2-Mavzu: psixologik treninglarning tarixi reja: Individual shakldagi treninglar va autotreninglar haqida tushuncha



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix05.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#152408
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Mavzu. PSIXOLOGIK TRENINGLARNING TARIXI


ekzistensial terapiya
yo’nalishining
 
namoyondalari ham aynan individual 
shaxsga qaratilgan psixoterapevtik ko’rinishidagi psixologik treninglardan 
foydalanganligini guvohi bo’lamiz. Ushbu terapevtik yo‘nalish asoschilari 
R.Mey va I.Yalom hisoblanadi. Bu nazariya dinamik xarakterda bo’lib, unda 
terapiya mijozning universal ekzistensial notinchligiga qarama -qarshi 
ravishda olib boriladi. Bu terapevtik yo‘nalishning asosiy mohiyati “inson 
sub’ektivligi uning hayotiy tajribasi natijasidir” degan fikrga tayanadi. Bu 
yo‘nalishning asosiy vazifasi - insonga hayotning fundamental savollariga 
javob topishga ko‘maklashishdan iborat. D.Bujental ekzistensial 
yondashuvning nazariyotchisi sifatida quyidagi fikrlarni bildiradi: 
1)
inson qismlarning birlashmasi emas, balki yaxlitlikdir; 
2)
shaxs - odam sifatida shaxsiy insoniy muammolarni mujassam etadi; 
3)
inson anglashga va aqlan biror xatti-harakatni amalga oshirishga 
qodirdir; 
4)
inson doimo tanlash imkoniyatiga ega; 
5)
inson xulq-atvori doimo intensionaldir, ya’ni sababga ega va u doimo 
ongli ravishda qaror qabul qila oladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ekzistensial terapiyaning asosiy 
negizini quyidagilar deb hisoblash mumkin: 
A.
Psixoterapevtik jarayonda to’liq ishtirok etishni ta’minlash. Bunda 
mijoz bu jarayonga qiziqishi, chuqur kirishishi, o‘zi va o‘z hayotiga e’tiborli 
bo‘lishi lozim. Shunda sub’ektivlikning chuqur mohiyati namoyon bo’ladi. 
B.
Mijozni o‘ziga nisbatan mavjud bo’lgan chuqur qiziqishlariga 
yo‘naltirish. Ba’zan bunday qiziqish susaygan bo‘lib, shu tufayli mijoz 
terapiyaga muhtojlik sezadi. 
V. Mijozning o‘z qiziqishini izohlashi sub’ektiv kechinmalarga 
diqqatining qaratilishida muammoni hal etish imkoniyatini kengaytiradi. Bu 
jarayonda o‘ziga to‘liq e’tibor qaratiladi, ayniqsa, tana sezgilari, 
emotsiyalar, fikrlar alohida e’tiborga olinadi. 
G. Qarshilikning paydo bo‘lish ehtimoli. Bu vaziyat inson “Men va 
tashqi olam” tuzilmasini shakllantirgani tufayli o‘z ichki imkoniyatlariga 
kirib borishining chegaralanganligida aks etadi. 


20 
D.
Ekzistensial psixoterapiya jarayoni “Men va tashqi olam” tizimini, 
idrokning shaxsiy tuzilmasini o‘zgartiruvchi ichki o‘zini o‘zi anglash 
jarayonidan tashkil topadi; 
E.
Psixoterapiyaning samarasi shaxs hayotiy hislarining kengaygani va 
yashash qobiliyatining oshganligida aks etadi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin