik kategoriyasi odamlar uchun alohida ahamiyatli hodisalar sirasiga kiradi. Bunday hodisalar mohiyatan shu qadar keng ko’lamliki, ular ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida to’la o’zlashtirilishi mumkin bo’lmaydi, shuning uchun odamlarni faol harakatga, o’zlaridagi ijodiy imkoniyatlarni ishga solishga doimo rag’batlantiradi.
Tabiatda ulug’vorlik baland tog’lar, qudratli sharsharalar, cheksiz okeanlar, moviy mavj urayotgan dengizlar, tubiz osmon va h. k. timsolida namoyon bo’ladi. Bu erdagi umumiylik- ulardagi kengko’lam, ulkanlik, buyuklik, tuganmaslikdir. Tabiatdagi ulug’vorlik insonda o’zidagi zaiflik emas, balki tabiat bilan qo’shilib ketishga intilish hissini uyg’otadi.
Ulug’vorlik hissi o’z-o’zidan nafosatli mazmunga ega bo’lmagan quvonch, hayratlanish, ehtirom, tan berish tuyg’ulvrini o’z ichiga qamrab oladi. Bularga ba’zida qo’rquv ham qo’shiladi, lekin u insonni kamsitmaydi. Balki to’siqlarni engib o’tishga turtki beradi.
Ulug’vorlik hissi umuminsoniy, umumiy belgilari bilan birga ijtimoiy shartlangan, aniq-tarixiy tabiatga ham molik bo’ladi. Ulug’vorlikka, ijtimoiy hayotga tarixiy taraqqiyotga alohida ta’sir o’tkazuvchi hodisalar va jarayonlar ham kiritilishi mumkin. Ijtimoiy hayotda ulug’vorlik bilan qahramonlik, mardlik shu qadar qorishib ketadiki, ularni alohida-alohida mushohada etish ulug’vorlikning asosiy mazmunidan mahrum qilib qo’yish bilan barobar bo’lar edi Qahramonlikda ulug’vorlikka hos estetik va ahloqiy birlik ayniqsa to’la va bevosita namoyon bo’ladi. Halq fidoiylari, elu-yurt jonkuyarlarining qiyofalari bir vaqtning o’zida ham ulug’vor, ham mardona namoyon bo’ladi.
San’atda ulug’vorlik fojealilik bilan ko’pincha yonma-yon turadi va namoyon bo’ladi, sirasini aytganda, bu iiki estetik kategoriya o’rtasida o’ziga xos dialektik aloqadorlik mavjud bo’lib, unda umumiylik va farqli tomonlari ham bordir. Navoiy va Shekspir asarlari, shoshmaqom go’zal me’morchilik obidalari bir vaqtning ham ulug’vorlik, ham fojealilik ruhi bilan sug’orilgandir. Bundan, albatta fojealilik-ulug’vorlik, ulug’vorlik-fojealilikdir degan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Masalan, Samarqandning Registon maydonidagi madrasalar, shubhasiz, ulug’vor bo’lishlari bilan birga hech qanday fojeali his qo’zg’atmaydilar. Shekspirning Makbet xonim qiyofasi fojeali, lekin u hech ham tomoshabinda ulug’vorlik tuyg’usi tug’dirmaydi. San’atdagi ulug’vorlik badiiy mazmun va shakl barcha imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, lekin bunda hal qiluvchi rolni g’oya o’ynaydi. Muhim ahamiyatli g’oya yuksak ruhlangan, muukammal shaklning zarurligini yuzaga keltirib, san’at asarining buyuklik darajasini belgilab beradi. Bu holat hayotiy haqiqatni qochishga emas, unga xizmat qilishga da’vat etadi.
Fojealilik muammosi har doim falsafiy va nafosatli tafakkur e’tiborini o’ziga jalb qilib kelgan. Fojealilik tabiati to’g’risida fikr-mulohaza bildirmagan biror bir mutafakkirni topish amri mahol bo’lsa kerak, chunki fojealilikda voqeiy hayotning eng muhim, chuqur ziddiyatlari va to’qnashuvlari hayot va o’lim, ozodlik va zarurat, aql va tuyg’u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy tomonlar namoyon bo’ladilar.
Deyarli barcha ulkan ijodkorlar yaratgan asarlarda fojeali ohanglar mavjudligini juda ko’p misollarda ko’rib chiqishimiz mumkin. Masalan, M.Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» va «Mirzo Ulug’bek» asarlarida fojeali ohanglar boshdan oxiriga qadar sezilib (eshitilib) turadi. Mazkur dramalar maxsus fojea asari sifatida yaratilmagan bo’lsa ham, aslida, fojeali ohanglar ularda ustivor darajada ifodalangandir. Shayxzoda kabi ijodkor fojealilik ruhida voqelikni idrok etishga moyildir. San’atning turi namoyon bo’ladigan fojealilik to’qnashuvlar, qiyofalar, vaziyatlarni eng to’la va chuqur badiiy in’ikos etish ehtiyojidan kelib chiqadi. Sofokl fojea asarlari, Shekspirnikidan, Shekspir asarlari Rasinnikidan, Rasinniki Vishnevskiynikidan qanchalik farqlanmasin, ular o’rtasida umumiylik bari-bir mavjuddir.
Odatda fojea mazmunida qahramonning mavjud shart-sharoitlarni tubdan o’zgartirishga faol intilishi namoyish etiladi. Fojea qahramoni bu erda fojeali dramatik harakatning asosiy sub’ekti sifatida amal qiladi. Shuning uchun fojea qahramonning faolligi, o’z orzu-irodasini, hatto o’zini qurbon qilib bo’lsa ham barqaror etishga intilishi uning mohiyatli belgisini tashkil etadi. O’z irodasini o’rnatishga intilishida u tarixiy imkoniyatsizlik bilan to’qnashib, xuddi mana shu to’qnashuv, mazkur tarixiy sharoitlarda yechimsiz qolib, fojeani yuzaga keltiradi. Yuksak fojea qahramonning mashaqqatli azob-uqubatlari bilan bog’langan bo’lsada, ko’pincha asar uning halokati bilan tugallansada, bari-bir qayg’u va mayuslik emas, balki yashash va kurash istagi, bu kurashda o’quvchi va tomoshabinda o’zining halok bo’lishini bilib turgan inson uchun g’urur tuyg’usi qo’zg’aladi. Inson ulug’vorligini tarannum etish hammadan ham ko’proq va yorqinroq san’atning fojea turida ifoda topgandir.

Yüklə 32,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin