2- mavzu. Marketing tamoyillari, vazifalari, funktsiyalari va turlari



Yüklə 318,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix14.12.2023
ölçüsü318,41 Kb.
#179767
  1   2   3   4   5   6


2- MAVZU. MARKETING TAMOYILLARI, VAZIFALARI, 
FUNKTSIYaLARI VA TURLARI 
1.
Marketingning asosiy tamoyillari 
2.
Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni 
3.
Marketingning vazifalari 
4.
Talabning holati va rivojlanishiga ko’ra marketing turlari. 
2.1.
 
Marketingning asosiy tamoyillari. 
 
Marketingning asosiy tamoyillari: 
1.
Iste’molchiga yo’naltirilganlik. 
2.
Kelgusiga yo’naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa 
muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo’ljalni olgan bo’lishi 
kerak. 
3.
Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo’naltirilganlik. 
Marketing faoliyati natijasi o’lchamli bo’lishi kerak (bozor ulushi, sotish hajmi, 
foydaning o’sishi). 
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi 
holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga 
mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib 
chiqadi: 

iste’molchilarga nima kerak bo’lsa o’shani ishlab chiqarish kerak; 

bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarn 
muammolarini yechish vositalari bilan ishlash; 

tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so’ng tashkil 
etish kerak; 

firmani 
ishlab 
chiqarish-eksport 
faoliyatining 
oxirgi 
natijalariga 
kontsentrlashganini kuchaytirish; 

marketing kontseptsiyasi vositalarini qo’llash asosida marketing dasturini 
shakllantirishga olib keluvchi qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks 
yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish; 

tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo’g’inlarini marketing bilan qamrab 
olish maqsadida bir vaqtni o’zida maqsadli yo’naltirilgan ta’sir asosida bozor 
talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo’llash; 

korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini 
bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali 
kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo’ljal olish; 

tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar 
taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish; 

tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash; 

talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo 
koorrdinatsiyalash va o’zaro ta’sirini ushlab turish; 



tovar bozori yoki firma imiji (obro’yi) va raqobatli afzallikni qidirish va 
shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka 
intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga 
moslashish va bozorga ta’sir o’tkazishdan iborat. 
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha 
asosiy tamoyillari kelib chiqadi: 

iste’molchilarga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi sxohdir; 

istiqbolga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati istiqbolga 
yo’naltirilgan bo’lishi zarur; 

pirovard ko’rsatkichga erishishga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor 
hissasini, foydani oshishi va hokazolar. 

Yüklə 318,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin