18 – mavzu: iso 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar bo’yicha ishlarni tashkil etish. Reja: 1



Yüklə 292,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix17.07.2023
ölçüsü292,01 Kb.
#136757
  1   2   3   4
18 – mavzu iso 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar bo’yicha i



18 – MAVZU: ISO 9000 SERIYASIDAGI XALQARO 
STANDARTLAR BO’YICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH. 
Reja: 
1.
 
Sifat tushunchasi va sifatni shakllantirish. 
2.
 
ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar to’g’risida ma’lumotlar. 
3.
 
ISO 9001 xalqaro standari talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini 
ishlab chiqish va joriy etish. 
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti - Britaniya Assotsiatsiyasi 
/Britich Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo’lib, biroz 
keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo’mitasi 
(1918 y.), Amerika qo’mitasi (1918 y.) va boshqalar tashkil topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqazo qildi. 
SHu maqsadda 1926 yili standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlarning Xalqaro 
Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo’ldi. ISA ning tarkibiga 20 mamlakat vakillari kirdi.
1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo’yicha Xalqaro s’ezd ochildi. 
Uning tarkibi turli texnika sohalari bo’yicha 32 ta qo’mita va kichik qo’mitalardan 
tashkil topdi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini 
to’xtatib qo’ydi.
Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards 
Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu 
nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat 
ko’rsatib, rivoj topmoqda.
ISO ning tuzilishidan ko’zda tutilgan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi 
mol almashinuvida va o’zaro yordamni engillashtirish uchun dunyo ko’lamida 
standartlashtirishni rivojlantirishga ko’maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy 
va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo’stlikni rivojlantirishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun: 

dunyo ko’lamida standartlarni va ular bilan bog’liq bo’lgan sohalarda 
uyg’unlashtirishni engillashtirish uchun choralar ko’rish; 

xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart 
uchun uning faol tashkiliy va kichik qo’mitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab 
ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to’rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, 
standart ma’qullanishi mumkin); 

o’z qo’mita a’zolarining va texnikaviy qo’mitalarning ishlari haqida 
axborotlar almashinuvini tashkil qilish; 

sohaviy masalalar bo’yicha manfaatdor bo’lgan boshqa xalqaro 
tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko’zda tutiladi.
ISO rahbar va ishchi qo’mita idoralaridan tashkil topgan. Rahbar idoralari 
tarkibiga Kengashning yuqori idorasi - Bosh Assambleya, Kengash, ijroiya 
byurosi, texnikaviy byuro, kengashning texnikaviy qo’mitalari va markaziy 
sekretariati kiradi.


 ISO da prezident, vitse-prezident, g’azinachi va bosh sekretar lavozimlari 
mavjud. Bosh Assambleya - ISO ning Oliy Rahbari bo’lib, ISO ning yig’ilishi uch 
yilda bir marta bo’ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.
Bosh Assambleya o’tkazish vaqtida sanoat sohasida etakchi mutaxassislar 
ishtirokida xalqaro standartlashtirishning muhim muammolari va yo’nalishlari 
muhokama qilinadi.
ISO kengashi yiliga bir marta o’tkazilib, unda tashkilotning faoliyati, 
xususan, texnikaviy idoralarning tuzilishi xalqaro standartlarning chop etilishi
kengash idoralarining a’zolarini hamda texnikaviy qo’mitalarning raislarini 
tayinlaydi va boshqa masalalar ko’riladi.
ISO tarkibi ikkita tashkilot tashkil etadi, ya’ni ISA va 1944 yilda asos 
solingan, BMT qoshidagi standartlarni muvofiqlashtirish qumitasi – UNSCC, 
uning shtab-kvartirasi Londonda joylashgan. ISO ni yaratishdan maqsad – “... 
xalqaro miqyosda sanoat standartlarini unifikatsiyalashtirish va muvofiqlashtirishni 
engillashtirish...”. Hozirgi kunda 150 ta mamlakat ISO tashkilotining a’zosi 
hisoblanadi. 
ISO xalqaro nohukumat tashkilotidir. ISO rasmiy tili rus, ingliz va frantsuz 
tillari deb tan olingan. Tashkilotning byudjeti yillik a’zolik to’lovlaridan va ISO 
nashrlaridan olingan foydalardan tarkib topgan. 
ISO ning qonunchilik idorasi Bosh assamleyasi bo’lib, har uch yilda bir 
marotaba yig’iladi.
Bosh assambleyaning sessiyalar orasida ISO rahbariyati prezident 
boshchiligida Kengash o’tkazadi. ISO Kengashini ISO ning bosh direktori 
boshchiligida Ijro qumitasi va Markaziy kotibiat orqali faoliyatni amalga oshiradi. 
ISO ning asosiy qumitalari bo’lib, standartlashtirish bo’yicha ilmiy-texnik 
axborotlar tamoyilini o’rganish bo’yicha doimiy qumita – INFCO, Mahsulotlarni 
attestatsiyalash bo’yicha qumita – SERTICO, rivojlanayotgan mamlakatlarga 
yordam ko’rsatish bo’yicha qumita – DEVCO hisoblanadi.
ISO ning eng muhim idorasi bo’lib Standartlashtirish tamoyillarini ilmiy 
o’rganish bo’yicha doimiy qumita (The Standing Committee for Study of 
Scientific Principles of Standardization) hisoblanadi. Uni qisqartigan holda 
ISO/STAKO yoki oddiygina STAKO (STACO) deb nomlanadi. 
ISO ning asosiy vazifasi maxsus tashkil etilgan texnik qumitalar (ISO/TK) 
va qumita osti qumitalari (ISO/TK/PK) xalqaro standartlarni ishlab chiqishni 
bajaradi.
1994 yilga kelib, ISO tarkibiga 100 ta milliy tashkilotlar, jumladan, ular 
qatoriga MDH mamlakatlari ham a’zo bo’ldi. 
ISO ning eng muhim yo’nalishlari bo’lib sifat, axborot texnologiyalari, 
xalqaro standartlar bilan ishlovchi boshqa kooperatsiyalar, atrof-muhit, ta’lim 
yo’nalishlari hisoblanadi. 
ISO quyidagi hujjatlarni nashr etadi: 
- harfli indeksi va sonli raqami mavjud bo’lgan xalqaro standartlarini 
(masalan, ISO 1000); 
- guruhli mavzulari va qo’llanish sohasi bo’yicha joylashtirilgan xalqaro 
standartlarning yillik katologini (ISO Catalogue); 


- ISO tuzilmasi va uning har bir texnikaviy qumitasining faoliyat sohasi 
haqidagi axborotlardan tarib topgan yillik ma’lumot (spravochnik) larni (ISO 
Memento).
ISO a’zolari yoki muxbir-a’zolari mamlakatda standartlashtrishning 
rivojlantirish darajasiga aloqadorligidan kelib chiqib, standartlashtirish bo’yicha 
milliy standartlashtirish tashkiloti bo’lishi mumkin. ISO tarkibiga kirish 
to’g’risidagi takliflar ISO markaziy kotibiatiga jo’natiladi (SHveytsariya, Jeneva 
shahri). 
1972 yilgacha standartlashtirish bo’yicha ISO hujjatlariga tavsiya sifatida 
qaralgan. Hozirgi vaqtda bunday hujjatlar ISOga a’zo-mamlakatlarning barchasi 
uchun xalqaro standartlar mavqiega ega. 
Hozirgi paytda ISO turistik, mehmonxona, moliyaviy, sug’urtalash 
xizmatlarni, xo’jalik texnikalarini ta’mirlash bo’yicha xizmatlar va kadrlarni 
tayyorlash va ta’lim bo’yicha xizmatrlarni standartlashtirish bo’yicha keng 
miqyosdagi ishlarni rivojlantirmoqda. 
ISO 1995 yilda Internetda o’zining Welcome to ISO Online 
http://www.iso.ch
. nomli sahifasini ochdi. 
ISO tashkilotining tashkiliy tuzilmasi 2.1-rasmda keltirilgan. Bosh 
boshыaruv organi General assambleya bo’lib hisoblanadi. General assambleya 
sessilari o’rtasidagi vaqtda tashkiliy ishlarni standartlashtirish bo’yicha milliy 
tashkilotlari vakillari kiruvchi ISO Kengashi boshqaradi.
ISO Kengashiga ettita STACO, PLACO, CASCO, DEVCO, COPOLCO va 
REMCO qumitalari bo’y so’nadi. 
STACO ISO Kengashiga xalqaro standartlarni ishlab chiqish usuli va 
printsiplari bo’yicha uslubiy va axborot yordam ko’rsatadi. 


U asos soluvchi standartlashtirish printsiplarini o’rganish va ushbu sohadagi 
optimal natijalarga erishish bo’yicha tavsiyalarni tayyorlaydi. STACO savdoni 
rivojlantirish uchun xalqaro standartlarni qo’llash bo’yicha terminologik va 
seminarlarni tashkillashtirish bilan ham shug’ullanadi. PLACO tomonlarning 
ishlarini tashkillashtirish va texnikaviy muvofiqlashtirish, ISOning ishlarini 
rejalashtirish bo’yicha tavsiyalarni tayyorlaydi. 
CASCO mahsulotlar, xizmatlar, jarayonlar va sifat tizimi standartlari 
talablariga muvofiqlikni tasdiqlash, sinov laboratoriyalarini layoqatliligi va 
sertifikatlashtirish idorlariga tegishli masallar bilan shug’ullanadi. CASCOning 
eng muhim ishi – milliy va hududiy sertifiatlashtirishlarni qabul qilish va o’zaro 
tan olish, hamda muvofiqlikni tasdiqlash va sinash sohalarida xalqaro 
standartlardan foydalanishga ko’makashadi.

Yüklə 292,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin