18-вариант топширик Саволларга жавоб беринг


O`qituvchining mulоqоt оdоbi. Yoqtirish vа yoqtirmаslik?



Yüklə 63,01 Kb.
səhifə6/9
tarix16.11.2022
ölçüsü63,01 Kb.
#69368
1   2   3   4   5   6   7   8   9
401AbdupattoxovaSh pedagogikmahorat

O`qituvchining mulоqоt оdоbi. Yoqtirish vа yoqtirmаslik?

Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va hatti-harakatlari o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining o‘qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning hatti-harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. O‘qituvchi sub’ekti bilan, o‘quvchi ob’ekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada o‘quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.

Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir.


O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:


1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.


2. YOsh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi.


3. SHarqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi.


4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi.


Muomala o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida ulkan pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada o‘qituvchi quyidagi faoliyatga qat’iy amal qilishi lozim:


- o‘qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbiyaviy jarayonga oid so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi;


- muomala ob’ekti bo‘lmish o‘quvchilar diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat, imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi;


- o‘quvchilarning ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi;


- o‘quvchilarga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usullarini bilishi. O‘qituvchining nutqi ravon, o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo‘lishi.


Nihoyat, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u o‘quvchilarning hatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sabablarni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning o‘zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o‘quvchilarning xulq-atvop usullaridan foydalanadi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi hamda o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala o‘zaro munosabatlar doirasida sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir bo‘ladi.


Pedagogik muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘zaro axborot almashish jarayoni vazifasini bajaradi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida bevosita o‘z tarbiyalanuvchilari, umuman o‘quvchilar jamoasi haqida, unda ro‘y berayotgan turli ichki hodisalar haqida g‘oyat xilma-xil axborotlarga ega bo‘ladi va o‘zining kelgusi ta’lim-tarbiyaviy rejalarini hamda pedagogik faoliyatini belgilaydi. SHu bilan birga, o‘qituvchi muloqot asosida o‘z tarbiyalanuvchilariga ma’lum bir maqsadga qaratilgan axborotlar tizimini ma’lum qiladi. Bunda o‘qituvchi tomonidan yo‘l qo‘yiladigan arzimas bir xatolik, adolatsizlik, qo‘pollik o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot madaniyatining buzilishiga sabab bo‘ladi va tuzatib bo‘lmaydigan og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot madaniyatiga erishishi natijasida quyidagi holatlar paydo bo‘ladi:

pedagogik muloqot orqali o‘qituvchi tarbiyalanuvchi ob’ekt bilan o‘ziga xos muomala muhitini yaratadi. Bunday muhitda o‘qituvchi o‘zining psixologik, mimik, pantomimik, notiqlik san’ati, ta’sir o‘tkazish kabi qobiliyatlar tizimini namoyish etadi;


o‘qituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bo‘lishi, samimiy muomalasi muloqotda ijobiy natijalarga erishish kalitidir;


o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada o‘qituvchining doimo psixologik bilimlarga tayanishi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil muvozanatni saqlaydi;


o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan o‘zaro muloqotga kirishar ekan, yaxshi muomalasi bilan ular hissiyotida yashiringan eng nozik qatlamlarni ham anglab olishga qodir bo‘ladi.


Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida ob’ekt va sub’ektning ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro uyg‘unlashuvni yuzaga keltiradigan muomalaning asosiy bog‘lovchisi so‘zdir. So‘z – mazmunan o‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va deklamatsiyalarida o‘z ifodasini topadi.


Pedagogik muloqot madaniyati vositasida o‘qituvchi har qanday axborotni qarab chiqar ekan, o‘quvchilarning shaxsi va psixologik xususiyati haqidagi axborotlarning muhimligini alohida e’tiborga olishi lozim. Pedagogik muloqot madaniyati, o‘qituvchini g‘oyat xilma-xil sharoit va ko‘rinishlarga moslashishiga imkoniyat yaratadi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo‘lmasada, o‘quvchilar ichki dunyosida sodir bo‘layotgan, ularni tushunish uchun juda muhim bo‘lgan zarur ichki jarayonlar ko‘rinishlarining alomatlarini bilib, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat olib boradi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning ichki dunyosini tushunib, muloqotga kirishishi lozim. O‘qituvchining muloqot madaniyati asosida gapiradigan har bir so‘zi, fikri, turli hodisa va jarayonlar o‘quvchilar tomonidan har xil ko‘rinishda tushuniladi, bu o‘quvchining fikr mulohazasiga, ichki dunyosining teranligiga, tafakkuri va dunyoqarashining kengligi bilan izohlanadi, bunda o‘qituvchi mahoratining uchta jihatiga alohida e’tibor qaratiladi: hayotiy tajribasi; pedagogik faoliyat jarayonida egallagan ko‘nikma va malakasi; muayyan o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada bo‘lish tajribasi.
Odamlarning mehr-oqibati, bir-birlariga nisbatan o‘zaro hurmat e’tiborda bo‘lishlari o‘zaro muomala jarayonida namoyon bo‘ladi. Xalqimizda azaldan muloqot salomlashish madaniyatidan boshlanadi. Salomlashish turli xalqlarda har xil amalga oshiriladi. Xalqimizda salomlashish axloqlilikning yuksak namunasi sifatida e’tirof etilib, uning negizida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, shu millatning ruhiy xususiyatlari, o‘zaro munosabatlarining ma’naviy asoslari, bo‘lajak muloqotning xarakteri, o‘zaro hamkorligi aks etadi. “Qur’oni karim”da salomlashish odobi musulmon ahlining qat’iy majburiy burrchi tarzida bayon etiladi: “Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. SHoyad ushbu eslatmadan ibrat olsangizlar”(24.27), (24.61).

Ajdodlarimiz madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so‘z, xalq tilining tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, YUsuf Xos Hojib, Ahmad YUgnakiy, Hisrav Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, SHayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa SHarq va G‘arb donishmandlarining boy meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targ‘ib qilingan.


Ular so‘zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb bilishgan hamda har bir so‘zning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so‘zdan kuchliroq va qudratliroq narsa yo‘qligini, tilga e’tibor – elga e’tibor ekanligini, so‘z sehri mo‘‘jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar. Bularning barchasi mudarris va shogirdlarning samimiy muloqoti jarayonida amalga oshirilgan. Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan insonning o‘nta nishonasi borligini alohida ta’kidlashgan:


birinchisi: xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga noto‘g‘ri deb qaramaslik;


ikkinchisi: yoshlikdan o‘z nafsiga erk bermaslik;


uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik;


to‘rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo‘yish;


beshinchisi: agar gunohkor uzr so‘rasa, uzrini qabul qilish va


kechirimli bo‘lish;


oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish;


ettinchisi: doimo el g‘amini eyish;


sakkizinchisi: aybini tan olish;


to‘qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo‘lish;


o‘ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo‘lish.


Muloqot SHarqona tarbiyada axloq qo‘rki sanalgan. Muallim har bir o‘quvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi, hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan o‘zaro muloqotida namoyon bo‘lishini uqtirishgan. SHarq mutafakkirlari merosida muloqot – azaldan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi bo‘lgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan. SHuning uchun ham til – aloqa quroli sifatida ta’riflanadi.


Insonning tili shirin, muomala madaniyatiga ega bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro‘-e’tibor topadi. Ko‘p gapirish hech qachon kishiga obro‘ keltirmaydi. SHuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, aytiladigan har bir so‘zga hurmat bilan, o‘ylab yondashish lozimligini uqtirib o‘tganlar. O‘qituvchi “so‘z aytishdan avval, har daqiqada so‘z ortidan keladigan oqibatlarni o‘yla”shi (I.P.Pavlov) kerak. Alisher Navoiy o‘z adabiy meroslarida muomala madaniyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati to‘g‘risida, shirinso‘zlik haqida noyob fikrlarni bayon qilgan. Bygungi kunda ham bu fikrlar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. “Til shirinligi – ko‘ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydali. SHirin so‘z sof ko‘ngillar uchun acal kabi totlidir” - deydi alloma.

O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchining til boyligi muhim ahamiyatga ega: bir tomondan, shirin tillilik o‘quvchilarni o‘qitish va tafakkurini rivojlantirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, o‘qituvchining til boyligi nutqining obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo‘lishini ta’minlaydi, natijada o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etadi. Zotan, til va nutqning teranligi, o‘qituvchining mahoratini, ma’naviy boyligini, o‘qituvchilik qobiliyatining qay darajada ekanligini ifodalaydigan o‘lchov, ko‘rsatkich hisoblanadi. Amerikalik taniqli shoir Rolf Emerson: “Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur qiladi” deydi. SHarq mutafakkirlari ijodida til va nutq vositalari orqali notiq, voiz, badihago‘y, qissaxon kabi maxsus san’at ahillari va mudarrislar diniy, ta’lim-tarbiyaviy, islomiy aqidalarni ommaga singdirishgani, pand-nasihatlar qilishgani bayon etiladi. Ushbu nutq sohiblari keng qamrovli bilimga, boy axborotga ega bo‘lishgan.


Alisher Navoiy “Voiz olimning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘lishini, uning nasihatidan chiqmaslikni” o‘z asarlarida bayon etgan. SHuning uchun til shirinligi va notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir o‘qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati xicoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O‘qituvchining tili, nutqiy qobiliyati o‘quvchilarning o‘zlarini tuta bilishlariga, xulq-avtori va fikr yuritishlariga ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir. O‘qituvchining “til boyligi va notiqlik san’ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan” (A.P.CHexov). Uning his tuyg‘usi, intilishlari, iroda va e’tiqodi nutqida aks etadi. O‘qituvchi til boyligi bilan o‘quvchilarda xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g‘azablanish, nafratlanish hissiyotlarini uyg‘otadi, bilim olishga undaydi. SHuning uchun o‘qituvchi “tilning xalq o‘tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita” (K.D. Ushinskiy) ekanligini unutmasligi kerak.


Kishilarning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarida shirinsuxanlik, go‘zallik, so‘zlashuv ohangidagi muloyimlik myosharat odobi deyiladi. Muosharat odobi insonning go‘dakligida ota-ona bag‘rida, oilada shakllantirilishi kerak. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deyiladi xalq maqollarida. Oilada o‘rganilgan muosharat odobining poydevori mustahkam bo‘ladi. Bola maktabda, ulg‘aygach esa, ijtimoiy muhitda ko‘nikma hosil qilish jarayonida oilasida o‘rganilgan muosharat odobining kuch-qudratini doimo his qiladi.
O‘quvchilarga muosharat odobini shakllantirish uchun o‘qituvchining o‘zi avvalo xushmuomalaligini namoyish etib, o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olishi, mehribonligi, ular bilan hamdard, hamfikr bo‘lib, o‘rnak bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. SHarq mutafakkirlari asarlarida muosharat odobi turli ko‘rinish va nomlarda bayon etiladi. Jumladan, Al Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida asosiy g‘oya – fozil kishilar obrazi. U kim bo‘lishidan qat’iy nazar shohmi, gadomi, oddiy fuqaromi fozil kishidir. SHaharning fozil kishilari bir-birlariga nisbatan hurmat va izzatda bo‘ladilar. Ota-ona va farzand, ustoz va shogird, do‘stlar, qarindoshlar o‘rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom mavjud. Forobiy asarida bundan bir necha asr ilgari ham ota-bobolarimizning ma’naviyati naqadar yuksak bo‘lganligi va bu avlodlarga o‘rnak bo‘lishi ta’kidlanadi. Onore de Balzak “Xushmuomalalik va kamtarlik kishining chinakam ma’rifatli ekanligidan dalolat beradi” deydi. Ingliz donishmandi Jon Libbok “Odamlar boodoblilik yordamida hattoki kuch bilan erishish mumkin bo‘lmagan g‘alabalarga erishishi mumkin”ligini aytadi. Demak, muosharat odobi nafaqat milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning ko‘zgusi bo‘lgan, balki turkiy xalqlarning noyob insoniy fazilati sifatida e’tirof etilgan.

Insonning eng ulug‘, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri odamlar orasida, ya’ni jamiyatda o‘z o‘rnini topib yashashidir. By faoliyatning murakkabligi shundaki, ko‘pchilikka qo‘shilish, ular bilan ahil bo‘lib yashash uchun insonda shunga yarasha muomala va munosabat bo‘lishi kerak. Muomala va munosabatda o‘quvchilarning diliga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol va dilozor muloqot olib boruvchi o‘qituvchilarni hech kim yoqtirmaydi. O‘quvchilar xushfe’l, shirinsuxan, adolatparvar, muomalasi shirin o‘qituvchi va tarbiyachilarni dildan yoqtirishadilar va hurmat-e’tibor qilishadi. Insonlar orasida munosib o‘rinini topish, inoq va hamjihat bo‘lib yashash shartlaridan biri odamning kamtarligidir. Kamtarin inson hech qachon o‘zining yutug‘i bilan, badavlatligi bilan, ilm-hunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, sodda bo‘ladi. Ammo insondagi kamtarlik samimiy bo‘lmog‘i zapyp.


SHirin so‘z muloqotga kirishishning asosiy qurolidir. U inson qalbini ilitadi, qo‘pol co‘z inson kalbini jarohatlaydi. O‘qituvchining “aql-zakovati, fikri, his-tuyg‘ulari, bilimi va madaniy saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi” (Aziz YUnusov). CHunki so‘zning qudrati katta. O‘qituvchi o‘z so‘ziga, tiliga nihoyatda ehtiyotkor bo‘lmog‘i lozim. Eng avvalo, o‘quvchilarga muomala madaniyatini, kattalar oldida o‘zini tuta bilishi, gapini bo‘lmasligi, yoshi ulug‘larga gap qaytarmaslikni o‘rgatish zarur.


Muloqot madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz zarur. O‘qituvchining qanchalik bilimli, aql-zakovatli ekanligi o‘quvchilarning bir-birlari bilan va ota-onalari bilan olib boradigan muloqoti orqali namoyon bo‘ladi.


Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-birlariga so‘z yordamida etkazadilar, amalga oshiradilar. SHu tufayli so‘zlashuv munosabatlari nihoyatda go‘zal va muloyim bo‘lishini hayot taqozo etadi. Co‘zga boy, shirinsuxan kishilarning muomalalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo‘ladi. Bunday kishilarni yoqtiradilar, hurmat qiladilar. So‘zlashuv ham o‘ziga xos san’atdir. Bu san’atning ildizi muosharat odobi bo‘lib, uni mukammal o‘rganish har bir inson uchun zarur. SHy bilan birga, ona tilini mukammal o‘rganmoq va sof adabiy tilda o‘quvchilar bilan muloqot qilish o‘qituvchining notiqlik qobiliyatidir.


Pedagogik muloqot: funktsiyalari, tuzilishi va uslublari
Psiхоlоgik lug’аtlаrdа mulоqоt tushunchаsigа ikki хil tа’rif bеrilаdi:1) mulоqоt – hаmkоrlikdаgi fаоliyat ehtiyoji bilаn tаqоzоlаngаn аlоqа o’rnаtish vа uni rivоjlаntirish jаrаyoni; 2) mulоqоt – bеlgilаr tizimi оrqаli sub’еktlаrning o’zаrо tа’sirlаshuvi.
Mulоqоt –tа’lim оluvchi psiхоlоgik vа ijtimоiy rivоjining muhim оmillаridаn biri bo’lib, birgаlikdаgi fаоliyatdа umumiy nаtijаlаrgа erishish, shахslаrаrо munоsаbаtlаrni yo’lgа qo’yish vа qo’llаb-quvvаtlаsh mаqsаdidа ikki yoki undаn оrtiq kishilаrning o’zаrо hаrаkаti. Mulоqоt mоtivlаri tа’lim оluvchining аsоsiy ehtiyojlаri bilаn tig’iz bоg’lаngаn bo’lib, аnа shu аsоsdаn kеlib chiqib ulаrni uch muhim kаtеgоriyasini аjrаtib ko’rsаtish mumkin: bilish, ishbilаrmоnlik, shахsiy.

Psiхоlоgiyadа mulоqоtni tаhlil qilishdа uning turli jihаtlаrigа e’tibоr qаrаtilаdi: “kоmmunikаtsiya” (ахbоrоt аlmаshuv), “ijtimоiy pеrtsеptsiya” (insоnni insоnni idrоk etishi vа tushunishi), “intеrаktsiya” (birgаlikdаgi hаrаkаt). Аmаliy mulоqоt mаzkur tаrkibiy qismlаrning yig’indisi sifаtidа yuzаgа chiqаdi. Pеdаgоgik jаrаyondа mulоqоt fаqаt bir funktsiya – ахbоrоt bеrish bilаn chеgаrаlаnаdi. Birоq mulоqоtning bаrchа tаrkibiy qismlаri – ахbоrоt аlmаshuv vа vаzifаlаrni аmаlgа оshirish, o’zаrо munоsаbаtlаrni tаshkil etish, bоlа shахsini bilishvа ungа tа’sir ko’rsаtishdаn fоydаlаnish zаrur.


Pedagogik muloqot deganda pedagog va o‘quvchilar jamoasi o‘rtasida o‘zaro birgalikdagi harakatning mazmunan axborot ayirboshlashdan, o‘quv-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va o‘zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va malakalari tushuniladi. Pedagog ushbu jarayonning tashabbuskori sifatida maydonga chiqadi va uni tashkil etadi hamda unga boshchilik qiladi.


A.N.Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy-didaktik ahami­yatini baholar ekan, quyidagi fikrlarni bildiradi: faol pedagogik muloqot – o‘qituvchining, umuman olganda pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarni bilish va o‘rganish kaliti va o‘quv faoliyatining ijodiy xarakteri, o‘quvchi shaxsining shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan, ta’lim-tarbiyada maqbul bo‘lgan emotsional muhitni ta’minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to‘siqlarning paydo bo‘lishini oldini oladigan, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik jarayonlarni to‘g‘ri yo‘lga solib boshqarishni ta’minlaydigan va o‘quv tarbiyaviy jarayonda o‘qituvchining o‘z pedagogik mahoratidan oqilona foyda­lanishi uchun imkoniyatlar yaratadigan muhim vositadir.


Pedagogik faoliyatda muloqot o‘quvchilarga zamon talablari asosida ta’lim berish vazifalarini hal qilish vositasi, tarbiyaviy jarayon­larni ijtimoiy-pedagogik jihatdan ta’minlash tizimi sifatida namoyon bo‘ladi.


Pedagogik muloqot ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida quyidagi funktsiyalar bilan xarakterlanadi: shaxsni o‘rganish (bilish), axborot almashish va faoliyatni tashkil etish.


Muloqotning axborot almashish funktsiyasi ma’naviy boylik va yangiliklar bilan o‘rtoqlashish jarayonini rivojlantirish uchun ijobiy ishtiyoqlar, hamkorlikda ishlash va fikrlash uchun sharoitlar yaratishdan iborat.


Rollar almashinishi yordamida muloqot o‘rnatish esa ularda u yoki bu ijtimoiy shakllanib qolgan xatti-harakatni dasturlaydi. O‘qituvchilar o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs-rol shaklidan foydalanadilar: darsning ayrim elementlarini bajarishga o‘quvchilarni taklif qiladilar. Bunda o‘quvchilar tomonidan o‘z shaxsi (men)ni, o‘z qadr-qimmatini, shaxsini munosib baholash va kelajagini tasavvur eta bilish uchun intilishlarini ta’minlash imkoniyati tug`iladi.


Muloqotning eng muhim funktsiyalaridan biri – hamdard bo‘lishdir. U boshqa kishi hissiyotlarini tushunishi, boshqalar nuqtai nazarini ma’qullash qobiliyatini shakllantirishi jarayonida amalga oshadi va jamoadagi munosabatlarni me’yorga keltiradi. Bunda o‘quvchiga uning istaklarini tushunish va bular asosida o‘quvchiga ta’sir etish zarurligini anglash o‘qituvchi uchun juda muhimdir.


Pedagog faoliyatining didaktik va xususan tarbiyaviy vazifalarini o‘qituvchi bilan o‘quvchilar jamoasi o‘rtasidagi sermahsul muloqot jarayonini tashkil etmasdan turib, yetarli darajada unumli tarzda amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu tariqa pedagog faoliyatida muloqot:


birinchidan, xususan o‘quv vazifalarini hal etish vositasi sifatida;


ikkinchidan, tarbiyaviy jarayonni ijtimoiy-psixologik jihatdan ta’minlovchi tizim sifatida;


uchinchidan, o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida ta’lim va tarbiyaning muvaffaqiyatli olib borilishiga imkon beradigan o‘zaro munosabatlarning muayyan tizimini tashkil etish usuli sifatida;


to‘rtinchidan, busiz o‘quvchining individga xos xususiyatlarini tarbiyalab bo‘lmaydigan jarayon sifatida maydonga chiqadi.


Pеdаgоgik mulоqоt pеdаgоgik jаrаyon mаntig’igа mоs kеlаdigаn dinаmik tаvsifgа egа. Pеdаgоgik mulоqоtning tuzilishidа quyidаgi bоsqichlаr аlоhidа аjrаtib ko’rsаtilаdi: 1. Mоdеllаshtirish (bаshоrаtgа dоir) – pеdаgоgik vаzifаlаrgа mоs o’zаrо hаrаkаtning kоmmunikаtiv tuzilishini o’zigа хоs tаrzdа rеjаlаshtirishni аmаlgа оshirish. 2. Bеvоsitа mulоqоtni tаshkil etish (kоmmunikаtiv hujum) – pеdаgоg tаshаbbuskоrlikni o’z qo’ligа оlаdi, guruhni tеzlik bilаn ishgа jаlb etish tехnоlоgiyasi 3. Mulоqоtni bоshqаrish – qo’llаnilаdigаn tа’sir ko’rsаtish mеtоdlаrining kоmmunikаtivligini tа’minlаsh (o’quvchilаrning tаshаbbusini qo’llаb-quvvаtlаsh, o’quvchilаrning tаshаbbus ko’rsаtishini tаshkil etish, diаlоgik mulоqоtni yo’lgа qo’yish, o’z mo’ljаlini rеаl shаrоit bilаn uyg’un tаrzdа kоrrеktsiyalаsh. 4. Аmаlgа оshirilаyotgаn pеdаgоgik mulоqоt tехnоlоgiyasining bоrishi vа nаtijаlаrini tаhlil etish. Mаzkur bоsqich ko’pinchа o’zining mаzmunigа ko’rа mulоqоtdа qаytа аlоqа bоsqichi dеb nоmlаnаdi hаmdа kоmmunikаtiv vаzifаni hаl etishning yakuniy bоsqichigа mоs kеlаdi.


Pedagogik muloqotda uchraydigan kamchiliklar quyidagilarni kiritish mumkin: 1) ehtiyotsizlik, shaxsiyatparastlik, suhbatdoshni ortiqcha majburlash;


2) passivlik, o‘zini yuqori qo‘yish; 3) haddan tashqari jonbozlik ko‘rsatish


Psiхоlоgiyadа turli tipdаgi bоshqаruvchilаrning ijtimоiy psiхоlоgik pоrtrеti ishlаb chiqilgаn bo’lib, undа ulаrning bоshqаruvidа bo’lgаn jаmоа bilаn mulоqоti tехnikаsi tаhlil qilingаn. O’qituvchi hаm pеdаgоgik jаrаyondа mulоqоtning eng kеng tаrqаlgаn uch turidаn fоydаlаnаdi: аvtоritаr, dеmоkrаtik vа libеrаl.

Аvtоritаr uslub. Tа’lim оluvchilаr fаоliyatigа tеgishli bаrchа mаsаlаlаrni, hаttоki kim qаyеrdа o’tirishigаchа o’qituvchi yakkа o’zi hаl qilаdi, tа’lim оluvchilаr tоmоnidаn ko’rsаtilаdigаn bаrchа tаshаbbusni tаqiqlаydi. Bu uslubni qo’llоvchi o’qituvchining mulоqоt mеtоdlаri sifаtidа buyruq, ko’rsаtmа bеrish vа tаnbеh хizmаt qilаdi.


Dеmоkrаtik uslub. Bundа o’qituvchi jаmоа fikrigа tаyangаn hоldа ish tutаdi, fаоliyat mаqsаdini bаrchа tа’lim оluvchigа еtkаzishgа hаrаkаt qilаdi, fаоliyatning kеchishini muhоkаmа qilishgа bаrchаni jаlb etаdi; o’z vаzifаsini fаqаt nаzоrаt vа munоfiqlаshtirish dеb bilmаy, tаrbiya bilаn hаm shug’ullаnаdi; bаrchа tа’lim оluvchilаrni rаg’bаtlаntirаdi vа ulаrdа o’z-o’zigа ishоnchni shаkllаntirаdi; jаmоаdа o’z-o’zini bоshqаrish rivоjlаnаdi. Bu uslubni qo’llоvchi o’qituvchi bаrchа jаmоа а’zоlаrining individuаl хususiyatlаrini inоbаtgа оlgаn hоldа ulаr o’rtаsidа vаzifаlаrni tеng bo’lishgа hаrаkаt qilаdi; tаshаbbus vа fаоllikni rаg’bаtlаntirаdi. Bundаy o’qituvchining mulоqоtdа qo’llаydigаn mеtоdlаri – iltimоs, mаslаhаt, ахbоrоt bеrishdir.


Libеrаl uslub – bоshqаchа qilib аytgаndа, аnаrхik. O’qituvchi jаmоа hаyotigа umumаn аrаlаshmаslikkа hаrаkаt qilаdi, fаоlligi sust, muаmmоlаrni yuzаki ko’rib chiqаdi, bоshqаlаrning tа’sirigа оsоn tushib qоlаdi. Mа’suliyatdаn o’zini оlib qоchаdi vа o’z аvtоritеtini yo’qоtаdi.




  1. Yüklə 63,01 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin