1."Mumtoz menejment" maktabi mohiyati



Yüklə 17,64 Kb.
səhifə1/2
tarix31.03.2023
ölçüsü17,64 Kb.
#91744
  1   2
7...


Variant №7
1.”Mumtoz menejment” maktabi mohiyati.
1. “Mumtoz”chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazardan yondoshish yo‘li bilan undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad-boshqarishning unversal tamoyillarini yaratish va shuning evaziga muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jixatiga e’tiborni qaratdilar: * Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Shu maqsadda tashkilotni bo‘linmalar yoki ishchi guruxlarga bo‘lish, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muxim tomonlari deb xisobladilar. * Tashkilotning oqilona tarkibi va xodimlarning oqilona boshqaruviga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo‘lishini va xodim faqatgina bitta boshliqdan topshiriq olish va unga bo‘ysinishi lozim degan g‘oyani ilgari surishadi. A.Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli xissa qo‘shgan frantsuz olimlaridandir. U Frantsiyadagi yirik ko‘mir qazib oluvchi kompaniyani boshqargan. A.Fayol o‘zining boy amaliy tajribasini “Umumiy va sanoat boshqaruvi” (1916) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv tamoyillari xozirgi kunda xam o‘z axamiyatini yo‘qotmagan. Anri Fayolning boshqarish tamoyillari Mexnat taqsimoti  Ixtisoslashuv natijasida ko‘p miqdorda va yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqariladi. Bu e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan maqsadlar sonini keskin qisqartirish evaziga 18 с erishiladi. Vakolat va mas’uliyat  Vakolat-bu buyruq berish uchun berilgan xuquq. Mas’uliyat esa buning aksi. ¡aerda vakolat berilgan bo‘lsa o‘sha erda mas’uliyat vujudga keladi. Intizom  Intizom raxbar bilan xodim o‘rtasida o‘zaro xurmat, quloq solishni talab qiladi. Shartnomalarning so‘zsiz bajarilishini taqoza etadi. Yakkaboshlik  Xodim bevosita boshlig‘idan buyruq olishi kerak. Yo‘nalishning bir xilligi  Yagona maqsad doirasida faoliyat ko‘rsatayotgan xar bir gurux, yagona reja asosida ishlashi va bitta raxbarga ega bo‘lishi kerak. Shaxsiy manfaatlarni umumiy manfaatga bo‘ysindirish  Ayrim xodim yoki guruxdagi kishilarning manfatlari birbiriga zid kelmasligi kerak. Xodimlarni taqdirlash  Xodimlarning ishonchini qozonish va ularning xamdardligini oshirish uchun ularga adolat yuzasidan barcha mexnatiga xaq to‘lash lozim. Markazlashish  Xamma o‘z o‘rnida bo‘lishi va o‘z burchini ado etishi lozim. Boshqaruvdagi ierarxiya  Bunda quyi daraja yuqoridan nazorat qilinadi va yuqoriga bo‘ysinadi. Tartib  Xamma o‘z o‘rnida bo‘lishi va o‘z burchini ado etishi lozim. Adolat  Tashkilotda adolatning xukm surishi-bu qonunning ustivorligi bilan raxmdillikning uyg‘unlashuvidur. Xodim uchun ish joyining doimiyligi  Yuqori darajadagi qo‘nimsizlik tashkilot faoliyati samaradorligini pasaytiradi: £z ish joyini mustaxkam egasi bo‘lish xarakatida bo‘lgan oddiy raxbar bir joyda muqum ishlashni istamaydigan iste’dodli raxbardan ming, chandon yaxshi. Tashabbus  Tashabbus-bu tor ma’noda rejani ishlab chiqish va uning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashdir. Korporativ rux  Ittifoq-bu kuch. U esa xodimlar o‘rtasidagi xamjixatlikning va manfaatlarning xamoxang-lashuvi natijasi bo‘lishi mumkin. A. Fayol boshqarishni:  Kelajakni ko‘ruvchi;  Faoliyatni tashkillashtiruvchi;  Tashkilotni idora qiluvchi;  Faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi;  Qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qurol deb ataydi. Bu fikrlar xozirgi davrgacha boshqarish fani asosida yotadi. “Ilmiy menejment” va “mumtoz menejment” namoyandalari mexnatni ilmiy tashkil qilish tamoyillarini ishlab chiqishdi. Mexnatni texnokratik boshqarilishiga asos solishdi. Bu tamoyillar asosida:  raxbarning xodimga bo‘ladigan munosabatlari aloxidalashtirildi;  mexnatni rag‘batlantirish qat’iy me’yorlashtirildi;  mexnatni rejalashtirish va uni nazorat qilish qat’iylashtirildi;  mexnatga jismonan majburlash o‘rnatildi;  yollanma ishchidan fikrsiz robot sifatida foydalanish usuli qat’iy o‘rnatildi. Mexnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarning mexnat unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador va maqbul usul sifatida ko‘p yillar davomida xizmat qildi. Ayniqsa, bu usul G.Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga erishdi. Uning boshqa kompaniyalardagi izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksizkonveyer usulida tashkil etishlari boshqarishni markazlashtirishga, mexnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorlikni keskin o‘stirishga erishdilar. 1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mexnatni tashkil qilish va uni boshqarishda qo‘llanilayotgan texnokratik usulning xam takomillashtirilishini taqoza etdi.
2.Boshqarishda axborot va kommunikatsiya
Axborot bu ma'lumot va xabarlar to’plami bo’lib, mazmunan yangilik unsurlariga ega bo’ladi va boshqaruv vazifalarini hal etish uchun o’ta zarurdir. Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo’lmaydi. Axborotlar boshqaruv negizi hisoblanadi. Boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayoni amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning borishi to’g’risidagi ichki axborot boshqaruvchi tizimga muttasil kelib tushadi. Bu:  ish o’rinlarigva xom-ashyoning kelib tushishi;  stanok, uskunalarning ishlashi;  ishchilarning ishlab chiqarish normalarini bajarishi;  tayyorlangan buyumlar miqdori va ularning sifati;  mahsulotlarni sotishi haqidagi axborotlar. Tashqi axborotlar, ya'ni:  yuqori tashkilotlardan olinadigan farmoyish, qaror va topshiriqlar;  mahsulot iste'molchilari talablari;  boshqa korxonalarning ilg’or tajribalari;  raqobatdoshlarning xatti-harakatlari;  bozorlardagi holat, ulardagi muvozanat;  inflyatsiya va ishsizlik darajasi;  byudjetga to’lovlar va hokazolarda oid ma'lumotlar shu turkumdagi axborotlar sirasiga kiradi. Bo’lar tashqi muammolardan kelib chiquvchi axborotlar hisoblanadi. Agar korxona ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan aloqalar buzilsa, korxonaning yashashi xavf ostida qoladi. Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga qo’yiladigan talablar. Boshqarishda foydalaniladigan va bajarilishi uchun uzatiladigan axborotlarga quyidagi talablar qo’yiladi:  Ishonchlilik;  tushunarli, bir ma'nolilik; Boshqaruvchi tizim Boshqariluvchi tizim 100 с  tezkorlik;  to’liqlik;  tejamlilik.
Yüklə 17,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin