2. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari. Iqtisodiy xavfsizlikning mohiyati va tarkibiy elementlari


Iqtisodiy xavfsizlik shakllari va asosiy ko’rsatkichlar



Yüklə 22,7 Kb.
səhifə2/2
tarix18.12.2023
ölçüsü22,7 Kb.
#184220
1   2
iqt xavfsizlik 2

2.Iqtisodiy xavfsizlik shakllari va asosiy ko’rsatkichlar.

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, ichki iqtisodiy muammolarni hal qilish bilan bog’liq tashqi tahdidlarni ham bartaraf etishdir, bular hozir tarixiy bosqichda iqtisodiy xavfsizlikka asosiy tahdiddir.


Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllarini uning subyektlari va obyektlari nuqtai nazaridan turkumlash mumkin. Iqtisodiyot subyektlari nuqtai nazaridam iqtisodiy xavfsizlik quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
  • shaxsning iqtisodiy xavfsizligi;


  • korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi;


  • davlatning iqtisodiy xavfsizligi


Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligini tahlil qilish jarayonida ularni islab chiqarish, xizmat ko’rsatish, moliyaviy, savdo-tijorat, notijorat va jamoatchilik tashkilotlari mavqeyida faoliyat yuritishlari nuqtayi nazaridan turkumlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Korxona (firma)ning ixtisosligiga ko’ra xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari ham turlicha bo’ladi.


Xo’jalik faoliyati sohalarida yuzaga keladigan iqtisodiy xavfsizlik turlari:
1. Ishlab chiqarish-xo’jalik sohasidagi xavfsizlik:
- energetik xavfsizlik;
- texnologik xavfsizlik va h.k.
2. Xo’jalik-iste’mol sohasidagi xavfsizlik:
- oziq-ovqat xavfsizligi;
- ekologik xavfsizlik va h.k.
3. Moliyaviy xavfsizlik:
- qarzdorlik;
- to’lovga noqobillik va h.k.
Iqtisodiy xavfsizlik turlarining mohiyati, vujudga kelish sabablarini o’rganish, milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash, ularning oldini olish va uklardan muhofazalanish chora-tadbirlari, mexanizmlarini ishlab chiqish hamda vujudga keltirishga imkon beradi. Buning uchun ushbu xavfxatarlar va xavfsizlik darajasini aniqlash, ularning ko’rsatkich va mezonlarini o’rganish lozim bo’ladi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda hech bir iqtisodiyot va jamiyat subyekti davlatchalik katta rol o’ynay olmaydi. Davlatning eng muhim vazifasi – jamiyat barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash, mamlakat xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishdan iborat.
Iqtisodiy xavfsizlikning umumiy ko’rsatkichlari (indikatorlari) quyidagilardan iborat:
- turmush darajasi va sifati;
- inflyatsiya sur’ati;
- iqtisodiy o’sish;
- byudjet defitsiti;
- davlat qarzi;
- jahon iqtisodiyotiga kirib borganlik;
- “xufyona iqtisodiyot” faoliyati;
- mulk tarkibi;
- soliq tizimi;
- bozor infratuzilmalarining rivojlanishi.
Hududiy darajada umumiy ko’rsatkichlardan tashqari yana quyidagi ko’rsatkichlar iqtisodiy xavfsizlikni ifodalaydi:
- aholi daromadlari;
- chakana narxlar darajasi;
- uy-joy bilan ta’minlanganlik;
- qochoqlar, emigrantlar soni;
- hududning mamlakat YaIMdagi ulushi;
- hududning to’lov balansi;
- eksport-import saldosi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlamay turib mamlakat oldida turgan ham ichki, ham xalqaro miqyosdagi birorta ham vazifani amalda hal qilib bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligining obyektlarini shaxs, jamiyat, davlat hamda iqtisodiy tizimning asosiy elementlari, jumladan iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish chog’idagi institutsional munosabatlar tizimi tashkil etadi.
Davlat strategiyasiga quyidagilar kiradi:
– O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligiga bo’ladigan tashqi va ichki tahdidlarning shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlariga xavf soluvchi shart-sharoitlar va omillar sifatidagi tavsifi;
– qisqa vaqt va o’rtacha muddatli (uch-besh yil) istiqbolga mo’ljallangan davlat ijtimoiy-iqtisodiy tizimining barqarorligiga xavf soluvchi omillarni aniqlash va monitoring qilish;
– iqtisodiy sohasidagi milliy manfaatlarni ifodalovchi va O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligining talablariga javob beruvchi mezon va ko’rsatkichlarni aniqlash (belgilash); – milliy iqtisodiyotning barqarorligiga raxna soluvchi omillarning ta’sirini bartaraf etuvchi yoki yumshatuvchi iqtisodiy siyosat, institutsional o’zgarishlar va zarur mexanizmlarni shakllantirish.
Davlat strategiyasining amalga oshirilishi sifat indikatorlari va miqdor ko’rsatkichlari – makroiqtisodiy, demografik, tashqi iqtisodiy, ekologik, texnologik va boshqa ko’rsatkichlar asosida amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar tizimi orqali ketishi lozim.
Davlat strategiyasini amalga oshirish uchun iqtisodiyot holatining miqdor va sifat ko’rsatkichlari (chegaraviy qiymatlari) ishlab chiqilmog’i kerakki, ulardan tashqariga chiqish mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid qiladi. Bular esa quyidagilarni ifodalaydi:
– yalpi ichki mahsulotning dinamikasi va tuzilishi, sanoat ishlab chiqarishining hajmi va sur’atlari ko’rsatkichlari, xo’jalikning tarmoq va mintaqaviy tuzilish hamda ayrim tarmoqlarning dinamikasi (o’zgarishi), kapital mablag’lar (qo’yilmalar) va sh.k.;
– mamlakat tabiiy-resurs, ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy salohiyatining faoliyati;
– xo’jalik mexanizmining o’zgarib boruvchi ichki va tashqi omillar (inflyasiya sur’atlari, tashqi iqtisodiy omillarning ta’siri, milliy valyutaning barqarorligi, ichki va tashqi qarzdorlik va sh.k.)ga moslasha olishi;
– moliya-byudjet va kredit tizimlarining holati;
– aholining turmush sifati (aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot), ishsizlik va daromadlarning taqsimlanish (tabaqalanish) darajasi, aholi asosiy guruhlarining moddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganligi, atrof muhitning holati va sh.k.
Miqdor ko’rsatkichlari nafaqat umuman mamlakat uchun, balki uning har bir mintaqasi uchun ham ishlab chiqilmog’i kerak. Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasining mintaqalar bo’yicha iqtisodiy xavfsizlik mezonlari va ko’rsatkichlarining tarkibi umuman O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotiva milliy manfaatlariga doir sohadagi mezonlar va ko’rsatkichlar tarkibiga mos kelishi lozim.
Yüklə 22,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin