2  Amaliy mashg‘ulot Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlari



Yüklə 32,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü32,41 Kb.
#195134
1   2   3   4
2Amaliy mashg‘ulot

 
b)
 
ko‘ndalang prokatlash. 
Bu usulda zagotovka o‘qi prokat 
stanining silindrik jo‘valar o‘qiga parallel bo‘lib, jo‘valarning bir 
tomonga aylanishida ular oralig‘idan doiraviy zagotovka ezib 
o‘tkazilishida u qarama-qarshi tomonga aylanib ishlanadi. Bu ishlovda, 
masalan, shatun, silindrik tishli g‘ildirak, vallar zagotovkalari, sharlar 
olinadi: 
 
d) ko‘ndalang

vintli prokatlash. 
Bu usulda zagotovka prokat stani 
kletida bir-biriga ma’lum burchak bo‘lib o‘rnatilgan ikki tomoni 
kesik konusli, bir tomonga aylanuvchi jo‘valar orasidan ezib o‘tkazib 
ishlanadi. Bu usulda po‘lat yoki bo‘lak plastik metallardan gilzalar, 
keyin esa ulardan choksiz quvurlar olinadi (2.3-rasm).
 
 


 
 
2.3

rasm. Prokatlash turlari 
 
Bolg‘alash. 
Bolg‘alash tehnologik operatsiyasi metallarga bosim 
bilan ishlov berishning yuqori haroratlarda amalga oshiriladigan 
usullardan biri hisoblanadi. Bolg‘alashdan avval detalni ishlab 
chiqarilgan metall markasidan kelib chiqib qizdiriladi. Metallarga 
bolg‘alash bilan ishlov berish bir necha usullar bilan amalga oshiriladi:

pnevmatik, gidravlik va bug‘

havo uskunalarida amalga 
oshiriladigan bolg‘alash;

shtamplash;

qo‘l kuchi bilan bolg‘alash.
Mashina yoki qo‘l kuchi bilan amalga oshiriladigan bolg‘alashda 
detal ishlov berish zonasida tashqi muhit ta’siridan chegaralanmagan 
holda fazoda ixtiyoriy shaklga ega bo‘lishi mumkin.
Shtamplash usuliga asoslangan mashinalar va tehnologiyalarda 
zagotovkani ishlov berishdan avval shtamp matritsasiga joylashtirish 
ko‘zda tutiladi va shu orqali zagotovkaning fazoda ixtiyoriy tomonga 
siljishi nazorat qilinadi. Buning natijasida detal matritsa ichki qismi 
qanday shaklga ega bo‘lsa, o‘sha shaklga kiradi. Bolg‘alashdan 
ko‘pincha bir seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Presslash. 
Presslash tehnologik operatsiyasi press mashinalarida 
amalga oshirilib, bunda, metall matritsaning maxsus tirqishidan puanson 
yordamida siqib chiqariladi. Metallni matritsadan siqib chiqarish uchun 
yuklanish kuchi katta bo‘lgan preeslardan foydalaniladi. Presslash ishlov 
berilayotgan material markasiga qarab issiq yoki sovuq holda presslash 
kabi turlarga bo‘linadi.
Presslash bilan metallardan buyumlarni ishlab chiqarishda ikki usul 
bo‘lib, bulardan biri to‘g‘ri, ikkinchisi teskari presslashdir.



Yüklə 32,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin