2-Mavzu. Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi reja



Yüklə 34,33 Kb.
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü34,33 Kb.
#163592
1   2   3   4   5   6
Menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanishi-fayllar.org

2.3. Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayol olg'a surgan tamoyillar
"Ilmiy menejment" namoyandalari o'z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot, boshqaruvini takomillashtirishga bag'ishlashgan. Ular boshqaruvning quyi darajasidagi masalalar bilan, ya'ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug'ullanishgan. Ma'muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug'ullana boshladilar.
Teylor va Gilbertlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to'g'risidagi tushunchalariga keskin ta'sir etgan. Ulardan farqli o'laroq, mumtoz ma'muriy maktabining asoschilari:
Yirik biznens sohasida mashhur, boshqaruvning yuqori bo'g'inida esa yuksak tajribali amaliyotchi rahbarlar bo'lishgan.
Ularni tashvishlantirgan bosh masala - bu umumtashkilot miqyosida samaradorlikka erishish bo'lgan. Shunday maqsad qo'yilgan bo'lsa-da, ular boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e'tibor berishmagan, ustiga-ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondoshuvlari ilmiy metodologik asosga ega bo'lmagan.
"Mumtoz"chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazaridan yondoshib, undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e'tiborni qaratishgan:

  • tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo'linmalar yoki ishchi guruhlarga bo'lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblashgan;


  • tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo'lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo'ysunishi lozim degan g'oyani ilgari surishgan.


A. Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shgan frantsuz olimlardandir. U Frantsiyadagi ko'mir qazib oluvchi yirik kompaniyani boshqargan. A. Fayol o'zining boy amaliy tajribasini "Umumiy va sanoat boshqaruvi" (1916 nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv g'oyalari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan (2-jadval).


2-jadval. Anri Fayolning boshqarish tamoyillari



Tamoyillar Izoh

Izoh

1

2

3

1.

Mehnat
taqsimoti


- Ixtisoslashuv natijasida ko’p miqdorda va yuqori sifatli


mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga e'tibor qaratilishi lozim
bo’lgan maqsadlar sonini keskin qisqartirish evaziga erishiladi

2.

Vakolat va
mas'uliyat


- Vakolat-bu buyruq berish uchun berilgan huquq. Mas'uliyat


esa buning aksi. qaerda vakolat berilgan bo’lsa, o’sha erda
mas'uliyat vujudga keladi

3.

Intizom

- Intizom rahbar bilan xodim o’rtasida o’zaro hurmatni, quloq


solishni talab qiladi. Shartnomalarning so’zsiz bajarilishini
taqozo etadi.

4.

Yakkaboshchilik

- Xodim bevosita boshlig’idan buyruq olishi kerak.


5.

Yo’nalishning
bir xilligi


- Yagona maqsad doirasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir


guruh, yagona reja asosida ishlashi va bitta rahbarga ega
bo’lishi kerak.

6.

Shaxsiy
manfaatlarni
umumiy
manfaatga

bo’ysundirish


- Alohida xodim yoki guruhning manfaatlari bir-biriga zid


kelmasligi kerak.


7.

Xodimlarni
taqdirlash


- Xodimlarning ishonchini qozonish va ularning hamdardligini


oshirish uchun ularga adolat yuzasidan barcha mehnatiga haq
to’lash lozim.

8.

Markazlashish

- Hamma o’z o’rnida bo’lishi va o’z burchini ado etishi lozim.


9.

Boshqaruvdagi
ierarxiya


-Bunda quyi daraja yuqoridan nazorat qilinadi va yuqoriga


bo’ysunadi.


10.

Tartib

-hamma o’z o’rnida bo’lishi va o’z burchini ado etishi lozim.


11.

Adolat

-Tashkilotda adolatning hukm surishi-bu qonunning ustuvorligi


bilan rahmdillikning uyg’unlashuvi.


12.

Xodim uchun
ish joyining
doimiyligi

- Yuqori darajadagi qo’nimsimzlik tashkilot faoliyati


samaradorligini pasaytiradi. O’z ish joyini mustahkam egasi
bo’lish harakatida bo’lgan oddiy rahbar bir joyda muqim
ishlashni istamaydigan iste'dodli rahbardan ming chandon
yaxshi.

13.

Tashabbus

-Tashabbus-bu tom ma'noda rejani ishlab chiqish va uning o’z


vaqtida bajarilishini ta'minlashdir.


14.

Korporativ ruh

-Ittifoq-bu kuch. U esa xodimlar o’rtasidagi hamjihatlikning va


manfaatlarning hamohanglashuvi natijasi bo’lishi mumkin.






Yüklə 34,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin