Lekin, bu erda aholini o`z tomorqasidan oladigan daromadi, uyidagi chorva mollaridan
tushadigan daromad, davlat tomonidan ta`limga, meditsina xizmatiga sarflanadigan mablag`lar,
xayriya, ehsonlar hisobga olinmagan.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda daromadlarni qayta taqsimlash siyosati davlat tomonidan
amalga oshiriladi. Progressiv, ya`ni o`sib boruvchi soliq tizimiga ko`ra, aholining boy qismidan
yuqoriroq foizda soliq olinsa, aholining kam daromadli qisimdan kamroq foizda soliq olinadi.
Soliq to`lovlaridan tushgan daromadning bir qismi kam ta`minlangan aholini ijtimoiy himoya
qilishga sarflanadi.
Deyarli barcha davlatlarda aholini ijtimoiy sug`urtalash va kam ta`minlangan aholiga
moddiy yordam berish dasturlari mavjud.
Ijtimoiy sug`urtalash dasturiga ko`ra nafaqaxo`rlar, aholining ishga yaroqsiz bo`lgan qismi,
boquvchisini yo`qotgan oila, nogironlar ijtimoiy sug`urtalanadi.
Davlatning aholini ijtimoiy himoya qilish dasturi bo`yicha ko`p bolali oilalarga yordam
beriladi, oziq-ovqat mahsulotlari ajratiladi va boshqa har xil imtiyozlar belgilanadi.
Davlatning daromadlarni qayta taqsimlash siyosati natijasida Lorents egri chizig`i
to`g`rilanib 0F chizig`i tomonga siljiydi, ya`ni Lorents egri chizig`i
holatdan
holatga siljiydi (100-rasm).
Daromadlarni qayta taqsimlash siyosati istiqbolda o`zini samarasini beradi. Nima uchun
deganda, kam ta`minlangan aholi o`qish, bilim olish imkoniyatiga ega bo`ladi va ular kelajakda
jamiyat taraqqiyotiga o`z hissalarini qo`shadilar.
100-rasm. Daromadlarni qayta taqsimlanishi natijasida Lorents egri chizig`ining siljishi.
17
Dostları ilə paylaş: