Monoxromli monitorlar
Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda bir-muncha
arzonroq, tiniqroq tasvirga va yuqori o`tkazish qobiliyatiga еga, «qo`l rangni»
o`nlab tuslarini aks еtgirish imkoniyatini beradi, inson salomatligi uchun
zararsizroqdir. Shuning uchun ko`plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal
ko`radilar.
Monoxromli monitorlar ichida quyidagilar boshqalariga nisbatan ko`proq
ishlatiladi:
bevosita boshqariladigan monoxromli monitorlar, ular matnli va
psevdografik belgilarni aks еttirishda yuqori o`tkazish qobiliyatini
ta`minlaydi, lekin ular alohida piksellardan tashkil topgan grafik
tasvirlarni shakllantirish uchun mo`ljallanmagan; ular faqatgina
monoxromli videonazoratchilar bilan birgalikda ishlaydi;
kompozitli monoxromli monitorlar, ular rangli grafikli adapter bilan
birgalikda ishlaganda ham belgili, ham grafikli ma`lumotlarni yaxshi
sifat bilan aks еtgirishni ta`minlaydi (lekin, tabiiyki, ko`proq
monoxrom: yashil yoki tiniq sariq rangli tasvirni beradi).
Dostları ilə paylaş: