5
Asosiy qism
1-mavzu. Iqtisodiy mutaxassislik fanlarining predmeti, vazifalari va
o‘rganish usullari
Iqtisodiy mutaxassislik fanlarining predmeti. Iqtisodiy qonun, ularni amal
qilishining o‗ziga xos xususiyatlari. Fanlarning tarkibi. Iqtisodiy mutaxassislik
fanlarining o‗zaro bog‗liqligi. Fanning vazifalari. Fanning predmeti va o‗rganish
usullari. Iqtisodiy tahlil. Induksiya va deduksiya. Pozitiv va normativ tahlil. Analiz
va sintez. Iqtisodiy ekperiment. Qiyosiy tahlil. Statistik usullar. Tarixiy dialektika.
Monografik tahlil. Taqqoslash usuli. Iqtisodiy matematik va boshqa usullar.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi va O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23
oktabrdagi
PF-5853-sonli
―O‗zbekiston Respublikasi qishloq xo‗jaligini
rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‗ljallangan strategiyasini tasdiqlash
to‗grisida‖gi Farmonidan kelib chiqqan holda fanning vazifalari. 2017-2021
yillarda O‗zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor
yo‗nalishlaridan kelib chiqib korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish
masalalarini o‗rganish. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti ma‘ruzasidan kelib
chiqqan holda fanning maqsadi va vazifalari.
2-mavzu. Iqtisodiy integratsiyasining mazmuni va rivojlanish omillari.
Iqtisodiy integratsiyasi, uning mohiyati. Iqtisodiy integratsiyaning tarkibi
(tuzilmasi). Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar agrosanoat
majmuasining birinchi sohasi. Qishlok xo‗jaligi agrosanoat majmuasining
markaziy bo‗g‗ini. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, dastlabki va
chuqur qayta ishlovchi hamda tayyor mahsulotlarni iste‘molchilarga yetkazib
beruvchi tarmoqlar. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma. Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi sharoitida agrosanoat majmuasining ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmasini rivojlantirish yo‗llari. Agrosanoat majmuasining mamlakat
iqtisodiyotida tutgan o‗rni va ahamiyati. Agrosanoat majmuasini rivojlantirishning
asosiy maqsadli muammolari. Agrosanoat majmuasi tarmoqlarini mutanosib
rivojlantirish masalalari.
Dostları ilə paylaş: