13-mavzu. Korporativ moliyaviy nazorat davomi



Yüklə 65,19 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.06.2023
ölçüsü65,19 Kb.
#134493


13-mavzu. Korporativ moliyaviy nazorat davomi 
Moliyaviy nazorat doimiy ravishda uzluksiz davom etadigan jarayon hisoblanadi. 
Moliyaviy nazorat bozor munosabatlarini takomillashtirish sharoitida iqtisodiyotni 
erkinlashtirish tizimining yetakchi zarur elementi sifatida shakllanib, rivojlanib boradi. 
Moliyaviy nazorat mamlakatimizda mavjud milliy boyligimizni va yaratilgan moddiy 
ne’matlarimizni hamda aholining manfaatlarini himoya qilishga yo’naltirilgandir. 
Davlatning moliyani boshqarish borasidagi faoliyati ko’p qirrali, turli-tuman moliyaviy 
munosabatlarni tashkil qilishdan iborat bo’lib, ular moliya nazorati orqali amalga 
oshiriladi. 
«Moliyaviy nazorat - bu maxsus shakl va uslublarni qo’llash orqali xo’jalik 
yurituvchi va boshqaruv organlarining moliyaviy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan 
masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va taftishlar yig’indisidir». Moliyaviy 
nazorat davlatning o’z funktsiyalarini amalga oshirish jarayonida, davlat nazoratining 
asosiy turiga aylanadi. Moliyaviy nazorat, ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol 
jarayonlari hamda, pul-moliya-kredit munosabatlar tizimida va mexanizmida ob’ekt zarur 
kategoriyalarning elementi bo’lib xizmat qiladi. Boshqa tomondan, moliyaviy nazorat 
keng xalq ommasining iqtisodiyotini boshqarishdagi sub’ektiv faoliyatining tashkiliy 
qismi shaklida namoyon bo’ladi. 
Davlatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini muvafaqqiyatli amalga oshirilishi, 
iqtisodiyotning barcha tarmoqlari soha va bo’g’inlarida moliyaviy resurslarini 
shakllantirishni samaradorli, tejamkorli va to’liq hamda maqsadli yo’naltirilgan holda 
foydalanish bilan ta’minlanadi. 
Respublika iqtisodiyotining holatini, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarining rivojlanish 
qonuniyatlarni aniqlash, nazorat va tahlil qilish, davlatning iqtisodiyot tarmoqlarini 
boshqarish doirasidagi dolzarb faoliyatidir. 
Moliyaviy nazorat moliyaning maxsus funktsiyasi bo’lib, uning maqsadi moliyaviy 
resurslarni boshqarish qonuniyligi va samaradorligi bo’yicha qabul qilingan andozalardan 


chetga chiqish hollarini aniqlash, bunday chetga chiqishlar mavjud bo’lganida esa, ularni 
tuzatish va oldini olish bo’yicha tegishli choralarni o’z vaqtida qabul qilishdan iborat. 
Boshqacharoq aytadigan bo’lsak, moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida 
moliyaga ob’ektiv xos bo’lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo’lishidir. 
Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo’nalishda qaraladi: 
1. Barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga 
rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qat’iy tartibga solingan 
faoliyati; 
2. Moliyaviy operatsiyalarning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini ta’minlash 
maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning 
ajralmas elementi. 
Barcha iqtisodiy sub’ektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy 
faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, 
shuningdek maxsu tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga 
moliyaviy nazorat deyiladi. Iqtisodiy jixatdan rivojlagan mamlakatlarda moliyaviy 
nazorat, bir tomondan, o’zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil 
bo’lgan) mustaqil bo’lgan sohaga bo’linadi:  Davlat moliyaviy nazorati;  Nodavlat 
moliyaviy nazorati. 
Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari nazoratni amalga oshirish 
metodlarining o’xshashligiga qaramasdan, o’zlarining pirovard maqsadlari bo’yicha 
tubdan farq qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga 
resurslar 
tushirishni 
maksimallashtirish 
va 
davlat 
boshqaruv 
harajatlarini 
minimallashtirish bo’lsa, nodavlat moliyaviy nazoratning bosh maqsadi joylashtirilgan 
kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasiga ajratmalar va boshqa 
xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. 
 

Yüklə 65,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin