Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining o‘sish nuqtalari («drayver» sohalari)
T/r
Shaharva tumannomi
O‘sishnuqtalari
Biriktirilgan vazirlikva idorarahbarlari
Biriktirilgantijoratbanklari
1.
Nukus shahri
Qurilish materiallari sanoati, oziq- ovqat sanoati
J. Ortiqxo‘jaev —
Toshkent shahar hokimi,
B. Zokirov — qurilish
vaziri
«Asaka» ATB
2.
Amudary o tumani
To‘qimachilik sanoati, bog‘dorchilik
A. Xaitov — Fermerlar kengashi raisi, I.
Xaydarov —
«O‘zto‘qimachiliksano at» uyushmasi raisi
«Agrobank» ATB
3.
Beruniy tumani
Qurilish materiallari sanoati,
chorvachilik
M. Azimov — Davlat bojxona qo‘mitasi raisi
«Qishloqqurilishba nk» ATB
4.
Bo‘zatov tumani
Chorvachilik, issiqxonalar tashkil qilish
B. Norqobilov — Veterinariya va chorvachilikni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi
AT «Xalq banki»
5.
Kegeyli tumani
Meva- sabzavotchilik, qog‘oz ishlab
chiqarish
T. Ishmetov — moliya vaziri
«Asaka» ATB
6.
Qonliko‘l tumani
Ipakchilik, chorvachilik
M. Abdullaev —
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi
«Ipoteka-bank» ATB
7.
Qorao‘za k tumani
Qurilish materiallari sanoati,
chorvachilik
lavozimibo‘yicha —
«O‘zsanoatqurilishmate
riallari» uyushmasi raisi
AT «Aloqabank»
8.
Qo‘ng‘iro t tumani
Neft-kimyo sanoati,
chorvachilik
J. Mirzamaxmudov —
«O‘zkimyosanoat» AJ boshqaruvi raisi
«O‘zsanoatqurilish bank» ATB
9.
Mo‘ynoq
tumani
Baliqchilik,
chorvachilik
N. Yo‘ldoshev — Bosh
prokuror
«Ipoteka-bank»
ATB
10.
Nukus tumani
Issiqxonalar tashkil qilish, meva-
sabzavotchilik, baliqchilik
J. Xodjaev — qishloq xo‘jaligi vaziri
«O‘zmilliybank» AJ
11.
Taxiatosh tumani
Oziq-ovqat sanoati,
issiqxonalar tashkil qilish
A. Voitov — investitsiyalar va tashqi
savdo vazirining birinchi o‘rinbosari
«O‘zsanoatqurilish bank» ATB
12.
Taxtako‘ pir tumani
Chorvachilik, baliqchilik
A. Ortiqov — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni
qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari
«Agrobank» ATB
13.
To‘rtko‘l tumani
Shisha va oyna ishlab chiqarish, issiqxonalar
tashkil qilish
X. Xasilov —
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi
«O‘zmilliybank» AJ
14.
Xo‘jayli tumani
Chorvachilik, meva-
sabzavotchilik
Sh. Qudbiev — Davlat soliq qo‘mitasi raisi
«Mikrokreditbank» ATB
15.
Chimboy tumani
Don mahsulotlarini qayta ishlash,
chorvachilik
N. Xusanov — bandlik va mehnat
munosabatlari vaziri
«Mikrokreditbank» ATB
16.
Shumana y tumani
To‘qimachilik sanoati,
kunjutni qayta ishlash
A. Sultonov — energetika vaziri
«Turonbank» ATB
17.
Ellikqal’a tumani
Issiqxonalar tashkil qilish,
turizm
A. Ikromov — Savdo- sanoat palatasi raisi
AT «Xalq banki»
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2020-yil 1- noyabr. https://lex.uz/docs/5100705 To‘rtinchidan, aholi uchun qulay bo‘lgan ishlab chiqarish va zamonaviy infratuzilmani yaratish. Beshinchidan - Orolbo‘yi mintaqasi aholisining hayot darajasi va sifatini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilish.
Chuqur o‘ylangan, manzilli va to‘g‘ri moliyalashtirilgan loyihalarni amalga oshirish orqali Orol inqirozining Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi millionlab odamlar hayotiga, atrof-muhitga halokatli ta’sirini kamaytirish - bugungi kunning eng muhim vazifasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabr kuni qabul qilingan “2020–2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori juda katta ahamiyatga ega tarixiy hujjat bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud ijtimoiy- iqtisodiy, shu jumladan, ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, hududda muhandislik- kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish maqsadida 2020-2023-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik falokat oqibatida Qoraqalpog‘iston inson hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan gumanitar muammolarga duch kelmoqda. Orolbo‘yi mintaqasida kuzatilayotgan inqirozning halokatli ta’sirini kamaytirish maqsadida O‘zbekiston hukumati, BMT agentliklari, ikki va ko‘p tomonlama donorlar va boshqa qator manfaatdor tashkilotlar bu sohada habardorlikni oshirishga, mintaqada insonlarga, atrof- muhitga va iqtisodiy hayotga salbiy ta’sirlarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Mazkur chora-tadbirlar doirasida, 2012-yilda BMTning inson havfsizligi bo‘yicha maqsadli fondi Qoraqalpog‘istonda aholi turmush tarzini yaxshilash, jamiyat rivojini jadallashtirish, salomatlik va atrof- muhitga bo‘lgan xatarlarni kamaytirishga qaratilgan BMTning ilk keng qamrovli va integratsiyalashgan “Orol fojiasidan zarar ko‘rgan aholi turmush tarzini yaxshilash” qo‘shma dasturini qo‘llab-quvvatladi.
21-jadval