Takrorlash uchun savollar
1. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning mazmuni va ahamiyati nimadan iborat?
2. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish tamoyillarini sanab chiking?
3. Naqd pulsiz hisob-kitoblar Markaziy bankning qaysi me’eriy hujjati asosida
tashkil etiladi?
4. To’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning mazmuni va ahamiyati
nimadan iborat?
5. To’lov topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning afzallik va kachiliklari
nimadan iborat?
6. To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblardagi buxgalteriya
provodkalarini ko’rsating?
7. Aktseptning mazmuni va turlarining tavsifini keltiring?
8. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblarning afzallik va kamchiliklarini
sanab uting?
9. To’lov talabnomasi bo’yicha operatsiyalar hisobining yuritilishi kanday
tartibda amalga oshiriladi?
10. Akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarning mazmuni, kamchilik va afzalliklari
nimalardan iborat?
11. Akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarning hujjatlar aylanish sxemasini
ko’rsating?
12. Inkasso topshirig’i bo’yicha hisob-kitoblarning xususiyatini tushuntiring?
13. Tijorat banklarining hisob cheklari bo’yicha hisob-kitoblar kanday tashkil
etiladi?
65
3-Bob. Banklararo hisob-kitoblar va uning tqlov tizimidagi qrni
1§. Banklararo hisob-kitoblarning mazmuni.
Iqtisodiyot rivojlanib borgan sari turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan
korxona va tashkilotlar soni oshib, ular o’rtasidagi iqtisodiy va boshqa munosabatlar
ham ko’payadi. Natijada ularga, xizmat ko’rsatuvchi muassasalar salmog’i ham o’sib
borishi tabiiy holdir. Korxona va tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlarda vositachilik
xizmatlarini bajarish banklar zimmasiga yuklatilgan.
Hozirgi kunda respublikamiz bank tizimi o’z ichiga bir necha turdagi banklarni
oladi. Bular aktsiyador, xususiy, qo’shma, impoteka va davlat banklaridir. Bu tijorat
banklarining har biri turli mulkchilik shakllariga tegishli bo’lgan korxona, tashkilot,
muassasalarga hamda yuridik maqomga ega bo’lmagan tadbirkorlar va jismoniy
shaxslarga xizmat ko’satadi. Banklar tomonidan halk xo’jaligiga xizmat ko’rsatish
jarayonida banklararo munosabatlar vujudga keladi. Banklararo munosabatlar
banklararo hisob-kitoblar (oborotlar) orqali olib boriladi. Banklararo oborotlarning
mazmuni shundan iboratki, bir bank xizmatidan foydalanuvchi korxonaning talab
qiluvchiga saqlanadigan hisobvarag’idan boshqa hisob varag’iga hujjatda ko’rsatilgan
summa buxgalteriya yozuvlari orqali o’tkaziladi.
Demak, bir - birlari bilan hisob-kitoblarni yurituvchi korxonalarining hisob
varaqalari turli banklarda joylashganligi ikkita bank o’rtasidagi hisob - kitoblarni
yuzaga keltiradi. Agar o’zaro aloqada bo’lgan korxonalarning har ikkisi bitta bank
xizmatidan foydalansalar, u holda banklararo oborotlar vujudga kelmaydi. Unda pul
o’tkazish operatsiyalari bir bankning o’zida amalga oshiriladi.
Operatsiyalarni boshlagan bankdagi oborotlar boshlang’ich bank oborotlari
deyiladi. Operatsiyalarni tugallangan bankdagi oborotlar yakuniy oborotlar deyiladi.
Har bir boshlang’ich oborotga yakuniy oborot mos kelishi shart.
Respublikamiz banklari o’rtasidagi banklararo hisob-kitoblarni o’tkazish tartibi
bir necha marta o’zgartirilgan.
O’tgan asr 80-yillarining oxiri 90-yillarning boshlarigacha barcha banklar
davlat mulki bo’lib bir pog’onali bank tizimi mavjud edi. Banklararo hisob-kitoblarni
olib borish bevosita to’g’ridan-to’g’ri bir bankdan ikkinchi bankka to’lov hujjatlarini
jo’natish orqali olib boriladi. Hujjatlarni jo’natish pochta yoki telegraf orqali amalga
oshirilar edi. Buning uchun boshqa bankka jo’natilishi lozim bo’lgan hujjatlar asosida
«avizo», ya’ni ogohnoma tuzilib kerakli bankka jo’natilar edi. Avizolar debet va
kredit avizolarga bo’linardi. Boshlang’ich oborotlar 830 hisob varaqada (joriy yilning
boshlangich avizolari) yakuniy oborotlar 840 hisob varaqada (joriy yilning yakuniy
avizolari) olib borilar edi. Banklararo hisob-kitoblar hisoblash markazida nazorat
qilinar edi.
90-yillarning boshlaridan banklararo hisob-kitoblarni tashkil etish uchun hisob
markazlari (raschetniy tsentr) bir yil o’tgandan so’ng ularning o’rnida kliring
markazlari tashkil etildi. Lekin ularning nomi o’zgargani bilan funktsiyalari bir xil
edi, ya’ni ular banklar o’rtasidagi hisob-kitoblarni tashkil qilar edilar. Bir shahardagi
hisob-kitoblarni olib borish uchun 871-hisob raqami (Bir shahar ichidagi banklararo
o’zaro hisob-kitoblar) dan foydalanilar edi. Turli shaharlarda joylashgan banklar bir-
66
birlariga vakillik hisobvarag’i ochib o’zaro munosabatlari shu hisob varaqalari orqali
olib borilar edi.
1995 yilda Markaziy bank tomonidan xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni
tezlashtirish maqsadida barcha hududiy markaziy bank boshqarmalari qoshida hisob-
markazlari tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Kliring markazlari tugatildi.
Pochta orqali jo’natiladitgan ogoxnomalar ham bekor qilindi. Yangi hisob-kitob
tizimi «elektron pochta» to’lov tizimi joriy etildi.
|