2-ma`ruza: texnik ijodkorlikning tavsifi reja



Yüklə 307,4 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü307,4 Kb.
#47841
2 5393304297465188472



2-ma`ruza: TEXNIK IJODKORLIKNING TAVSIFI 

Reja: 

2.1. Ilmiy tadqiqotning ta’rifi va tasniflari.  

2..2. Ilmiy tadqiqotning strukturasi.  

2.3. Ilmiy tadqiqot muammosining qo’yilishi.  

2.4. Ilmiy ma’lumotlarni o’rganish va ishchi faraz.  

 

2.1. Ilmiy tadqiqotning ta’rifi va tasniflari.  



Har  qanday  ilmiy  tekshirish  ishining  maqsadi  tekshirilayotgan  ob`ekt  haqida  yangi 

ma`lumot olish yoki mavjud ma`lumotlarni yanada chuqurlashtirishdan iborat. 

 

Barcha ilmiy tekshirish ishlari quyidagilarga bo’linadi: 



 

A) nazariy 

 

B) nazariy-tajribaviy 



 

V) tajribaviy (laboratoriya yoki sanoatda). 

 

Tekshirishning oldiga qo’yilgan masalalarga ko’ra ITI quyidagilarga bo’linadi: 



Nazariy-tajribaviy ishlar. Bu ishlar mashinadagi jarayonning mohiyatini ochib beradi. 

Tajribaviy ishlar. Bu ishlar yangi ishlab chiqilgan mashinalarni o’rganish uchun o’tkaziladi. 

Buyumlarning sifatini aniqlash va standartlar yaratish uchun o’tkazilgan ITI. 

Tekshirish  metodlarini  yaratish  uchun  o’tkaziladigan  ITI  (priborlar,  datchiklar  yaratish  va 

hokazo). 

 

2..2. Ilmiy tadqiqotning strukturasi.  



Nazariy-tajribaviy ishlarning bosqichlari: 

Mavzuni tanlash va asoslash. 

Tayyorgarlik bosqichi 

Texnologik jarayonning nazariy analizi 

Dastlabki tajribani tayyorlab, o’tkazish 

Asosiy tajribani o’tkazish 

Nazariy va tajribaviy tekshirishlarning natijalari analizi 

Hisobot yozish, fikr va mulohazalar. 

   B) Izlanish ishlarining bosqichlari: 

Mavzuni tanlash va asoslash 

Nazariya ishlab chiqarish 

Stendni loyihalash va tayyorlash 

Stendni sinab ko’rish va ayrim o’zgartirishlar kiritish 

Dastlabki tajribani tayyorlash va o’tkazish 

Asosiy tajribani o’tkazish 

Tekshirish natijalari analizi 

Hisobot yozish. Stendni tajribaviy namunasini tayyorlashga texnik topshiriq tayyorlash. 

 

2.3. Ilmiy tadqiqot muammosining qo’yilishi.  



Tekshiruvchining bilim darajasi 

Ishni bajarish uchun sharoit (mablag’, ishchi kuchi va hokazo) 

Aktualligi. 

Tayyorgarlik bosqichida quyidagilar amalga oshiriladi: 

Adabiyotlar bilan tanishish 

Tekshirish ob`ekti bilan tanishish 

Texnologik jarayonning fizikaviy asoslarini o’rganish 

Tekshirish masalalarini aniqlab olish 

Ishning metodik dasturini tuzish. 

 

Metodik dasturning tarkibi 




Mavzuning aniq nomi 

Ishning maqsadini aniqlash 

Ishni nima sababdan qilinishini aniqlash 

Masalaning muayyan holatini aniqlash uchun materiallar va adabiyotlar bilan tanishish 

Jarayonning ishchi modelini qurish 

Mavzuni bosqichlar bo’yicha sxemasi 

Rejalashtirish matritsasi, tajribani o’tkazish uslubi 

Natijalarni ishlash metodikasi, xulosalar ko’rish 

Ilmiy ishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash uslubi 

Metodik  dastur  har  qanday  ish  uchun  bir  yilga  tuziladi.  ITI  ishchi  dasturi  -  bu  ITI 

o’tkazishning  rejasidir.  Dasturga  metodik  dastur,  ishning  kalendar  bo’yicha  borishi,  xarajatlar 

smetasi  va  iqtisodiy  samaradorlik  kiradi.  ITI  tugagach  hisobot  yoziladi.  Hisobotning  tarkibi 

quyidagilardan iborat: 

Muqova 


Bajaruvchilar ro’yxati 

Referat 


Mundarija 

Kirish 


Adabiyotlar sharhi 

Tanlangan yo’nalishdagi ishni asoslash 

Hisobotning asosiy qismi (bajarilgan ishlar va natijalar) 

Muqaddima 

Foydalanilgan ilmiy ishlar ro’yxati 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

Ilovalar 

Qisqartmalar, simvollar va maxsus terminlar ro’yxati (mabodo zarur bo’lsa). 

 

2.4. Ilmiy ma’lumotlarni o’rganish va ishchi faraz.  



 

Progressiv  yangi  texnologiyani  yaratishni  va  modernizatsiya  qilishni  nazariy  va  amaliy 

tadqiqotlarsiz amalga oshirish juda qiyin. Juda ko’p savollar borki ularni faqat ilmiy bilim bilan 

hal  etish  qiyin.  Masalan,  murakkab  mexanik  sistemalarni  xususiy  chastotalarini,  murakkab 

konfiguratsiyaga ega bo’lgan detallardagi (mashina ramasi, mexanizm zvenolari) kuchlanishlarni 

aniqlash,  mexanizm  zvenolarining  deformatsiyasini  hisobga  olish,  juftliklardagi  deformatsiyani 

hisobga  olish,  hamda kinetik  juftliklardagi  tirqishlarni  hisobga olish  va hokazo. Shuning uchun 

eksperimental tadqiqot muhim ahamiyatga ega. 

 

Eksperimental  tadqiqot  o’tkazishdan  maqsad  mashinalarning  kinematik  va  dinamik 



parametrlarini aniqlash, mustahkamlik va bikrlikka chidamliligini aniqlashdir. 

 

Mexanik eksperiment o’tkazish uz ichiga quyidagilarni olishi mumkin: 



  mashina  detallarini  fizik  parametrlarini  aniqlash,  ya`ni  og’irlik  markazi  koordinatasi, 

inertsiya momentini aniqlash; 

  kinematik parametrlarning - ko’chish, tezlik va tezlanishini aniqlash



  mashina 

detallaridagi 

dinamik 


parametrlarning 

kuchlarini, 



momentlarini, 

deformatsiyalarini, inertsion qarshiliklarini aniqlash; 

  ba`zi 


sistemalarning 

mexanizm 

detallarini 

tebranma 

harakatini 

va 


shovqin 

xarakteristikalarini aniqlash; 

  aylanuvchi detallarni dinamik muvozanatlashganligini aniqlash. 



Tadqiqot  (eksperiment)  metodikasi  uz  ichiga  texnikaviy  va  tashkiliy  masalalarni  oladi.  Bu 

masalalarni  hal  etish  anchagina  mablag’  va  vaqt  talab  etadi.  Shuning  uchun  tadqiqot 

o’tkazishdan  avval  tadqiqotni  o’tkazishdan  maqsad,  ularda  ishlatiladigan  asbob-uskunalarni  va 

ketma-ketlikni, ya`ni uslubini o’rganish kerak. 

 

Tadqiqot o’tkazish 




Tadqiqotchi birinchi navbatda eksperimentga qo’yilgan masalani va uni qanday hal qilishni 

aniq  tasavvur  qilishi  kerak.  So’ngra  kerakli  natija  olishi  uchun  qanday  sharoitda,  necha  xil 

variantda va qaysi parametrlarni olish zarurligini bilishi lozim. Keyingi asosiy qadam - tadqiqot 

o’tkazish uslubini, ya`ni kompleks savollarni yechishi kerak. 

Tadqiqot  natijalarini  aniqlashga  ta`sir  etuvchi  omillardan  biri  mos  ravishdagi  asbob  va 

uskunalarni tanlashdir. 

Tadqiqot  o’tkazishda  odatda  mexanikaviy,  optik,  elektrik  yoki  ularni  kombinatsiyalangan 

sistemalari  ishlatiladi.  O’lchov  asboblarini  tanlashda,  ularni  juda  sinchkovlik  bilan  tekshirish 

kerak,  chunki  o’lchash  davomida  qo’shimcha  xatoliklar  mavjud  bo’lishi  mumkin.  Avval 

boshlang’ich  tadqiqotlar  o’tkazilib,  ularni  natijasi  tahlil  qilinadi.  Tadqiqot  o’tkazishni  oxirgi 

bosqichida  metodik  dastur  tuziladi.  Unda  kirish,  tadqiqot  o’tkazish  maqsadi  va  ketma-ketligi 

haqida  tushuncha,  tadqiqot  ob`ekti  haqida,  asbob  va  uskunalar  xarakteristikasi,  tarirovka  qilish 

usuli, tajribalarni qaytarilish soni, variantlar natijalarini analiz qilish usullari bayon qilinadi. 

Tadqiqot  yuqoridagi  bayon  etilgan  metodik  (uslubiy)  dasturga  asosan  o’tkaziladi.  Olingan 

natijalarni jadval va grafik ko’rinishida tasvirlanadi. 

Tadqiqot  tugatilgandan  so’ng  hisobot  yoziladi.  Hisobotda  olingan  natijalarni  turli  rasmlar, 

sxema  va  fotokartochkalar  bilan  olib  boriladi,  hamda  turli  jadval  va  grafiklar,  ularda  nima 

ko’rsatilgani tasvirlanadi, qilingan ishlar natijalari dalillarga asoslangan bo’lishi, ya`ni tahlil va 

mulohazalardan yiroq bo’lishi kerak. 

Tayanch so’z va iboralar 



 

Fanning  maqsad  va  vazifasi,  nazariy  va  tajribaviy  ishlar,  mavzuni  tanlash,  hisobot  tarkibi, 



mexanik eksperiment, tadqiqot o’tkazish bosqichlari. 

 

Yüklə 307,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin