12-mavzu. Banklarning kassa operatsiyalari, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish reja


Naqd pul zaxirasi bo’yicha operatsiyalar hisobi



Yüklə 20,63 Kb.
səhifə4/5
tarix16.12.2023
ölçüsü20,63 Kb.
#182121
1   2   3   4   5
12-mavzu (3)

4. Naqd pul zaxirasi bo’yicha operatsiyalar hisobi
Ilgari barcha tijorat banklari va ularning filiallari aylanma kassalariga limit o’rnatilar edi. Limitdan ortiqcha naqd pullar Markaziy bankka yoki uning hududiy bosh boshqarmalariga topshirilishi shart edi. Hozirgi kunda tijorat banklari ortiqcha pul mablag’larini saqlashlari uchun naqd pul zaxirasi tashkil etiladi. Banklar limitdan ortiqcha naqd pullarini aylanma kassadan olib, naqd pul zaxirasiga o’tkazishlari mumkin.
Aylanma kassada o’rnatilgan limit miqdoridan ortiqcha naqd pullar summasi 10102 – «Naqd pullar zaxirasi» hisobvarag’iga kirim qilinganda bir vaqtning o’zida quyidagi ikkita buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi:
a) 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag’idan naqd pullar chiqim qilinganda:
Debet 17301 – «Tranzit hisobvaraqlari»
Kredit 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar»
b) 10102 – «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag’iga naqd pullar kirim qilinganda:
Debet 10102 – «Naqd pullar zaxirasi»
Kredit 17301- «Tranzit hisobvaraqlari» Banklar har kuni ish boshlashdan avval o’z mijozlaridan yozma ravishda tushgan kassa buyurtmanomalaridan kelib chiqib, 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar» hisobvarag’idagi mablag’ yetarli yoki yetarli emasligini aniqlaydi. Agar aylanma kassada naqd pul mablag’lari shu kun uchun kelib tushgan naqd pul buyurtmanomalarini to’lash uchun yetarli bo’lsa, kassadagi naqd pul hisobidan tegishli operatsiyalar bajariladi. Lekin kassadagi naqd pullar har doim ham chiqim kassa operatsiyalarini bajarish uchun yetarli bo’lmaydi.
Agar aylanma kassadagi naqd pul mablag’i yetarli bo’lmasa, u holda 10102 – Naqd pullar zaxirasi» hisobvarag’idan yetishmagan summa aylanma kassaga chiqariladi va bir paytning o’zida quyidagi ikkita buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi: a) 10102 – «Naqd pullar zaxirasi» hisobvarag’idan naqd pullar chiqim qilinganda:
Debet 17301 – «Tranzit hisobvaraqlari»
Kredit 10102 – Hisobvaraq nomerini qaytaring.
b) «Aylanma kassadagi naqd pullar» nomli 10101- hisobvarag’iga naqd pullar kirim qilinganda:
Debet 10101 – «Aylanma kassadagi naqd pullar»
Kredit 17301 – «Tranzit hisobvaraqlari» Shunday qilib, aylanma kassaga naqd pullar o’tkaziladi, tranzit hisobvaraq esa yopiladi.

Yüklə 20,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin