2. Bemorda tmini hisoblasak 35. 6 chiqdi. Bemorda metobolik sindrom



Yüklə 19 Kb.
tarix24.04.2020
ölçüsü19 Kb.
#30938
vaziyatli masala 8

1.Axoli orasida sog'lom turmush tarzi va to'gri ovqatlanish, aqliy va jismoniy mehnatni birga olib borish to'g'risidagi videoroliklar, plakatlarni targ'ib etish lozim.

Semizlik rivojlanishida to'g'ri ovqatlanishga , ovqat tarkibiga ,ovqatlanish rejimiga , ovqat sifat darajasiga hamda uning meyoriga e'tibor berish kerak.

Semizlikni nomedekomentoz davolashda 8 parhez stoliga rioya qilish zarur.Tarkibida ko’proq kletchatka, vitamin va boshqa biologik faol moddalar saqlagan mahsulotlar (bug’doydoshlar va yormalar, sabzavot, meva, yong’oq, ko’katlar va boshqalar) oshirilgan va organizm tomonidan tezda o’zlashtiriladigan uglevodlar (shakar, shirinliklar, pishiriqlar, oliy navli undan tayyorlangan non mashulotlari va makaronlar) kamaytirilgan parhezga rioya qilish kerak.

2.Bemorda TMIni hisoblasak 35.6 chiqdi. Bemorda metobolik sindrom.

Metobolik sindrom juda ko‘p odamlarning umriga zomin bo‘ladi. Metobolik sindrom, ta’bir joiz bo‘lsa, majmuali ofat deyiladi, chunki u to‘rtta dahshatli kasallik: gipertoniya,ahvolkning ishemik kasalligi, 2-bosqichdagi qandli diabet va yog‘ bosish (juda semirib ketish)ni o‘z ichiga oladi.

Moddalar almashinuvining bu xilda keng buzilishi bugungi kunda epidemiya tusini oldi.

Bu kasallik asosida insulinning rezistentligi yotadi, ya’ni to‘qimalarda ortiqcha miqdorda yig‘iladi. Buning natijasida uglevod va yog‘ almashinuvi muvozanati buziladi, shu bilan birga ateroskleroz va yurak-tomir asoratlarining erta rivojlanishi uchun sharoit yuzaga keladi.

Metabolik sindrom – majmuali ofat

Metobolik sindromning rivojlanishiga asosan jismoniy yuklama (nagruzka)ning pasayishi sabab bo‘ladi. Gipodinamiya, ya’ni kam harakat qilish hozirgi zamon sivilizatsiyasi boshimizga solayotgan ofat. Biz, ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, kursiga, divanlarga va avtomobil o‘rindiqlariga yopishib qoldik, soatlab o‘tirib televizor ko‘ramiz, kompyuterda va boshqalardan boshimizni ko‘tarmasdan o‘yinlar o‘ynaymiz, ishda ham shu ahvol.

Deyarli piyoda yurmay qo‘ydik, eng yaqin joyga ham avtobusda yoki mashinada boramiz. Ishga kelasolib kompyuterga, texnikaga yopishamiz. O‘tin yorish, uy qurish, tomorqada mehnat qilish, hatto o‘tin yorib, qozon osib ovqat pishirishni unutib yuborganmiz. Buning ustiga bir zumda pishadigan, chiroyli idishlarda qadoqlangan quruq ovqatlar soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Ba’zilarimiz ovqatni, choyni televizorni ko‘rib o‘tirib, kompyuterda ishlab turib, noutbukda o‘yinlar o‘ynab o‘tirib yeymiz. Metobolik sindromning rivojlanishiga shifokorlar ko‘pincha nonushta qilmay, och yurishni ham sabab qilib ko‘rsatmoqdalar, chunki hozirgi kunda semirib ketib, qomat buzilmasligi, xipcha sarvqomat bo‘lib yurish uchun ba’zi ayollar o‘zlarini ovqatdan tiyadilar, hatto bir-ikki kunlab och yuradilar, nomigagina u-buni yeydilar.

Bu esa qonda glyukoza darajasining kamayib ketishiga olib keladi, natijada insulin rezis-tentligi kelib chiqadi.

Xo‘sh, ahvol shu darajaga yetgan ekan, endi nima qilish kerak? Ahvolni tuzatsa bo‘ladimi?



Dardga to‘g‘ri da’vo qilinganda metobolik sindromning namoyonligini kamaytirsa bo‘ladi. Eng muhimi, metobolizmni dori-darmonlarsiz tuzatishga harakat qilish kerak. Tamaki chekmaslik, ko‘proq piyoda yurish, jismoniy mehnat qilish kerak. Iloji boricha, ko‘proq harakat qiling, piyoda sayr qiling, liftga chiqmay, zinalardan chiqing, suv havzalarida, soyda, ko‘lda cho‘milib turing, raqsga tushing. Mabodo birorta surunkali kasalligingiz bo‘lsa, albatta shifokor bilan maslahatlashib davolaning. Har kuni 5-6 mahal ovqatlanishga o‘rganing, shirinliklarni, xamir ovqatlarni, oqlangan guruchni kamroq iste’mol qilib, grechixa, suli, qizg‘ish guruch, kepakli javdar nonini yeb turing. Ovqat tuzsizroq bo‘lsin. Tuzlangan karamni yuvib, tuzsizroq qilib yeyish maqsadga muvofiqdir. Meva-sabzavotlar, osh ko‘klar juda foydali. Ma’danli suvlar ham yaxshi, lekin me’yorida iching.
Yüklə 19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin