1-ta’rif. Ixtiyoriy oʻlchamli matritsaning k ta satr va k ta ustunlarini ajratilgan boʻlib, bu satr va ustunlar kesishmalarida yotgan elementlaridan hosil bo‘lgan kvadrat matritsa determinantiga matritsaning k chi tartibli minori deyiladi.
Agar berilgan matritsa kvadrat shaklda boʻlsa, uning eng katta tartibli minori oʻziga teng. Agar berilgan matritsa chi tartibli boʻlsa, u holda uning eng katta tartibli minorining tartibi boʻladi.
Agar berilgan matritsa chi tartibli boʻlsa, u holda bu matritsadan ajratish mumkin bolgan tartibli minorlar sonini formula bilan topiladi, bu erda va , n yoki m ta elementdan k tadan gruppalashlar soni.
1-misol. matritsaning minorlarini aniqlang.
Yechish. 1- tartibli minorlar. Bu matritsaning ixtiyoriy elementi 1- tartibli minor tashkil qiladi. Demak bu matritsada 12 ta 1-tartibli minor bor.