2-amaliy mashg’ulot operasiya nomini tuzilishini o’rganish. Guruh detallar aniqligini tekshirish


O’rnatish – tanavorni yoki buyumni bazalash va mahkamlash jarayoniga aytiladi. Tanavorga mexanik ishlov berish paytida bazalash



Yüklə 152,81 Kb.
səhifə4/4
tarix15.11.2022
ölçüsü152,81 Kb.
#69311
1   2   3   4
2-Amaliy mashg\'ulot

O’rnatish – tanavorni yoki buyumni bazalash va mahkamlash jarayoniga aytiladi.
Tanavorga mexanik ishlov berish paytida bazalash deb, tanavorga dastgohning keskich asbobiga nisbatan talab etilgan holat berilishiga aytiladi.
Texnologik amalni bajarish vaqtida, tanavorga talab etilgan holat berishdan tashqari, uni moslamada siljimasligini ham ta’minlash talab etiladi.
Bu ikki masala har xil bo’lishiga qaramasdan, ular nazariy jihatdan bir xil usul bilan echiladi, ya’ni fazodagi biron–bir harakatni ma’lum darajada cheklab qo’yish bilan yoki erkinlik darajasidan mahrum etishlik va mahkamlash bilan amalga oshiriladi.
Ma’lumki, qattiq jismning fazodagi harakatini to’la to’xtatib qo’yish uchun, uni oltita erkinlik darajasidan mahrum etish kerak; uch koordinata o’qlari bo’ylab ilgarilanma va shu o’qlar atrofida aylanma harakatlaridan. Absalyut qattiq jism deb qaraladigan har bir detalning holati, tanlangan uchta koordinata tekisligiga nisbatan aniqlanadi (3.1, 3.2, 3.3, 3.4 va 4.1–rasmlar).



4.1–rasm 4.2–rasm

Masalan, detal prizma shaklida bo’lgan holda (4.1–rasm), detalning pastki tekisligi xoy ni koordinat tekisligi XOY bilan bog’lovchi uch koordinataning berilishi bir vaqtda detalni uchta erkinlik darajasidan mahrum etib, Z o’qi bo’yalab siljish va X, Y o’qlariga parallel bo’lgan o’qlar atrofida burilish imkoni detalni, ushbu tekislikning uch nuqtaga tegishli masofasini aniqlaydi. Umumiy holda esa, har qanday detalning koordinat tizimi xohlagan holatni egallashi mumkin. Uni albatta asosiy bazalarga joylashtirish osondir. Yuzalaridan biri yoz ni YOZ koordinat tekisligiga nisbatan ikki nuqtasining masofasi bir vaqtda uning X o’qi bo’ylab siljishi va Z o’qiga parallel o’q atrofida burilish imkonidan, ya’ni detalni yana ikkita erkinlik darajasidan mahrum etadi. Oltinchi koordinat xoz tekisligi detal holatini XOZ koordinat tekisligiga nisbatan aniqlab, uni qolgan oxirgi erkinlik darajasidan mahrum etadi. Shunday qilib, koordinatlarning har biri detalning bittadan erkinlik darajasidan mahrum etar ekan va o’zaro perpendikulr uch tekisliklarning bitta nuqtasi bilan bog’langanligini bildiradi. Agar, prizmatik detalni uch tekislikka yaqin keltirilib tutashtirilsa 6 nuqtaning har biri detal baza sirtlarini tirab turuvchi tayanch nuqtaga aylanadi (4.2–rasm).


Masalan, silindr shaklidagi detalning uchta tanlangan koordinat tekislikka nisbatan holati ham 4.3–rasmda ko’rsatilgandek, oltita koordinat bilan aniqlanadi. Silindr yuzi uni hosil etuvchi chiziqning o’qqa nisbatan aylanishidan vujudga keltirilganligi uchun, detal koordinat tizimi o’qlaridan biri sifatida uning o’qini tanlash qulaydir. O’q esa ikki koordinat tekisliklar YOZ va XOY larning kesishuvidan hosil bo’lgan chiziqdan iboratdir.

4.3–rasm 4.4–rasm


Shuning uchun silindr shaklidagi detalning nuqtasini koordinat tekislik bilan bog’lovchi va detal o’qiga joylashgan 1 va 2 nuqtalar koordinatlari valikni ikki erkinlik darajasidan mahrum etadi: Z o’qiga parallel tarzda surilish va X o’qiga parallel o’q atrofida burilish harakatidan, val (yoz) sirtida yotuvchi nuqtalarni YOZ tekisligi bilan 3 va 4 nuqtalarni bog’lovchi koordinatlar, valni yana ikkta erkinlik darajasidan mahrum etadi: X o’qi bo’ylab surilish va Z o’qiga parallel o’q atrofida burilish harakatidan, o’z navbatida XOZ tekisligida yotuvchi nuqtani detal o’qi bilan kesishuvidagi 5 nuqta koordinati valikni beshinchi erkinlik darajasidan, ya’ni o’q bo’yicha surilish imkonidan mahrum etadi. XOZ tekisligida yotuvchi nuqtani koordinat tekisligi bilan bog’lovchi 6 koordinat valikni oxirgi erkinlik darajasi koordinat o’qiga parallael bo’lgan o’q atrofida aylanish imkonidan mahrum etadi (buning uchun valsimon detallarda shpon paz kabi qo’shimch sirt bo’lishi shart).



4.5–rasm 4.6–rasm
Xuddi shunga o’xshash disksimon (4.4–rasm) va shar tipidagi (4.5–rasm) detallarni koordinata tekisliklariga nisbatan fazoda joylashishini tahlil qilish mumkin. 4.6–rasmda disksimon detalni uch quloqli patronda bazalash sxemasi keltirildi.
Sxemalardan ma’lumki, xohlagan detalning koordinat tizimiga nisbatan holatini aniqlash uchun, tanlangan koordinata tizimi bilan detal koordinat tizimiining uch tekisligiga joylashgan, oltita nuqtani birlashtiruvchi oltita koordinat kerakdir.
Ozod holdagi qattiq jism deb qabul etiluvchi detalning holatini boshqa detalga nisbatan aniqlash uchun oltita tayanch nuqta zarur va yetarlidir. Bu xulosa bir detalni ikkinchi detalga nisbatan joylashish aniqligini belgilashda juda katta ahamiyatga ega bo’lib "OLTI nuqta qoidasi" deb ataladi.
Oltita tayanch nuqtalarni joylashtirish uchun detalda uchta yuza yoki bu yuzalarni o’rnini bosuvchi boshqa yuzalar, boshqa cha qilib aytganda koordinat tizimi bo’lishi kerak.
Yüklə 152,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin