12-mavzu: O`zbekistoning fizik olimlari dunyo nigohi. Беҳзод Йўлдошев (1945)


-mavzu:O`zbekistoning fizik olimlari dunyo nigohida



Yüklə 131,36 Kb.
səhifə5/8
tarix02.01.2022
ölçüsü131,36 Kb.
#40085
1   2   3   4   5   6   7   8
FIZIK 12- MAVZUUUU yangi

12-mavzu:O`zbekistoning fizik olimlari dunyo nigohida

(1932-1994) professorAbdujabbor Abdurazzoqovning ilmiy faoliyati yadro fizikasi masalalariga bag‘ishlangan. Olim bir jinsli o‘zgarmas magnit maydonga ega bo‘lgan beta-spektrograflarni maydon­ga keltirish, ichki konversiya tufayli elektronlar chiziqli energiyasini aniqlash metodlarini ishlab chiqish, NIKF— R—50 tipdagi fotoplastinka uchun plastinka qorayishining zichligiga qarab konversion chiziqlar nisbati intensivligili aniqlash metodini ishlab chiqdi. Abdujabbor Abdurazzoqovichning tashabbusi va aktiv ishtirokida mamlakatimizda ish qobiliyati 0,02—0,05 protsentgacha bo‘lgan energiyani 0,03 protsentgacha aniqlikda ulchay oladigan birinchi beta-spektrograflar kompleksi (SP-1, SP-2, SP-3) yaratildi, Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna)da sinxro-tsiklotronda olingan 80 dan ortiq qisqa yashash davriga ega bo‘lgan neytroni yetishmaydigan yadrolarning xossalarini o‘rganar ekan, u 8 ta yangi izotopni kashf etdi.

Abdujabbor Abdurazzoqovich 70 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi, uning (K. Gromov, G. Umarov bilan hamkor­likda) «Doimiy magnitlarga ega bulgan beta-spektrograflar» monografiyasi yadro fizi­kasi tadqiqot metodlari xazinasidan o‘ziga munosib o‘rin oldi.

Ma’lumki, har qanday fan yoki kashfiyotning ahamiyati uning jamiyat ravnaqiga, tafakkur rivojiga qo‘shajak hissasi va nafi bilan belgilanadi, qadrlanadi. Shu ma’noda, yangi ixtisoslikamalga tatbiq etilgan dastlabki kunlardanoq mamlakatimiz xalq xo‘jaligi taraqqiyotida o‘z samarasini ko‘rsata boshlagani bilan ahamiyatlidir. Yangi mutaxassislik, xususan, respublikamiz hududiga xorijiy yurtlardan kirib keluvchi turli tovar hamda mahsulotlar sifati va boshqa jihatlarini aniqlashda qo‘l keladi.

Gap shundaki, bojxona to‘lovlari tovarlarga qo‘yilgan maxsus kod raqamlari asosida amalga oshiriladi. Kodlarning to‘g‘riligini nazorat qilish orqali esa to‘lovlar haqqoniyligi va qonuniyligi ta’minlanadi. Kimyoviy tarkibi asosida tekshirish mahsulotlarga belgilanadigan bojning haqiqiy miqdorini aniqlashga yordam beradi. Zero, BMTning fanlar bo‘yicha vakili, Butunjahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Jeyms Shaver yangi mutaxassislikning birinchi muallifiga bejiz quyidagicha ta’rif bermagan edi: “...Professor Ibrohimjon Asqarov tomonidan kashf etilgan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” uslubi jahon kimyo fanida butunlay yangi yo‘nalish deb e’tirof etildi. Ayniqsa, bojxona sohasida, ya’ni tovar-moddiy boyliklarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazishda bu fanning ahamiyati beqiyos ekanligi diqqatga sazovordir. O‘zbek olimi, professor Ibrohimjon Asqarovni kimyo fanidagi ulkan kashfiyoti bilan qutlayman!”

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy laboratoriyasi xodimlari tomonidan ana shu ixtisoslik belgilab bergan usulda boj undirish hisobiga Davlat byudjetiga oxirgi 8 yil ichida 100 milliard so‘mdan ortiq qo‘shimcha daromad tushirilgani yuqoridagi fikrning amaliy isbotidir

Bundan tashqari, Oliy attestatsiya komissiyasi hujjatlarida mazkur ixtisoslikning ro‘yxatga kiritilishi bu borada maqsadli ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, ayniqsa, bojxona ishini yanada puxta yo‘lga qo‘yish va uni takomillashtirishga muayyan darajada o‘z hissasini qo‘shayotganligi alohida ta’kidlanadi.

Endilikda jahonda tovarlarga, xususan, tovarlar kimyosiga doir tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etayotgani, davr ixtisoslikning maqsad va vazifalarini kengaytirishni taqozo qilayotganidan kelib chiqqanI. Asqarov mazkur soha atamasini “Tovarlar kimyosi” deb nomlash yuzasidan mas’ul tashkilot hamda muassasalarga murojaat qilib, ixtisoslikning yangi tahrirdagi pasportini taqdim etdi. Rossiya Fanlar akademiyasi Organik kimyo instituti professori, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori L. Belenkiy, 12-




Yüklə 131,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin