O’qituvchi:Bir-birimizga kulgu ulashib,yangi darsimizni boshlaymiz.
Sinfni guruhlarga ajratish
Guruhlar taqdimoti
1-guruh: - “Faol”
Faollar deb atadik
Faol guruhimizni
Ilohim baland qilsin
Nomus g’ururimizni
2-guruh: - “Mahorat”
Bo’laylik mahoratli
Bilimdon o’g’il qizlar
Atadik mahorat deb
Guruhimizni bizlar
3-guruh: - “Tadbirkor”
Tadbirkorlar deb atadik
Chaqqon guruhimizni
Ilohim issiq qilsin
Bizlarning yuzimizni
4-guruh: - “Iste’dod”
Bizlar sho’x va quvnoqlar
Ahil o’g’il qizlarmiz
Bilimdon zukko do’stlar
Iste’dodlar guruhimiz
O’qituvchi:Endi bolalar darsimizning “Oltin qoidalarini” ishlab chiqsak. Ular quyidagilar:
Intizomli bo’lish
O’zaro hurmat
Faol qatnashish
Hamkorlikda ishlash
Do’stlar fikrini qadrlash
Vaqtdan unumli foydalanish
Izlanuvchanlik
Imkoniyat
Bugungi darsni ”Kitoblar olamiga sayohat” deb nomladik.Har bir o’quvchi o’zini ”Muzyorar” metodi yordamida tanishtiradi va yoqtirgan kitobini nomini aytadi.Masalan:Shahlo-ertak kitob,Gulbodom-she’r kitob va hokazo............
Darsda faol uhtirok etgan o’quvchilar kitob bilan taqdirlanadi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
O ’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
Har bir guruhga topshiriqlar beriladi to’g’ri bajargan guruhga kitoblar taqdim etiladi
III Yangi mavzu bayoni
1. Masala tuzing va uni yeching:
Sport musobaqasida qatnashish uchun 8 nafar o’quvchi musobaqaga bordi. Ulardan 2 afari qiz bola. Musobaqada nechta nafar o’quvchi qatnashdi?
8-2=6 javob 6 nafar
Dostları ilə paylaş: |