2-seminar mavzusi: Boshlang`ich sinflarda asosiy miqdorlarni o’rgatish metodikasi. Uzunlik va yuza o’lchov birliklarini o`rgatishga doir topshiriqlar. Massa va sig’im o’lchov birliklarini o`rgatishga doir amaliy turdagi misol va masalalarni



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix25.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#89768
1   2   3   4   5   6   7   8
 
 
 
Vaqt o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema 
 
1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash
(bolalarni hayotiy tajribasiga murojaat etish). 
2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirishi (chamalab ko‘rinish, o‘lcham va boshqa 
xil usullar bilan). 
3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tinishtirish. 
4. O‘quvchilarda o‘lcham ko‘nikmalari hosil qilish. 


5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayrish (masalalarni yechish jarayonida). 
6. Miqdorlarni yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni 
boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov birliklarini bitta ikki 
nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha. 
7. Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayirish. 
8. Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish. 
Turli miqdorlar haqida tasavvurlarni shakllantirish maqsadida turli amaliy 
mashqlar va misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko‘nikmali vositalardan 
foydalaniladi. Bu ish barcha o‘quvchilar ishtirokida, alohida-alohida har bir o‘quvchi 
bilan va guruh usulida amalga oshiriladi. O‘quvchilar “Miqdor” tushunchasining asosiy 
belgilarini turli xil amaliy mashg‘ulotlar davomida va turli xil muammoli sharoitlar 
tufayli o‘zlashtirib oladilar. 
Miqdorlar va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishuv nafaqat amaliy ahamiyatga
mashq, ayni vaqtda u o‘quvchilarda hayotiy muammolarni ko‘ra bilish imkoniyatini 
shakllantirish va shu bilan ularning bilishga qiziqish ishtiyoqini rivojlantirishga imkon 
beradi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga “Miqdor” tushunchasini o‘rgatishda Oliygohni 
endi bitirgan yangi o‘qituvchidan quyidagi talablarga amal qilishi talab etiladi: 
- maktabning qaysi sinflarida matematikakursi (fani) o‘quvchilar qanday miqdorlar va 
ularning o‘lcham birliklari bilan tanishishlarini lozimligini; 
- boshlang‘ich sinflarda miqdorlar haqida tushunchalar tasavvurlarini shakllantirishga
umumiy yondashishni bilishi kerak va shuningdek;
- uzunlik,massa,hajm, vaqt va maydonlarni o‘rganishda o‘quvchilarda miqdorlar 
haqida tasavvurni shakllantirishi uchun umumiy yondashuvni qo‘llay ola bilishi; 
- maqsad sari yo‘naltirilgan amaliy ishlarni tashkil eta bilishi; 
- miqdorlarni o‘rganishda turli xil vositalardan foydalanishi,o‘quvchilarda o‘lchash
bilan bog‘liq ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasini amalda ko‘llay olishi lozim. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin