12-bob. Davlat institutsional tashkilot sifatida



Yüklə 63,06 Kb.
səhifə4/4
tarix25.12.2023
ölçüsü63,06 Kb.
#197168
1   2   3   4
5-dars. Davlat institutsional tashkilot sifatida.Davlatlar xillari

12.4. Davlat «chegarasi»
Firmaning bozorga nisbatan ekspansiyasi chegaralari kabi davlatning ham o‘sish chegaralari mavjud. Agar shartnomalar bajarilishining kafili funksiyalarini bajarish uchun to‘liq davlat monopoliyasi qonunga bo‘ysunishning yuqori xarajatlari shaklini qabul qiluvchi yuqori transaksiya xarajatlariga olib kelsa, u holda davlat barcha o‘zaro munosabatlarda emas, balki faqat uning ayrimlarida kafil sifatida ishtirok etadi, deb taxmin qilish o‘rinli. Boshqa bitimlarda ular amalga oshirilishini kafolatlashning muqobil mexanizmlari amal qiladi. Davlat kafolatlanadigan bitimlar doirasi nima bilan belgilanadi?
Ushbu doira ularning davlat tomonidan kafolatlanishi shartnoma tomonlarining muqobil kafillarga murojaat etishida yuzaga keladigan xarajatlarga qaraganda kam xarajatli bitimlar bilan chegaralanadi. Shu boisdan uchun firma uchun ifodalangan «o‘zi qilish yoki bozorda xarid qilish» degan savol davlat uchun quyidagicha ifodalanadi: «o‘zi kafolatlash yoki nazorat qilish huquqini boshqa kafillarga o‘tkazish». Masalan, ayrim mamlakatlarda ijtimoiy va tibbiy sug‘urta bilan bog‘liq barcha bitimlar davlat tomonidan kafolatlanadi, ayni paytda boshqa mamlakatlarda ijtimoiy va tibbiy sug‘urta xususiy firmalarga topshiriladi. Ta’lim haqida ham shunday deyish mumkin. Bu hol bitimlarni kafolatlashning muqobil mexanizmlarini taqqoslashda ular tomonidan muayyan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sharoitlarda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlarining o‘zaro nisbatini e’tiborga olish lozim. Demak, davlatning mutlaq chegarasi mavjud emas, shuningdek muayyan tarixiy haqqoniylikka nisbatan olinmasa, iqtisodiy va ijtimoiy hayotga davlat aralashuvining optimal o‘lchamlari ham mavjud emas.
Ushbu xulosa Duglas Nort tomonidan keltirilgan tarixiy istiqbolda davlat rolining tahlili bilan tasdiqlanadi. O‘zining eng mashhur «Iqtisodiy tarix tarkibi va undagi o‘zgarishlar» kitobida u ikkita iqtisodiy inqilob haqida aytib o‘tgan. Nort bo‘yicha birinchi iqtisodiy inqilob dehqonchilik resurs bazasini oshirishning asosiy manbasi bo‘lgan insoniyatning ko‘chmanchi hayotdan o‘troq hayot kechirishga o‘tishida yuz berdi. Aynan shu vaqtda yerga nisbatan mulkchilik huquqlarini kafolatlash mexanizmi sifatida davlat qurilishining dastlabki shakllari paydo bo‘ldi. «Mutlaq mulkchilik huquqlari [yerga nisbatan] mulkdor uchun [undan foydalanish] samaradorligi va unumdorligini oshirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘batlarni ta’minlaydi. Shunday qilib, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning o‘sishi birinchi iqtisodiy inqilobning natijasi bo‘ldi.
Ikkinchi iqtisodiy inqilob XIX asr boshida, sanoat inqilobining avj olishidan oldin yuz berdi. Aniqrog‘i, ikkinchi iqtisodiy inqilob sanoat inqilobi uchun zamin yaratdi, chunki u ixtirolar va amaliy ishlanmalarga nisbatan mulkchilik huquqlari bilan bog‘liq shartnomalarni davlat kafolatlari sohasiga kiritishdan iborat edi. «Ixtirolarga nisbatan mulkchilik huquqlari ilmiy-tadqiqot va ixtirochilik faoliyatidan erishiladigan samarani oshirdi hamda ilmiy bilim bilan texnika o‘rtasidagi masofani qisqartirdi. Patent huquqi, sanoat sirlarini qonuniy himoyalash, tovar belgilaridan foydalanishni qonun bilan tartibga solish texnik ixtirolarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi, ya’ni fanni ishlab chiqarish bilan birlashtirish uchun zamin yaratdi. Davlat tomonidan intellektual mulkni himoyalash muammosining hal etilishi uning rolining navbatdagi tubdan o‘zgarishi bo‘lishi mumkin, ushbu masalaning dolzarbligi madaniyat va san’atning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi «qaroqchilik»ning turli shakllari tarqalishi bilan shartlanadi.


Xulosa
Shaxslar, kuch ishlatishni amalga oshirish uchun monopoliya asosida davlat mulkchilik huquqlarini ularning o‘zlariga qaraganda samaraliroq tafsirlashi va himoya qilishini kutgan holda, o‘z faoliyatini nazorat qilish huquqlarining bir qismini davlatga topshirishadi. Shuning uchun institutsional nuqtai nazardan davlatning asosiy funksiyasi - mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilishdan iborat. Davlatning optimal o‘lchamlari ularda davlat kafil sifatida boshqa kafillar (bitim tomonlari, arbitr, ijtimoiy guruh)ga qaraganda samaraliroq faoliyat ko‘rsatadigan bitimlar doirasi bilan belgilanadi. Davlatning optimal o‘lchamlari mutlaq emas, balki tarixan shartlangan.
Yüklə 63,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin