2- mavzu: Jaxon va O`zbekiston elektr energetikasi. Global va mintaqaviy muammolar. Reja: O‘zbekistonda elektrotexnikaning rivojlanishiga doir tarixiy ma’lumotlar



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə3/3
tarix27.11.2022
ölçüsü0,97 Mb.
#70840
1   2   3
2-ma`ruza

Issiqlik elektr stansiyalari. Umumiy quvvati 1880 GVt IES - yillik ishlab chiqarilgan energiyaning 63%, qismini tashkil qiladi.
Gidro elektr stansiyalar:
Umumiy quvvati 715 GVt Yillik energiyaning 24 % qismini yoki 171,6 mlrd. kVt soat elektr energiya ishlab chiqarmoqda.
Atom elektr stansiyalari:
Umumiy quvvati 380GVt.Yillik energiyaning 13% qismini yoki 49,4 mlrd kVt soat elektr energiya ishlab chiqarmoqda.
Izoh: Ma’lumotlar 2014 yil yakunlari bo‘yicha olingan.
Energiyaning asosiy qismi yirik va rivojlangan davlatlar xissasiga to‘g‘ri keladi: AQSh - 3600 mlrd. kVt soat; Yaponiya - 930 mlrd. kVt soat;Xitoy - 900 mlrd. kVt soat; Rossiya - 845 mlrd. kVt soat; Kanada, Ger- maniya, Fransiya birgalikda - 500 mlrd. kVt soat. Jami elektr energiyaning 6700 mlrd. kVt soat qismi, ya’ni 26 % i shu davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Jahondagi eng katta elektr stansiyalar quyidagilardir:Dunyodagi eng katta GES Xitoyning Uch-dara stansiyasi bo‘lib 1992-yilda ishga tushirilgan, quvvati 22 GVt, yiliga 100 mlrd. kVt soat enrgiya ishlab chiqaradi. Ikkinchi o‘rinda 2007-yilda Braziliya ning Amazonka daryosida qurilgan Itaypu GES i turadi. Uning quvvati 14 GVt bo‘lib yiliga 95 mlrd. kVT soat dan ortiq energiya ishlab chiqaradi.

Dunyodagi eng katta IES Xitoyning Tanchun stansiyasidir. Uning quvvati 6,6 GVt. Bir yilda 35 mlrdkVT soat energiya ishlab chiqaradi. Asosan ko‘mir yonilg‘isida ishlaydi.


Dunyodagi eng katta AES Yaponiyaning Fukusimo stansiyasi. Uning quvvati 8,8 GVt. 2011-yildagi avariyadan keyin ham u eng katta stansiya maqomini saqlab kelmoqda.
Dunyodagi birinchi AES Rossiyaning Obninsk shahrida 1954-yilda ishga tushirilgan, uning quvvati 6 MVt edi. Keyinchalik, 1956 yilda Angliyada quvvati 60 MVt bo‘lgan stansiya, 1958-va 1960-yillarda Germaniyada quvvatlari 6 MVt va 207 MVt bo‘lgan AES lar qurildi. Agar e’tibor bersangiz stansiyalarning quvvati bir necha yil ichida bir necha o‘n baravar ortgan. Bu o‘sha yillarda atom energetikasi sohasining keskin rivojlanishi bilan bog‘liq. Bugungi kunda Yer yuzi bo‘yicha 31 mamlakatda 190 dan ortiq AES lar ishlab turibdi, 1.9-rasmga qarang.

1.6-rasm. Yer yuzidagi AES larning joylashuv xaritasi.
Lekin so‘nggi yillarda, ayniqsa Yaponiyaning Fukusimo AES avariyasidan so‘ng jahonda AES larga bo‘lgan qiziqish so‘nib bormoqda. Eng ko‘p AES larga ega davlatlar, masalan Fransiya va Germaniya kelajakda ularni kamaytirishni rejalamoqda. Chunki amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, insoniyat texnikaviy taraqqiyotining bugungi darajasi atom energiyasidan xavf-xatarsiz foydalanishga hali tayyor emas. Shuning uchun ham, birinchi prezidentimiz I. A. Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mintaqasi yadrodan xoli mintaqaga aylantirilgan.
20-asrning ikkinchi yarmida keskin taraqqiy etgan atom energetikasi 21-asr boshlarida ekologik nuqta-inazardan talabga javob bera olmay qoldi. Jahon fani atom energiyasidan foydalanishning yangi texnologiyalari ustida izlanmoqda. 1953 yilda Amerikaning o‘sha davrdagi prezidenti Duayt Eyzenxauer atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish tashabbusi bilan chiqdi. Shu asosda 1957 yilda BMT tashabbusi bilan Atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro tashkilot MAGATE (mejdunarodnoe agentstvo po atomnoy energetike) - IAEA (International Atomic Energy Agency)tashkil topdi.

Yadro reaktori. Ekologik xatarlar
Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin